Mosul: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 1 y. → 1 yil, -a. → -asr (6), i. ch. → ishlab chiqarish using AWB
Qator 14: Qator 14:


{{stub}}
{{stub}}

[[Turkum:Iroq shaharlari]]

4-Avgust 2018, 17:55 dagi koʻrinishi

Mosul, al-Mavsil — Iroqning shim. qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport ioʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sa-noati korxonalari mavjud. Un-t, tarix va boshqa muzeylar bor. M. yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.

M. 6-asr da vujudga kelgan. 641 yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10— 12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 yillar M.ni Saljuqiylar egallagan. 1261 yilda moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918 yillar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920 yildan Iroq tarkibida.

M.da al-Jomiʼ alkabir madrasasi (minorasi bilan) (1170—72), al-Izziya madrasasi (12-asr), Qorasaroy qalʼasi harobalari (13-asr) va boshqa, shahar yaqinida Nabi Yunus maqbaramasjidi (10-asr) bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil