Riga: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
k removed Category:Shaharlar using HotCat
Qator 56: Qator 56:
{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{Yevropa poytaxtlari}}
{{Yevropa poytaxtlari}}
[[Turkum:Shaharlar]]
[[Turkum:Latviya shaharlari]]
[[Turkum:Latviya shaharlari]]
{{geo-stub}}
{{geo-stub}}

4-Avgust 2018, 14:47 dagi koʻrinishi

Riga
Skyline of Riga, Latviya
Riga, Latviyaning bayrogʻi
Bayroq
Riga, Latviyaning rasmiy gerbi
Gerb
Riganing Latviyada joylashuvi
Riganing Latviyada joylashuvi
56°56′51″N 24°6′25″E / 56.94750°N 24.10694°E / 56.94750; 24.10694 G OKoordinatalari: 56°56′51″N 24°6′25″E / 56.94750°N 24.10694°E / 56.94750; 24.10694 G O
Hukumat
 • mer Nils Ušakovs
[[File:|290px|Riga xaritada]]

Riga — Latviya Respublikasidagi shahar. Respublika poytaxti. Yirik industrial, ilmiy va madaniy markaz, temir yoʻl tuguni, dengiz porti. Daugava (Gʻarbiy Dvina) daryosi sohilida, uning Riga qoʻltpigʻita quyilish joyida. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —4,5°, iyulniki 18°. Yillik yogʻin miqdori — 649 mm. Maydoni 307 km. Aholisi 764 ming kishidan ziyod (2000). Olti shahar tumanidan iborat.

Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, R. 10—11-asrlarda vujudga kelgan. Shahar sifatida 1201 yilda tilga olingan. 13— 16-asrlarda Riga arxiyepiskopligiga boʻysundirilgan. 14-asr boshida Ganzatarkibiga kirgan. 1561 yilgacha Livon ordeni tarkibida. 1561 yildan erkin shahar, savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 1581 yilda Rech Pospolita xukmronligi ostiga oʻtgan. 1621 y. shvedlar tomonidan bosib olingan. R.ni Shimoliy urush davrida 1710 y. 14 iyulda rus qoʻshinlari egallagan. 1714 yildan Riga, 1796 yildan Liflyandiya gubernyasining markazi. 18-asr oxirida R. Rossiyaning eng yirik porti va savdo markazi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yirik sanoat markazlaridan biri. R. 1919 yildan Latviya Respublikasi poytaxti, 1940—90 yillarda Latviya SSR poytaxti, 1990 y. maydan yana Latviya Respublikasi poytaxti.

Mashinasozlik va metallsozlik, shu jumladan, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, kimyofarmatsevtika, yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari bor. Parfyumeriyakosmetika zdi faoliyat koʻrsatadi, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

R. — baliqsanoatining yirik markazi. Konservakulinariya va sardina zdlari, baliqchilik portida tral va refrijerator floti bazalari ishlab turibdi. R. porti muqim ahamiyatga ega. Daugavada kemalar katnaydi. 2 aeroport bor.

Shahar eski va yangi qismlarga boʻlinadi. Eski R. hududida oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan Dom cherkovi (13-asr), Yekaba (13-asr), Yan (manbalarda dastlab 1297 yilda tilga olingan) va Peter (13—15-asr boshlari) cherkovlari, Orden qasri (14—19-asrlar), 15—18-asrlar turar joylari, Birodarlik kabristoni memorial majmui (1924—36 yillar) va boshqa saqlanib qolgan. R.da 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Latviya un-ti, Riga texnika un-ti, konservatoriya), Riga BA (Yevropada eng koʻhna akademiyalardan), 21 muzey (shu jumladan, Latviya tarixi muzeyi, Shahar tarixi va dengiz sayyoxligi muzeyi, Tabiat muzeyi, Adabiyot va sanʼat tarixi muzeyi, Badiiy muzey, Etnografiya muzeyi va boshqalar), 9 teatr (shu jumladan, Latviya Milliy operasi teatri), filarmoniya, sirk, telemarkaz, kinostudiya bor. Shahar markazida 2004 y. apr.da Mirzo Ulugʻbekka haykal oʻrnatilgan. R. yaqinida Yurmala kurorti faoliyat koʻrsatadi.[1]

Riganing sunʼiy yoʻldoshdan koʻrinishi

Riga (latishcha: Rīga) — Latviyaning poytaxti va eng yirik shahri. 657,424 sonli aholiga (2011) ega Riga Boltiqboʻyi davlatlaridagi eng yirik shahardir. Latviya aholisining uchdan bir qismi ushbu shaharda istiqomat qiladi.[2]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Latvia in Brief“. Latvian Institute (2011). Qaraldi: 2011-yil 5-noyabr.

Havolalar