Abdulaziz Komilov: Versiyalar orasidagi farq
kTahrir izohi yoʻq |
k removed Category:Oʻzbekiston:Yetakchilar; added Category:Oʻzbekiston yetakchilari using HotCat |
||
Qator 50: | Qator 50: | ||
[[Turkum:Oʻzbek diplomatlari]] |
[[Turkum:Oʻzbek diplomatlari]] |
||
[[Turkum:Oʻzbekiston |
[[Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari]] |
||
{{Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi}} |
{{Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi}} |
3-Avgust 2018, 18:19 dagi koʻrinishi
Abdulaziz Hafizovich Komilov | |
---|---|
Абдулазиз Ҳафизович Комилов | |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2012-yil 13-yanvar | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Elyor Gʻaniyev |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 1994-yil 11-sentabr – 2003-yil 14-martgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Vorisi | Sodiq Safoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
16-noyabr 1947-yil Yangiyoʻl, Oʻzbek SSR |
Bolalari | Doniyor Komilov |
Mukofotlari | Andoza:Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni |
Abdulaziz Hafizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 2012-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri.[1] 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.
Hayoti
Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. 1972-yil SSRI Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.
Siyosiy karyerasi
Komilov 1973-1976-yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.
1988-1991 yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzbekiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.
1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori. 2003-yil Komilov oʻrniga Sodiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tashqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.
2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.
Mukofotlari
Komilov Fidokorona xizmatlari uchun ordeni[2], „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Oilasi
Komilov Sharof Rashidovning qizi Gulnora Rashidovaga uylangan. O'gli - Doniyor[3].
Manbalar
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi“. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
- ↑ http://m.kun.uz/news/2017/11/16/savkat-mirzieev-abdulaziz-komilovni-mukofotladi
- ↑ https://www.famous-scientists.ru/list/12366
- 16-noyabrda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbek diplomatlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʻzolari
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirlari