Yilqichilik: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
k (89.177.8.50 tahrirlari DastyorBot versiyasiga qaytarildi)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3))
'''Yilqichilik''' — chorvachilik tarmogʻi. Otlarni urchitish, koʻpaytirish, zotini takomillashtirish, naslchilik ishlari bilan shugʻullanadi. Y. ishchi hayvon tariqasida arzon, samarali energiya manbai. Y. xilma-xil q.x. ishlarida, sanoat korxonalarida, geologlarning razvedkachilik-qidiruv ishlarida, turli xil ilmiy ekspeditsiya tarkibida, chegara qoʻshinlari va qoʻriqchilik xizmatida noyob ot-ulov vazifasini oʻtaydi.
 
Y. Osiyo va Yevropada mil. av. 4-ming yillikda paydo boʻlgan. Koʻhna Y. markazlaridan biri, shubhasiz, Oʻrta Osiyo kengliklari hisoblanadi. Otlar mil. av. 2-ming yillikda Oʻrta Osiyodan Kichik Osiyoga, undan Afrikaga tarqalgan. Amerikaga otlar yevropaliklar tomonidan 16-a.asr da, Avstraliyaga 17-a.asr da keltirilgan. Otlar qoʻlga oʻrgatilganidan va xonakilashtirilganidan keyin insonning koʻpgina ishlarni bajarishda doimiy yordamchisiga aylandi, armiyada alohida otliq qoʻshinlar tuzildi. Ayrim xalqlarda Y. oziq-ovqat mahsulotlari — goʻsht va sut olinadigan xoʻjalik tarmogʻi boʻlib qoldi.
 
Qad. davrlardan boshlab inson oʻz ehtiyojlariga javob beradigan ot sifatlarini takomillashtirib keldi. Y. taraqqiyotida salt miniladigan, aravaga qoʻshiladigan va yuk ortiladigan asosiy otlar yaratildi.
 
Mavjud mahalliy ot zotlarini takomillashtirish va davr talabiga mos yangi ot zotlarini yaratish 18- va 19-a.asr larda jadal surʼatlar bilan amalga oshirildi. Natijada 21-a.asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlarida 250 dan ortiq xilmaxil turkum ot zotlari urchitilmoqda. Shular qatoridan odimlab yuruvchi, vazni 800—900 kg yirik, ogʻir yuk tortuvchi (16 tonnagacha) yilqi zotlari va boʻyi 30 sm, tugilgandagi vazni 5—6 kg keluvchi mitti falabella (Avstraliya) poni otlari oʻrin olgan.
 
Qad. Sharqning Movarounnahr hududi argʻumoklari oʻzining takrorlanmas, xoʻjalik uchun foydali biologik xususiyatlari bilan nom taratgan dongdor jonivorlar safidan hakli ravishda tarixda oʻz oʻrniga ega. Oʻzbek xalq dostonlari "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli"dagi Boychibor va Gʻirotlar obrazlari bunga misoldir.
Oʻzbekiston diyorida Y. anʼanalari va madaniyati minglab yillar bilan oʻlchanadi. Oʻzbeklar avlodi qadimdan otdan tushmagan. Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Boburlar umri "ot usti"da oʻtgan.
 
20-a.asr boshida butun dunyoda 125 mln., shu jumladan, Oʻzbekistonda 590 ming bosh yilqi mavjud boʻlgan. Soʻnggi yillarda q.x. mahsulotlarini i.ch.da zamonaviy mashina va mexanizmlardan keng koʻlamda foydalanish va avtomobil-yoʻl transportining keng rivoji natijasi oʻlaroq ot kuchiga boʻlgan talab tobora soʻnib bordi va oqibatda 20-a.asr, xususan, 20-a.asr ning 30-y. laridan soʻng Y. rivojida salbiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Y. qoloqlikka yuz tutdi, eʼtibordan chetda qoldi. 1990 y. ga kelib Oʻzbekistonda yilqi soni atigi 89 ming boshni tashkil etdi, xolos. 1991— 2001 y. larda respublikada Y. rivojlandi va 152000 boshga yetdi.
 
Hoz. zamon dunyo Y. 4 ta asosiy yoʻnalishda rivojlanmokda: naslchilik yilqichiligi; ishchi otlarni yetishtirish va ishchi otlar yilqichiligi; mahsuldor yilqichilik; milliy ot oʻyinlari, ot sporti va ot sayohati yilqichiligi.
6 807

ta tahrir

Navigatsiya