Foto sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil (2), -a. → -asr (5) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
Qator 3: Qator 3:
Foto sanʼati tarixida E. Maybrij (AQSH) tomonidan turli koʻrish nuqtalaridan bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqea boʻldi. Bu yangilik tufayli 20-asr 1-choragida Foto sanʼatida real borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi.

2-jahon urushi davridagi reportajlar Foto sanʼatining yangi taraqqiyot bosqichi boʻldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qoʻshdilar. 1950 — 80 yillar hujjatli F.s, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan joʻnatilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi jahon urushi davridagi reportajlar Foto sanʼatining yangi taraqqiyot bosqichi boʻldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qoʻshdilar. 1950 — 80 yillar hujjatli F.s, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan joʻnatilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi.

Oʻzbekiston hududiga 19-asrning 2yarmida Yevropadan kelgan koʻplab sayyohtijjorlar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) sanʼati, qishloq xoʻjaligi, nafis hunarmandchilik sanʼati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarkatishgan.

1-Avgust 2018, 18:39 dagi koʻrinishi

Foto sanʼati — badiiy ijod turi; asarlari fotografiya (surat) vositalari asosida yaratiladigan tasviriy sanʼat turi. Badiiy madaniyatda Foto sanʼatining alohida oʻrin tutishi fan (fizika, kimyo, optika) va texnikaning maʼlum yutuqlari zaminida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnikaviy sanʼat tarixida dastlabkisi boʻlganligi bilan belgilanadi. 20-asr oʻrtalarida texnikaviy sanʼat turlari guruhi kinematografiya (kino sanʼati), televideniye, radio sanʼati, dizayn va boshqa bilan boyigan. Foto sanʼati ijodning keng soxasiga aylandi hamda uning tarkibida hujjatli Foto sanʼati, badiiy fotografiya va amaliy Foto sanʼati (plakat, kitob bezagi, reklama va boshqa uchun) mustaqil koʻrinishlar sifatida shakllandi. Bu yangi texnika vositasi — tasvirni muhrlash yuzaga kelgan kundanoq tasviriy sanʼat namoyandalari unga murojaat qildi. Fotografiya ixtirochisi LuiJak Dagger asli rassom boʻlib, uning dastlabki suratlari rangtasvirning anʼanaviy portret, manzara va natyurmort janrlari yoʻlida yaratildi. Ilk davr fotografiyasi ochiqdanochiq rangtasvir asarlariga taklid qildi; 19-asr tasviriy sanʼatidagi fotografiyada oʻzining ikkinchi nusxasiga ega edi. Badiiy fotografiya nomini olgan bu yoʻnalish asoschilari Foto sanʼati yuksak tasviriy madaniyatga erishishi, nafis sanʼatlar bilan uzviy bogʻlanishi uchun qariyb 3 asr davomida tanikli ijodkorlarning katta mehnati singgan.

Foto sanʼati tarixida E. Maybrij (AQSH) tomonidan turli koʻrish nuqtalaridan bir necha kamerada suratga olingan suratlar muhim voqea boʻldi. Bu yangilik tufayli 20-asr 1-choragida Foto sanʼatida real borliqni yangicha talqin qilishga qiziqish ortdi.

Ikkinchi jahon urushi davridagi reportajlar Foto sanʼatining yangi taraqqiyot bosqichi boʻldi. Urush fotoyilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar fotoreportyorlari katta xissalarini qoʻshdilar. 1950 — 80 yillar hujjatli F.s, jahonning eng yirik agentliklari tomonidan joʻnatilgan reportyorlarning sayohatda yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi.

Oʻzbekiston hududiga 19-asrning 2yarmida Yevropadan kelgan koʻplab sayyohtijjorlar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi, ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) sanʼati, qishloq xoʻjaligi, nafis hunarmandchilik sanʼati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va bu tasvirlarni tarkatishgan.

Dastlabki oʻzbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907—08 yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur oʻrganish bilan birga oʻsha davrning eng ilgʻor fototexnikasini olib kelgan va juda koʻplab oʻta yuksak tarixiy, badiiy mahorat namunalari boʻlgan fotosuratlar yaratgan.

Oʻzbekistonda chinakam Foto sanʼatining asochilaridan biri M.Z. Pensonair. U 20-asrning 20-yillaridan to 50-yilgacha Oʻzbekistonning fotoyilnomasini yaratishga hissa qoʻshdi. Uning "Oʻzbek madonnasi", "Oʻgʻil savod chiqardi" va boshqa suratlari mashhurdir. 1940-yillarda Oʻzbekiston Foto sanʼati ijodiy uslublari koʻpaydi, janriy shakllar ortdi, fotograflar turli sohalar boʻyicha ixtisoslasha bordi (mas, Ye. Yuditskiy — meʼmorlik, K. Romeyev — teatr, A. Palexov — portret, R. Albekov — bolalar hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov — maishiy janr, S. Mahkamov — madaniyat boʻyicha ixtisoslashdi). Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika Foto sanʼati rivojida muhim rol oʻynadi.

Milliy istik,lol tufayli oʻzbek fotografiyasi tamomila yangicha rivojlanish yoʻliga ega boʻldi. Jahon fotosanʼatining oʻta muhim oʻrni, ahamiyatini nazarda tutgan holda 2002 yilda Oʻzbekiston BA tarkibida "Toshkent foto uyi" tashkil etildi.

R. Shagayev. "Kelin" (2000).

F. Qurbonboyev, R. Shagayev, N. Muhammadjonov, K. Minaychenko, M. va D. Penson, T. Zelma, V. Vyatkin, Tursun Ali, Sh. Usmon, V. An, V. Sokolov, R. Yarullin kabi fotoustalar Oʻzbekiston Foto sanʼatida samarali faoliyat koʻrsatmoqdalar.

1, 2Xalqaro Toshkent foto biyennalesi "Moʻʼtabar qariyalarimiz", "Mahalla — men yashayotgan olam", "Suv — bu hayot demakdir" (2003 yil BMT bilan hamkorlikda), shuningdek, 2003—2004 yillarda "Oʻzbekiston: sevgi izhori" ochiq respublika havaskor fotorassomlari uchun anʼanaviy tarzda xalqchil fototanlovi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston fotoustalari nufuzli Xalqaro fototanlovlarda yuksak oʻrinlarga sazovor boʻla boshladi (mas, 1999 yil YUNESKO fototanlovi); Bryussel, Gaaga, Antverpen kabi shaharlarda "Oʻzbek mahallasi: odamlar, urfodatlar, anʼanalar" fotokoʻrgazmasi Yevropa boʻylab namoyish etildi.

2003 yilda Oʻzbekiston Butunjahon badiiy fotografiya federatsiyasi (Bosh qarorgohi Lyuksemburgda)ga haqiqiy aʼzo qilib qabul qilindi.

Tursunali Qoʻziyev.