Konstantin Marjanishvili: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 10: Qator 10:
{{bio-stub}}
{{bio-stub}}
{{DEFAULTSORT:Marjanishvili, Konstantin}}
{{DEFAULTSORT:Marjanishvili, Konstantin}}

[[Turkum:1872-yilda tugʻilganlar]]

29-Iyul 2018, 18:48 dagi koʻrinishi

"Kote" Konstantin Aleksandrovich Marjanishvili (1872.9.6 – 1933.17.4) — rejissyor, gruzin teatri asoschilaridan. Gruziya xalqartisti (1931). Sahna faoliyatini 1893 yil aktyor sifatida boshlagan. 1897 yildan rus teatrlarida ishlagan. 1913 yil Moskvada "Erkin teatr" ("Goʻzal Yelena" spektaklini qoʻygan), 1920 yil Petrogradda Komik opera teatrini tashkil etgan. 1919 yil Kiyevda ham ishlagan (shaharning barcha teatrlariga komissar boʻlgan). 1922 yildan gruzin teatrining yetakchi arboblaridan, uning islohchisi. 1928 yil Kutaisida dramatik teatr (hozirgi Tbilisidagi Marjanishvili nomidagi teatr)ni tashkil etdi. "Koʻzibuloq", "Gruziyada quyosh tutilishi", "Hamlet", "Uriel Akosta", "Don Karlos" kabi spektakllari teatr ravnaqiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Fojiaviy, dramatik, komik, operetta, pantomimik kabi birbiriga kontrast janrdagi spektakllar sahnalashtirib, muvaffaqiyat qozongan.

1924 yildan Gruziya davlat kino sanoatida ham ishlagan. "Oʻgay ona Samanishvili", "Qonun va burch", "Gogi Ratiani", "Soʻna" kabi filmlarga rejissyorlik qilgan. Marjanishvili ijodi Gruziya ki-nosining shakllanishiga va N. Shengelaya, Marjanishvili Chiaureli kabi Gruziya kinosining yirik arboblari ijodiga katta taʼsir etdi va ular Marjanishvili rejissyorlik sanʼati prinsiplarini rivojlantirdilar.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil