Kanada — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
rej. → rejissyor
k
k (rej. → rejissyor)
 
== Teatri ==
Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanʼati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni oʻtkazishda niqob va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoʻyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi "Neptun" teatrida Leskarboning "Dengiz niqobi" nomli sheʼriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar bilan fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa — "Akadius yoki xilvatdagi muhabbat" sahnalashtirildi. 1825 yil Montrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. Montreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.larida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-yillari oxiridan [[Birinchi jahon urushi|1-jahon urushigacha]] boʻlgan davrda koʻchma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar bilan birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda "roud" ("yoʻl") deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20—30-yillarida un-tlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koʻplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-yillar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boʻldi. Montrealdagi "Rido ver", Torontodagi "Tietr Toronto", Edmontondagi "Sitadel" teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoʻyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rej.larrejissyorlar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King , Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanʼati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama boʻlimlari bor. "Kanada teatri" jur. (ingliz va fransuz tillarida) nashr etiladi.
 
== Kinosi ==
1898-yil Kanadaning "Messi-Harris" kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga koʻchib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan "Kanadadagi hayot" nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 yil Montrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 yil Montrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi — "Evanjelina" (rej.rejissyor I. P. Salli-venSalliven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rej.rejissyor R. Flaerti "Shimol farzandi — Nanuk" qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi — "Viking" (rej.rejissyor V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino sanʼatining qaror topishiga rej.rejissyor J. Grirson muhim hissa qoʻshdi. 1939 yil Kino masalalari boʻyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoʻli bilan hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-jahon urushi davrida "Jangdagi totuvlik" kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 yil "Etyen Bryule, nobakor" degan birinchi rangli film yaratildi. "Oltin shahri" (rej.rejissyor Kanada Lou), "Tinchlik davom etsin deb", "Dengiz bilan chuchuk suv oraligʻida" (rej.rejissyor M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 yillarda dunyo yuzini koʻrgan filmlar orasida "Moviy qish" (rej.rejissyor A. Blanshar), "Muallimga nega oʻq otildi" (rej.rejissyor S. Naritsanno), "Ovchi" (rej.rejissyor 3. R. Delen), "Qari tulki" (rej.rejissyor F. Borsos) kabi badiiy filmlarni koʻrsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Montreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam oʻtkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.
 
== Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari ==

Navigatsiya