San-Tome va Prinsipi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Sao Tome va Principe_info}}
{{Sao Tome va Principe_info}}
'''San Tome va Prinsipi''' (São Tomé e Príncipe), San Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (República Democrática de São Tomé e Príncipe) — Gvineya qoʻltigʻidagi San Tome va Prinsipi o.lari va ularga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Afrika gʻarbiy sohili yaqinida. Maydoni 964 km². Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — [[San-Tome|San Tome]] shahar. Maʼmuriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra boʻlinadi.
'''San Tome va Prinsipi''' (São Tomé e Príncipe), San Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (República Democrática de São Tomé e Príncipe) — Gvineya qoʻltigʻidagi San Tome va Prinsipi orollari va ularga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Afrika gʻarbiy sohili yaqinida. Maydoni 964 km². Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — [[San-Tome|San Tome]] shahar. Maʼmuriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra boʻlinadi.

== Davlat tuzumi ==
== Davlat tuzumi ==
Qator 8: Qator 8:
Orollar vulkan faoliyati natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi PikodeTome — 2024 m (San Tome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari bilan). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. Oʻrtacha oylik tra 23—27°. Yillik yogʻin 1000–3000 mm gacha. Deyarli yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Nam tropik oʻrmonlar va mangro chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, qisqichbaqa, krevetka, langust, ustritsa kabilar bor.

== Aholisi ==
Aholisi, asosan, santomeliklar boʻlib, ular Afrikadagi bantu tilida soʻzlashuvchi turli xalqlar (ovimbundu, ambundu va boshqalar)ning oʻzaro va qisman portugallar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til — portugal tili. Dindorlarning 90% ga yaqini xristian (katolik)lar, shuningdek, musulmonlar va anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, Santu Antonyu, Portu Alegri, Ribeyra Afonsu.

Qator 13: Qator 14:
1470—71 yillarda San Tome o.lariga Portugal dengiz sayyohlari kelib, bu yerlarni [[Portugaliya]] mulki, deb eʼlon qildilar. 1485 yildan odamlar koʻchib kela boshladi. Ular Yevropadan surgun qilingan portugallar va afrikalik qullar edi. 16-a. boshlarida qalin oʻrmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi oʻringa chiqdi. 1517 yil va undan keyingi yillardagi qullar qoʻzgʻoloni natijasida 16-a. oxirida Amador boshchiligida qullar davlati qisqa muddat mavjud boʻldi. 1735 yil Prinsipi o. ham Portugaliya imperiyasiga qoʻshib olindi. 18—19-a.larda San Tome va Prinsipi orollarida qullar kuchi bilan kofe va kakao plantatsiyalari barpo etildi. 1951-yil Portugaliya San Tome va Prinsipini oʻzining dengiz orti viloyati deb eʼlon qildi. 1953 yil mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtardi ("Batep qoʻzgʻoloni"), biroq u shafqatsizlik bilan bostirildi. 1960 yil muhojirlikda San Tome va Prinsipini ozod qilish qoʻmitasi (1972 yildan San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972 yil Portugaliya San Tome va Prinsipiga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. San Tome va Prinsipi 1975-yil [[12-iyul|12-iyuldan]] mustakil respublika, 1975 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — [[Mustaqillik Kuni|Mustaqillik kuni]] (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi. San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati — Sotsialdemokratik partiya, 1960 yil asos solingan; Mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Demokratik konvergensiya partiyasi — "Mushohada" guruhi, 1990 yil tashkil etilgan. San Tome va Prinsipi mehnatkashlar milliy tashkiloti kasaba uyushmasi, 1989 yil tuzilgan.
== Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi ==
San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati — Sotsialdemokratik partiya, 1960 yil asos solingan; Mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Demokratik konvergensiya partiyasi — "Mushohada" guruhi, 1990 yil tashkil etilgan. San Tome va Prinsipi mehnatkashlar milliy tashkiloti kasaba uyushmasi, 1989 yil tuzilgan.

== Xoʻjaligi ==
== Xoʻjaligi ==

25-Iyul 2018, 00:19 dagi koʻrinishi

San Tome va Prinsipe Demokratik Respublikasi
República Democrática de São Tomé e Príncipe
Shior"Unidade, Disciplina, Trabalho"
(Portugalcha: Birlik, Turli-tumanlik, Mehnat)
Madhiya: Independência total
Location of San-Tome va Prinsipi
Poytaxt San-Tome
Rasmiy til(lar) Portugalcha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
• Prezident
Fradik de Menezes
Tomé Vera Cruz
Mustaqillik (Portugaliyadan)
• Sana
12-iyul 1975
Maydon
• Butun
1,001 km2 (184-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
187,410 (188-oʻrin)
• Zichlik 187/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$214 mil. (216-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,142
Pul birligi Dobra (STD)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma TP
Telefon prefiksi 239
Internet domeni .st

San Tome va Prinsipi (São Tomé e Príncipe), San Tome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (República Democrática de São Tomé e Príncipe) — Gvineya qoʻltigʻidagi San Tome va Prinsipi orollari va ularga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Afrika gʻarbiy sohili yaqinida. Maydoni 964 km². Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — San Tome shahar. Maʼmuriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi

San Tome va Prinsipi — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990 yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001 yildan F.B. Melu de Menezesh), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy majlis va ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

Orollar vulkan faoliyati natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi PikodeTome — 2024 m (San Tome o.da). Iqlimi SanTome o.da tropik (quruq va yomgir mavsumlari bilan). Prinsipi o.da ekvatorial, doim nam. Oʻrtacha oylik tra 23—27°. Yillik yogʻin 1000–3000 mm gacha. Deyarli yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Nam tropik oʻrmonlar va mangro chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, qisqichbaqa, krevetka, langust, ustritsa kabilar bor.

Aholisi

Aholisi, asosan, santomeliklar boʻlib, ular Afrikadagi bantu tilida soʻzlashuvchi turli xalqlar (ovimbundu, ambundu va boshqalar)ning oʻzaro va qisman portugallar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til — portugal tili. Dindorlarning 90% ga yaqini xristian (katolik)lar, shuningdek, musulmonlar va anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, Santu Antonyu, Portu Alegri, Ribeyra Afonsu.

Tarixi

1470—71 yillarda San Tome o.lariga Portugal dengiz sayyohlari kelib, bu yerlarni Portugaliya mulki, deb eʼlon qildilar. 1485 yildan odamlar koʻchib kela boshladi. Ular Yevropadan surgun qilingan portugallar va afrikalik qullar edi. 16-a. boshlarida qalin oʻrmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi oʻringa chiqdi. 1517 yil va undan keyingi yillardagi qullar qoʻzgʻoloni natijasida 16-a. oxirida Amador boshchiligida qullar davlati qisqa muddat mavjud boʻldi. 1735 yil Prinsipi o. ham Portugaliya imperiyasiga qoʻshib olindi. 18—19-a.larda San Tome va Prinsipi orollarida qullar kuchi bilan kofe va kakao plantatsiyalari barpo etildi. 1951-yil Portugaliya San Tome va Prinsipini oʻzining dengiz orti viloyati deb eʼlon qildi. 1953 yil mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtardi ("Batep qoʻzgʻoloni"), biroq u shafqatsizlik bilan bostirildi. 1960 yil muhojirlikda San Tome va Prinsipini ozod qilish qoʻmitasi (1972 yildan San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972 yil Portugaliya San Tome va Prinsipiga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. San Tome va Prinsipi 1975-yil 12-iyuldan mustakil respublika, 1975 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi

San Tome va Prinsipini ozod qilish harakati — Sotsialdemokratik partiya, 1960 yil asos solingan; Mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Demokratik konvergensiya partiyasi — "Mushohada" guruhi, 1990 yil tashkil etilgan. San Tome va Prinsipi mehnatkashlar milliy tashkiloti kasaba uyushmasi, 1989 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi

San Tome va Prinsipi — iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajoʻxori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, xonaki parranda boqiladi). Dengizdan baliq, toshbaqa va boshqa hayvonlar ovlanadi. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Keramika va gʻisht zavodlari, tikuvchilik f-kasi ham qurilgan. San Tome va Prinsipida tor izli temir yoʻl va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: San Tome, Santu Antonyu va Portu Alegri. Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, sement, avtomobil va boshqa sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya, AQSH, GFR, Angola bilan savdo qiladi. Pul birligi — dobra.

Maorifi

6—12 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Davlat qaramogʻidagi oʻquv yurtlaridan tashqari xususiy va diniy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 4 yillik, oʻrta maktab 7 yillik. Oxirgi 2 yilda bolalar chet el oliy oʻquv yurtlariga kirishga tayyorlanadi. Darslar portugal tilida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich yoki toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 5—6 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtlarida, urga maktab oʻqituvchilari chet ellarda tayyorlanadi. Vrachlar chet ellardagi oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Milliy tarix muzeyi (1976) va oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz.lari: "Diariu da Respublika" ("Respublika gazetasi", hukumat haftanomasi, 1836 yildan), "Labor" ("Mexnat", oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1990 yildan), "Notisiash" ("Yangiliklar", hukumat nashr etadigan gaz., 1991 yildan). STP Press axborot agentligi 1985 yil tuzilgan. San Tome va Prinsipi televideniyesi, hukumat telekoʻrsatuvi.

Adabiyoti

Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud boʻlsa ham, adabiyot portugal tilida 19-a.ning 2-yarmida yuzaga keldi. Sheʼriyatning asoschisi — K. da Koshta Alegri. Uning "Sheʼrlar" kitobida irqiy xurofotlardan norozilik goyalari aks etgan, "Qora dunyo" qadriyatlari madh qilingan. F.J.V. Tenreyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20a. ning 50—60 yillarida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular oʻz ijodida xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini zamonaviy badiiy ifoda shakllari bilan qoʻshishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pyesalar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reyshning "Plantatsiya" romani, "Qogʻozboy toʻra" pyesasi va boshqa asarlar).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil