David Ricardo: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2) using AWB
k Umarxon III Rikardo David sahifasini David Ricardoga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

7-Iyun 2018, 10:01 dagi koʻrinishi

RIKARDO (Ricardo) David (1772.19.4, London — 1822.11.9, Glostershir grafligi) — ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyandasi. Dastlab 1793—1812 yillarda tijorat ishlari bilan shugʻullanib katta boylik orttirdi, keyinchalik ilmiy faoliyat bilan shugʻullandi. 1819—23 yillarda Angliya parlamentining aʼzosi.

R.ning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bagʻishlangan. Uning iqtisodiyot fanidagi tarixiy oʻrni, birinchi navbatda, kapitalizmning iqtisodiy munosabatlarini qiymatning mehnat nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etishni boshlab berganligidan iborat. R. tovar qiymatining yagona manbai ishchining mehnati boʻlib, aholining daromadlari — ish haqi, foyda, foiz, rentalar shu tovar qiymatiga asoslanadi, deb qaradi. R. "Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari" (1817) asarida ishchining ish haqi bilan sohibkorning foydasi oʻrtasidagi nisbatning teskari proporsionalligini asoslab, ishchi va kapitalist iqtisodiy manfaatlarining zid ekanligini koʻrsatadi. R. shugʻullangan asosiy masalalardan biri — yaratilgan ijtimoiy mahsulotning asosiy 3 sinf — sanoatchilar (foyda), ishchilar (ish haqi), yer egalari (renta) oʻrtasidagi taqsimoti muammosi boʻlgan. R. renta nazariyasini asoslab berdi. R. nazariya va amaliyotda erkin savdo tarafdori boʻlgan. R. Angliyaning tashqi aloqalari uning iqtisodiyotida katta rol oʻynashini alohida oʻrgandi. U birinchilardan boʻlib ayrim tovarlarni i.ch.gina emas, balki mamlakatlar oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning ahamiyati katta ekanligini koʻrsatdi, tashqi savdoda qiyosiy afzalliklar nazariyasini asoslab berdi.

Manbalar

  • Sochineniye, t 1—5, M., 1961.

Adabiyot

  • Razzoqov A., Toshmatov Sh ., Oʻrmonov N., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.