Xorazm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{birlashtirish|Qadimgi Xorazm}}
{{Tarixiy davlat
{{Tarixiy davlat
|nomi = Xorazm
|nomi = Xorazm
Qator 10: Qator 9:
|gerb_izohi =
|gerb_izohi =
|xarita = Khwarezmian Empire 1190 - 1220 (AD).PNG
|xarita = Khwarezmian Empire 1190 - 1220 (AD).PNG
|oʻlchami = 300px
|oʻlchami =
|izohi = 1190—1220 yillarda Xorazm imperiyasi.
|izohi = 1190—1220 yillarda Xorazm imperiyasi.
|p1 =
|p1 =
Qator 115: Qator 114:
|eslat =
|eslat =
}}
}}
{{birlashtirish|Qadimgi Xorazm}}


Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi '''Xorazm''', Qadimgi Xorazm — [[Turon]] va [[Eron]] [[mintaqa]]lari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda [[Amudaryo]] adoqlaridan janubga tomon [[Murgʻob]] va [[Tajan]] daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Xorazm''', Qadimgi Xorazm — [[Turon]] va [[Eron]] [[mintaqa]]lari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda [[Amudaryo]] adoqlaridan janubga tomon [[Murgʻob]] va [[Tajan]] daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.


"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan.
"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan.

24-Aprel 2018, 09:40 dagi koʻrinishi

Xorazm
 — 1920



1917dan 1920gacha bayrogʻi
[[Fayl:Khwarezmian Empire 1190 - 1220 (AD).PNG|]]
1190—1220 yillarda Xorazm imperiyasi.
Poytaxti Kat, Urganch, Xiva
Til(lar)i Xorazmiy, Xorazm-turkiy,
Dini Islom
Boshqaruv shakli Mutlaq monarxiya
Meros boʻlib oʻtishi
Xorazm XSR

Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi Xorazm, Qadimgi Xorazm — Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan. Shu boisdan bu qad. tarixiy oʻlka fanda 2 xil: Kdd. Xorazm va Katta Xorazm nomlari bilan maʼlum. X. haqidagi ilk maʼlumotlar Avesto, Doro I ning Bixistun kitobalari, qad. yunon mualliflari (Gekatey, Gerodot, Strabon va boshqalar) hamda ilk oʻrta ayerlarning arab geograflari asarlarida uchraydi.

"X." atamasi (toponimi) Avestoda Xvairizem, qad. forsiychada Uvarazmis, lotinchada Xorasmiya va yunonchada Xorazmiya deb yuritilgan. Arabcha yozma manbalarda bu oʻlka Xvorazm talaffuzida tilga olinadi. "X." atamasining semantikasi haqida bir qancha fikrlar mavjud. X. tarixining bilimdoni SP. Tolstoye "X." atamasi talqinlari orasida eroncha "XurrXurshed" va "zmzem" soʻzlari asosida yuzaga kelgan nomning "Quyoshli oʻlka", "Quyoshli yer" deb atalishi haqiqatga eng yaqin etnonimdir deb taʼkidlasada, X.ni "Xvarri yoki Xarri (Xurriy) xalqi oʻlkasi", "quyosh (xalqi) yeri" deb izohlaydi. Sugʻdshunos olim M. N. Bogolyubovning fikricha, X. ayrimayrim 3 soʻzlardan tarkib topgan. Xu (Xush, Xash), var (vara) va zm (zim, zem). Eroniy tillarda Xu —"yaxshi" "maʼqul", var(vara) — "devor", "marza", "fob", "qalʼa", "qoʻra" degan maʼnolarni bildirgan. Zm (zim, zem) esa — "er", "oʻlka", "diyor", "mamlakat" kabi maʼnolarni anglatgan. Demak, "X." atamasi qanday shaklda qayd etilmasin, u "yaxshi qoʻrali yer", "ajoyib qalʼali oʻlka", "mustahkam qalʼalari bor diyor" degan maʼnoni anglatgan.

Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.

Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (q. Kaltaminor madaniyati) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (q. Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-a.lar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (q. Amirobod madaniyati). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.

X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (q. Joytun madaniyati va Namozgohtepa).

Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.

Arxeologik maʼlumotlarning guvohlik berishicha, aynan shu davrda Amudaryo etaklarida yashagan koʻchmanchi chorvador qabilalarning bir qismi jan. tomon siljib to shim. Hindiston hududlariga qadar borib oʻrnashgani kuzatiladi.

Miletlik Gekatey (mil. av. 6-a.) maʼlumotlari asosida Gerodot (mil. av. 5-a.) axomaniypar davridan avval girkanlar (Kaspiy dengizining jan.sharqi, Gurgon daryosi havzasi), parfiyaliklar (Shim. Xuroson), dranglar va tamanaylar (Gʻarbiy Afgʻoniston)ning hududlari bilan tutashgan keng oʻlkada xorazmiylar yashagani toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiradi.

Gerodotning yozishicha, keyinchalik, oʻlka axomaniylarga qaram boʻlib qolgach, togʻ daralaridan oqib tushadigan Akes (Herirud) oʻzani darvozali toʻgʻon bilan bogʻlanib, xorasmiylar (xorazmiylar)ning ekin yerlari suvsiz qolgan. Ular shoh saroyiga borib arzidod qilib, suv uchun alohida soliq toʻlagach, shoh toʻgʻon darvozalarini ochishga buyurgan.

Mil. av. 6—5-a.larda X. Axomaniylar davlatining 16satraplik tarkibiga kirgan. Mil. av. 5-a. oxiri — 4-a. boshlarida esa, u aloxida satraplik hisoblangan. Mil. av. 3 — mil. 3-a.larda X. Sirdaryo havzasining oʻrta qismida1. Qalʼaliqirdagi saroy xarobasi. Mil. av. 5—4asrlar; 2. Ayozqalʼa. 1-ming yillik oʻrtasi; 3. Tuproqqalʼa. Gipsdan ishlangan haykal parchasi. 3asr; 4. Tuproqqalʼa. Yogʻochga bitilgan qad. xorazmiy yozuvi. 3asr. tashkil topgan Qangʻ davlatining tarkibvda boʻlgan.

Tarixiy manbalarning taqqosiy tahlilidan maʼlum boʻlishicha, xorazmiylarning dastlabki vatani Baktriyadan jan.da Areyadan sharkda, Herirud va Hilmand daryolarining yuqori havzasida joylashgan (yana q. Xorazmiylar). Shubhasiz, xorazmiylar massagetlardan farkdi oʻlaroq, parfyanlar, margʻiyonaliklar, boxtariylar, areyaliklar, girkaniyaliklardek sugʻorma dehqonchilik va uning asosi hisoblangan sutorish inshootlar barpo etishda boy asriy tajribaga ega edilar. Ularning koʻp asrlik binokorlik va xunarmandchilikdagi tajribalari va amaliy koʻnikmalari tufayli asrlar osha Amudaryo etaklari obod etilib, yirik sugʻorish tarmoqlari va suv inshootlari— dambalar barpo etilgan, hunarmandchilikning barcha sohalari keng rivoj topgan.

Mil. av. 4-a.ning 2-yarmida X.da mustaqil davlat qaror topadi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, X. davlatiga afsonaviy qahramon Siyovush (Siyovaxsh) asos solgan. Mil. av. 328 y. bahorida Oʻrta Osiyoga yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (Iskandar) qarorgohiga muzokara qilish uchun X. hukmdori Farasman 1500 suvoriy bilan tashrif buyurgan. Fanda massagetlar konfederatsiyasi (turkumi) nomi bilan tilga olingan X. davlatini afsonaviy siyovushiylar, aslida esa afrigʻiylar sulolasi boshqargan. Davlat poytaxti dastlab Tuproqqalʼaaya boʻlgan. Keyinchalik (305 y.) esa Kot shahriga koʻchirilgan. Beruniy xorazmshoxlardan 22 tasining nomini qayd qiladi. Aversi (beti)da tojdor xukmdor, reversi (sirti)da suvoriy tasviri tushirilgan dastlabki kumush tanga Tuproqqalʼadan topilgan. Tanga mil. av. 1-a.ga mansub. Numizmatik maʼlumotlardan ayon boʻlishicha, bunday shakldagi tangalar mil. 8-a.gacha zarb etilgan.

X. davlati Oʻrta Osiyoda tashkil topgan oʻziga xos eng qad. davlatlardan biri boʻlib, unda oʻtroq ziroatkor va koʻchmanchi chorvador aholining udumlari, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik kabi xoʻjaliklar boshqaruvini asriy tizimlari mujassamlangan edi.

Demak, X. aholisining iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tadrijiy rivojlanish uning shim. va jan. qismlarida, avval biri ikkinchisidan tubdan farqlanuvchi 2 turdagi madaniyatlar shakllangan. Soʻngra esa ularning qorishuvi oqibatida X.ning oʻziga xos yuksak darajadagi madaniyati yuzaga kelib, ravnaq topgan.

Qadimgi Xorazm madaniyati. Kadimdan Gʻarbiy Osiyo, xususan, shim.sharqiy Eron hududlari bilan bevosita aloqador boʻlgan X.ning qad. mushtarak madaniyatining koʻpgina jihatlari, xususan, badiiy madaniyati — aholisining tili, urfodatlari, uyjoylarining tuzilish tartiblari, roʻzgʻorbuyumlari, zebiziynatlarida oʻz ifodasini topgan. Mas, X.ning jan. kismi qadimgi obidalarida (mil. av. 6—3ming yillik) somonli guvaladan bino qilingan sahni, ganch aralash loy suvoqli bir xonali uylar ichida oʻchoq, supa, gʻalla uchun oʻra (toʻla) boʻlgan. Chaqmoqtosh qurollari qirgʻich, oʻroq, randa, pichoq; suyakdan yasalgan igna, bigiz; yarmatosh; somonli loydan yasalgan sopol idishlar, baʼzilarining sirtiga qizil rang (angob) berilgan; tosh va sopoldan yasalgan ayol va turli xil hayvon haykalchalar; tosh suyak va chigʻanoqlardan yasalgan tumor, munchoq kabi taqinchoklar uchraydi.

Mil. av. 4—2ming yilliklarda esa turar joylar maydoni nihoyatda kengayib xom gʻishtli koʻp xonali uylardan iborat qishloqqa aylangan. Ularning girdi mudofaa devori bilan oʻralib, otashgoh, hovlilar, tor koʻchalar va markazida maydon paydo boʻlgan. Qurollarining aksariyati tosh va suyakdan, qisman misdan yasalgan, qoʻlda yasalgan sopol idishlar sirtiga qora rangli geometrik va jimjimador (gilam nusxa) naqshlar, hayvon va parranda tasvirlari tushirilgan. Soʻngra kulolchilik charxi kashf etilib, bikonik nusxa idishlar, qadah va vazalar paydo boʻlgan. Binokorlikda monumental imoratlar [ibodatxona, miyonsaroy (zal) va boshqa] qad koʻtarib, qishloqlar esa ilk shahar shaklini ola boshlagan.

X. shim. qismining moddiy madaniyat obidalari (mil. av. 4—3ming yillik), asosan, ovchi va baliqchi qabilalarning ulkan chaylalari chaqmoqtoshdan qadama (mikrolit) qurollar, tagi tuxumsimon sopol idishlar, chigʻanoq va jilvir toshlardan yasalgan taqinchoqyaardan iborat. Mil. av. 2ming yillikda garchi sugʻorma dehqonchilik xonaki chorvachilik va podachilik paydo boʻlib, turli zot (mayda va yirik shoxli hayvonlar) bilan bir qatorda ot, tuya xonakilashtirilib, yilqichilik ancha rivoj topgan boʻlsada, turar joylar yarim yer toʻlabostirma shaklida boʻlgan. Taqinchoklari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻalar) jez yoki mis kabi maʼdan boʻlsada, qurollarining aksariyati chaqmoqtoshlardan yasalgan. Bu davrda X.ning shim. qismida shubhasiz, na misdan yasalgan qurol va na guvala yoki xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy mavjud edi.

Xorazmiylarning jan.dan shim.ga Amudaryo quyi oqimi tomon siljishi, ularning mahalliy qabilalar bilan qorishuvi oqibatida, tubdan yangi madaniyat shakllanadi. Amudaryo adogʻi (deltasi) oʻzlashtirilib, oʻlkada bir nechta monumental binolar (Koʻzaliqir va Qalʼaliqir kabi) qad. koʻtaradi. Mil. av. 4—3-a.larda X. iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topib, yirik sugʻorish kanallari (60–70 km. eni 30– 40 m li sayoz) barpo etilib, yangi shaharlar, qoʻrgʻonqalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa, Qoʻyqirilgan qalʼa) quriladi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo hamda sanʼat rivoj topib, poytaxt (Tuproqqalʼa) barpo etiladi. X. qalʼa va shaharlari toʻgʻri toʻrtburchakli va doirasimon shakllarda aniq reja asosida qurilgan. Ular qalin va baland mudofaa devor bilan oʻralib, tashqarisidan keng (10–15 m) va chuqur xandaq qazilgan. Qalʼa va shaharlarning mudofaa qudratini strategik jihatdan kuchaytirish maqsadida ularning tashqi devorlari bir yoki ikki qator shinak (nishon, tuynuk)lari, darvoza ogʻzi esa, gʻulomgardish (labirint) — ihota istehkomi bilan mustahkamlangan. Bunday mudofaa inshootlari majmui, shubhasiz, aniq rejalar asosida strategik jihatdan nihoyatda mustahkam qilib barpo etilgan. Mac, toʻrtburchakli qalʼalar (Jonbos qalʼa, Bozorqalʼa) devorlari boʻylab 2 qatorli shinaklardan nishonga 4 tomondan oʻq uzish uchun moʻljallangan boʻlsa, doira shakldagi qalʼa (Qoʻyqirilgan qalʼa)dan qamal vaqgida shinaklardan bir yoʻla 360 daraja yoʻnalishda oʻq uzilgan. Bunday uslub, harbiy taktikada doira boʻylab markazdan oʻqqa tutish deb yuritiladi.

X.da shaharsozlik sanʼati, ayniqsa, monumental meʼmorlik mil. av. 1-ming yillik oʻrtalaridan to mil. 8-a. boshlarigacha oʻtgan davr ichida keng rivojlangan. Yirik qalʼalar, xususan, poytaxt shahar (Tuproqqalʼa, Kot) oʻlka ibodatxonasi (Hazorasp), maqbaralar (Chirikrabot) va boshqa turdagi jamoat binolari qad. koʻtargan. Tuproqqalʼada 3 minorali qarorgoh, muhtasham shohona saroy (sahni 280 kv.m), markaziy koʻchalar boʻylab joylashtirilgan hunarmandchilik turar joylari va bozor oʻrin olgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari: kulolchilik, temirchilik, misgarlik, qurolsozlik, zargarlik, binokorlik va toʻqimachilik yuksak darajada rivoj topgan. Tuproqqalʼa xarobalaridan topilgan turli xildagi ashyolar, xususan, tasviriy sanʼat asarlarining ayrim boʻlaklari, loydan ishlangan haykallar, devoriy rangli tasvir (chiltor chalayotgan ayol, qoʻlida anor tutgan maʼbuda Nohid), tabiat manzaralari va sopol haykalchalar, badiiy yuksak darajada yasalgan. Yogʻoch va charmga qad. xorazmiy yozuvida bitilgan hujjatlar oʻlka aholisi maʼnaviyatini asosi boʻlgan savodxonlik darajasidan dalolat berardi.

Ilk oʻrta (4—8-a.larda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar (Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga sazovordir.

X.da badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma (temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Mil. av. 6—5-a.larda roʻy bergan yuksalish mil. 3-a. oxiri va 4-a. boshida tushkunlikka uchrab, xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar 5— 6-a.larda yana jonlangan (Kavat qalʼa, Guldursun qalʼa, Kot va b), 10-a. oxirlarida Shimoliy X.da Urganch shahrining ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; Sulton Takashning maqbarasi, Faxriddin arRoziyning maqbarasi va boshqa shular jumlasidandir).

Adabiyot

  • Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Tolstov S. P ., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962; Masson V. M., Srednyaya Aziya i Drevniy Vostok, M., 1964; Istoriya Xorezma, T., 1976.

Abdulahad Muhammadjonov.

Xorazm (forscha: خوارزم) — Amudaryo sohillarida markazga ega Oʻrta Osiyo qadimiy mintaqasi — rivojlangan irrigatsiyali dehqonchilik, hunarmandlik va savdo mintaqasi. Xorazm orqali Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan. III asr oxirlarida Xorazm poytaxti Kat shahri boʻlgan; X asr oxirlarida poytaxt Urganch shahriga koʻchiriladi (hozirgi Koʻhna Urganch shahri).

Ahamoniydan oldingi davr

Ahamoniylar imperiyasidan antik asrgacha

Xorazm antik asrda

Arab bosqini istilosidan saljuqlar istilosigacha

Xorazmshohlar davlati

Moʻgʻul davri

Xorazm XVI - XVIII asrning birinchi yarmida

1505-yilda Xorazm Muhammad Shayboniyxon davlati tarkibiga kirdi. Amudaryo oʻzanining oʻzgarishi munosabati bilan 1573-yili Xorazm poytaxti Xivaga koʻchirildi. XVII asrdan boshlab Xorazm Rossiya tarixshunosligida Xiva xonligi deb nomlana boshladi. Davlatning rasmiy nomi qadimiy nomi boʻyicha — Xorazm edi. 1511-yildan 1770-yilgacha Xorazmni shiboniylar sulolasi boshqardi.

Xorazm XVIII asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida

1770-yillarda Xorazmda qoʻngʻirot sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga keladi. Sulola asoschisi Muhammad Aminbiy edi. Bu davrda poytaxt Xivada Xorazm meʼmorchiligi durdonalari quriladi. 1873-yili Muhammad Rahimxon II hukmdorligi davrida Xorazm Rossiya imperiyasiga tobe davlatga aylanadi. Qoʻngʻirotlar 1920-yilga qadar, Qizil Armiya bosqini natijasida agʻdarilgunga qadar, hukmronlikni oʻz qoʻlida saqlab qoldilar.

Xorazm hukmdorlari

Xorazm hukmdorlari
Ismi Boshqaruv yillari Unvonlar
Siyovushiylar sulolasi
Kayxusrav taxminan mil. av. 1200 - 1140 xorazmshoh
Saksafar taxminan mil. av. 519 - 517 xorazmshoh
Farasman taxminan mil. av. 329 - 320 xorazmshoh
Xusrav taxminan mil. av. 320 xorazmshoh
Afrigʻiylar sulolasi
Afrigʻ 305 — ? xorazmshoh
Bagra ? xorazmshoh
Saxxasak ? xorazmshoh
Askajamuk I ? xorazmshoh
Askajavar I ? xorazmshoh
Saxr I ? xorazmshoh
Shaush ? xorazmshoh
Xamgari ? xorazmshoh
Buzgar ? xorazmshoh
Arsamux ? xorazmshoh
Saxr II ? xorazmshoh
Sabri ? xorazmshoh
Askajavar II ? xorazmshoh
Askajamuk II 712 — ? xorazmshoh
Shaushafar ? xorazmshoh
Turkasabas ? xorazmshoh
Abd-Allah ? xorazmshoh
Mansur ibn Abd-Allah ? xorazmshoh
Iroq ibn Mansur ? xorazmshoh
Ahmad ibn Iroq ? xorazmshoh
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ? — 995 xorazmshoh
Mamuniylar sulolasi
Abu Ali Maʼmun ibn Muhammad 992995
995 — 997
Gurganj amiri
xorazmshoh
Abu-l-Xasan Ali ibn Maʼmun 9971009 xorazmshoh
Ayn ad-Daula Abu-l-Abbos Maʼmun ibn Ali 10091017 xorazmshoh
Abu-l-Xaris Muhammad 1017 xorazmshoh
Oltintosh sulolasi
Altuntash 10171032 xorazmshoh
Xarun ibn Altuntash 10321035 xorazmshoh
Ismoil ibn Altuntash 10351041 xorazmshoh
Anushteginiylar sulolasi (Bekdili)
Qutbiddin Muhammad I 10971127 xorazmshoh
Ala ad-in Otsiz 11271138,
1139 — 1156
xorazmshoh
Taj ad-Din El Arslon 11561172 xorazmshoh
Jaloladdin Sultonshoh Mahmud 1172 xorazmshoh
Ala ad-Din Takash 11721200 xorazmshoh
Ala ad-Din Muhammad II 12001220 xorazmshoh
Qutb ad-Din Uzlagshoh 12171221 valeahd, Xorazm, Xuroson va Mazandaron sultoni
Jaloladdin Manguberdi 12171220
1220 — 1231
Gʻazniy, Bamian va Gur sultoni
xorazmshox
Rukn ad-Din Gursanjti 12171222 Iroq sultoni
Gʻiyosiddin Pirshoh 12171229 Kerman va Mekran sultoni

Manba

Adabiyot

  • Veselovskiy N. I. Ocherk istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve ot drevneyshix vremyon do nastoyaщego vremeni. SPb., 1877.
  • Vinogradov A. V. Tisyacheletiya, pogrebennie pustiney. M.: Prosveщenie, 1966.
  • Tolstov S. P. Novogodniy prazdnik „kalandas“ u xorezmiyskix xristian nachala XI veka. Materiali i issledovaniya po etnografii i antropologii SSSR, 1946, 2, s. 87-108.
  • B. Grozniy. Protoindiyskie pismena i ix rasshifrovka. Vestnik drevney istorii 2 (11). 1940.
  • Tolstov S. P. Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii. M.-L.: 1948.
  • Kidirniyazov M.-Sh. Materialnaya kultura gorodov Xorezma v XIII—XIV vekax. Nukus: Karakalpakstan, 1989.

Havolalar

// „Троицкий вариант“ № 60, c. 8 (2010)