Mixail Andreyev: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: inti → instituti, y.lar → yillar using AWB
k PlanespotterA320 Andreyev Mixail Stepanovich sahifasini Mixail Andreyevga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

16-Mart 2018, 19:14 dagi koʻrinishi

Andreyev Mixail Stepanovich (1873.11.9, Toshkent - 1948.10.11) - etnograf, tilshunos, eronshunos olim. Oʻzbekiston FA akad. (1943), Rossiya FA muxbir aʼzosi (1929), Oʻzbekiston va Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1945, 1944), Toshkent gimnaziyasini, Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan. Toshkentdagi Eshonquli dodho madrasasida oʻqigan (1894). 1897 y. Moʻgʻuliston va Sharqiy Turkiston ekspeditsiyalarida ishtirok etadi. 1918—20 ylarda Turkiston sharq-shunoslik instituti, keyinroq Oʻrta Osiyo davlat untida sharqshunoslik fakulteti dekani. 1927—47 yillarda dotsent, soʻngra prof. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya institutida etn. boʻlimini boshqargan (1944—48). U Oʻrta Osiyo miqyosida oʻtkazilgan bir qancha etnografik eks-peditsiyalarga rahbarlik qilgan. Asosiy ilmiy asarlarida Turkiston xalqlarining urf-odati, eʼtiqodi, sanʼati va dini yoritilgan. Sharqiy Eron tillarining tasnifiga oid asarlari ham bor.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil