Kanada — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
xulosa tahrirlanmadi
k
k
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal partiya, 1873 y.yil rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 y.yil tuzilgan; Kanada Kommunistok partiyasi, 1921 y.yil vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 y.yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 y.yil asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 y.yil tuzilgan; Kanada isloxrt partiyasi, 1987 yyil, tuzilgan; Kanada uyushmasi partiyasi, 2000-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari — Kanada ishchilar kongressi 1956 y.yil tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi 1921 y.yil vujudga kelgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Kanada tub joy aholisi (indeyslar, eskimoslar)ning ogʻzaki ijodiyoti avloddan avlodga oʻtib kelgan. Kanada adabiyoti, asosan, ingliz (18-asr) va fransuz (19a.) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning ogʻzaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchilar tomonidan qisman toʻplandi (20-asr). Shoira Polin Jonson (1862—1913) butun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bagʻishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining ogʻir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga toʻsqinlik qilib keldi.
 
Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi taʼsirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederatsiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat goʻzalligi haqida asarlar yozdilar va Kanadada yashovchi turli millat vakillarini birlashishga daʼvat etdilar. 19-asrning 2-yarmida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869—1944) oʻz asarlarida Kanada shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, "kichik" odamning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur boʻldi. 20-asr boshlarida adabiy jur. lar, Kanada adabiyotining dastlabki tarixi va antologiyasi paydo boʻldi. Kanada yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuvchilarni birlashtirdi. 20-asrning oʻrtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy harakteri yorqin namoyon boʻla boshladi. 40-y.lardanyillardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavandalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi b-n sugʻorilgan. X. Mak-Lennan oʻz asarlarida Angliya va Fransiyadan kelgan kanadaliklarni birdamlikka chaqirdi ("Ikki yolgʻizlik", 1945). 60—80-y.lardagiyillardagi koʻp asarlarning mavzui jamiyat turmushidagi chalkashliklarga bagʻishlangan. Kanada muammolari va indeyslar b-n eskimoslarning ahvoli kabi masalalar Kanada ilgʻor yozuvchilarining eʼtiborida turibdi.
 
Fransuz tilidagi adabiyot. Kanadada fransuzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-asr oxirlarida Kanadada romantik shoirlar maktabi vujudga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi Kanada adabiyotiga fransuz romantik sheʼriyati ruhini kiritdi. Fransuz romantiklari, jumladan, V. Gyugo taʼsirida L. O. Freshett, L. P.Leme oʻz asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening "Qadimiy kanadaliklar" qissasi 19-asrning eng salmokli asaridir. 20-asr boshlarida patriarxal hayot, dehqonlarning dindor boʻlishi ulugʻlandi. L. Emonning "Mariya Shapdlen" romani mustamlaka davri adabiyotini hayotiy tasvirlar b-n boyitdi. 30-y.lardayillarda realizm rivojlandi. 40-yillarda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodimlarini satirik tasvirladi ("Qiyalik etagida" romani, 1944); Gabriyel Rua "Tasodifiy baxt" romanida ishchilar hayotini koʻrsatdi. 50-y.laryillar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishining oʻzini begona, yolgʻiz his etishiga eʼtibor kuchaydi (I. Terio, E. Klutye asarlari). Yu. Aken fransuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi ("Yaqin kunlardagi vokea"). Shoirlar 60—80-y.lardayillarda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va oʻlim mavzularida asarlar yezdi.
 
== Meʼmorligi ==
 
== Musiqasi ==
Musiqa qadimdan tub xalq va koʻchib kelgan aholi turmushining muqim qismi boʻlgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qoʻshiklari, ishqiy ashulalar shoʻx va ifodali. 18-asr oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-asr oxirlaridan konsertlar berila boshladi. 19-asr boshlarida havaskorlar kuchi b-n opera spektakllari koʻrsatildi. 19-asr ning 2-yarmida professional musiqani rivojlantirish uchun sharoit vujudga keldi, musiqa havaskorlari jamiyati tuzildi. Kanadada yevropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar konsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri — Kanada Lavalle "O, Kanada" milliy madhiyasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida professional kompozitorlar va musiqachilar paydo boʻldi. 40-y.lardayillarda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, Montreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada Mumtoz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ishlovchi orkestr bor. Kanada musiqa arboblaridan M. Blekbern, J. Vaynsvayg , P. Merkyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simono kabi xonandalar, G. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. Kanada kompozitorlar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. Kanadada 8 ta oliy musika oʻquv yurti bor. Bir qator shaharlarda un-tlar qoshida musiqa maktablari, musiqa f-tlari ochilgan. 1965-yildan Montrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi oʻtkaziladi .
 
== Teatri ==
Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanʼati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni oʻtkazishda niqob va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoʻyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi "Neptun" teatrida Leskarboning "Dengiz niqobi" nomli sheʼriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar b-n fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa — "Akadius yoki xilvatdagi muhabbat" sahnalashtirildi. 1825 y.yil Montrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. Montreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.larida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-y.lariyillari oxiridan [[Birinchi jahon urushi|1-jahon urushigacha]] boʻlgan davrda koʻchma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar b-n birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda "roud" ("yoʻl") deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20—30-yillarida un-tlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koʻplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-y.laryillar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boʻldi. Montrealdagi "Rido ver", Torontodagi "Tietr Toronto", Edmontondagi "Sitadel" teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoʻyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rej.lar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King , Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanʼati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama boʻlimlari bor. "Kanada teatri" jur. (ingliz va fransuz tillarida) nashr etiladi.
 
== Kinosi ==
1898-yil Kanadaning "Messi-Harris" kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga koʻchib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan "Kanadadagi hayot" nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 y.yil Montrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 y.yil Montrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi — "Evanjelina" (rej. I. P. Salli-ven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rej. R. Flaerti "Shimol farzandi — Nanuk" qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi — "Viking" (rej. V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino sanʼatining qaror topishiga rej. J. Grirson muhim hissa qoʻshdi. 1939 y.yil Kino masalalari boʻyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoʻli b-n hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-jahon urushi davrida "Jangdagi totuvlik" kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 y.yil "Etyen Bryule, nobakor" degan birinchi rangli film yaratildi. "Oltin shahri" (rej. Kanada Lou), "Tinchlik davom etsin deb", "Dengiz b-n chuchuk suv oraligʻida" (rej. M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 y.lardayillarda dunyo yuzini koʻrgan filmlar orasida "Moviy qish" (rej. A. Blanshar), "Muallimga nega oʻq otildi" (rej. S. Naritsanno), "Ovchi" (rej. 3. R. Delen), "Qari tulki" (rej. F. Borsos) kabi badiiy filmlarni koʻrsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, Montreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam oʻtkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.
 
== Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari ==

Navigatsiya