Beliz: Versiyalar orasidagi farq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, Mayd. → Maydoni, sent.da → sentabrda, -a. → -asr (2), i.ch. → ishlab chiqarish using AWB |
k removed Category:Amerika; added Category:Shimoliy Amerika mamlakatlari using HotCat |
||
Qator 18: | Qator 18: | ||
{{OʻzME}} |
{{OʻzME}} |
||
[[Turkum:Amerika]] |
[[Turkum:Shimoliy Amerika mamlakatlari]] |
||
[[Turkum:Davlatlar]] |
[[Turkum:Davlatlar]] |
||
[[Turkum:BMT aʼzolari]] |
[[Turkum:BMT aʼzolari]] |
11-Mart 2018, 13:17 dagi koʻrinishi
Beliz | |
---|---|
Shior: Sub umbra floreo Lotincha: Soya ostida rivojlanaman | |
Madhiya: Land of the Free | |
Poytaxt | Belmopan |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Qirol |
Karl III |
Froyla Tzalam | |
Johnny Briceño | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
21-sentabr 1981 |
Maydon | |
• Butun |
22,966 km2 (151-oʻrin) |
• Suv (%) |
0.7 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
279,457 (179-oʻrin) |
• Zichlik | 12/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$1,778 mil. (185-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$6,362 |
Pul birligi | Belize Dollar (BZD) |
Vaqt mintaqasi | UTC–6 |
• Yoz (DST) |
UTC–6 |
Qisqartma | BH |
Telefon prefiksi | 501 |
Internet domeni | .bz |
|
Beliz (Belize) — Markaziy Amerikadagi davlat. Yukatan ya.o.ning jan.sharqida joylashgan. Maydoni 23 ming km². Aholisi 228,6 ming kishi (1997): asosan negrlar, mulatlar, duragailar, indeyslar. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning 60% — katolik, qolganlari — protestantlar. Poytaxti — Belmopan shahri Maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi. Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qirolichasi, generalgubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — ikki palatali (senat va vakillar palatasi) Millim majlis (parlament). Ijrochi hokimiyat— bosh vazir boshchiligidagi hukumat. Birlashgan xalq partiyasi (1950), B. huquqi uchun milliy alyans (1992), Birlashgan demokratik partiya (1974) kabi partiyalar, B. milliy kasaba uyushma kongressi, Mehnatkashlarning birlashgan umumiy uyushmasi (1979, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi) mavjud.
Yer yuzasi asosan tekislikdan iborat, jan. qismida 1122 m gacha balandlikdagi Mayya togʻlari joylashgan. Neft konlari bor. Iqlimi — tropik, passat (tropiklardan ekvator tomon doim shamol esib turadi). Havoning oʻrtacha oylik temperaturasi 25°, 27°. Yiliga 2000 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Katta daryolari Rio-Ondo va Beliz, koʻllar, sohil boʻylab laguna (qoʻltiq)lar koʻp. Hududining katta qismi nam tropik oʻrmonlar, aksari qimmatli daraxt turlari bilan qoplangan, shim.da — savanna. B. hayvonot dunyosi turli-tuman.
16-asr boshlarigacha B. hududida indeys qabilalari yashagan. 16-asr boshida ispanlar bosib olgan va ularning mustamlakasiga aylangan. 1862 y.dan Britaniya Gondurasi nomi bilan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1964 y. ichki oʻzini oʻzi boshqarish huquqini olgan. 1973 y.dan mamlakat rasmiy ravishda B. deb atala boshladi. 1981 y. 21 sentabrda B. mustaqilligi eʼlon qilindi. B.— agrar mamlakat. Iqgisodiyotining asosi qimmatli daraxt turlari — qizil, sandal daraxtlarini chetga chiqarish uchun tayyorlash va qayta ishlash, saqich ishlab chiqariladigan xom ashyo — chikle smolasi (yelimi)ni yigʻish. Beliz chetga chiqariladigan mahsulotlar, asosan shakarqamish, banan va sitrus mevalari (apelsin, greypfrut) yetishtirishga ixtisoslashgan. Kokos palmasi, ananas, banan, kakao, ichki isteʼmol uchun makkajoʻxori, sholi ham ekiladi. Jan. hududlarda chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Baliq, dengiz hayvonlari ovlanadi, shuningdek taxta tilish, poʻlat prokatlash va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Elektr energiya ishlab chiqarish— 74 mln. kVts. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari — 1,4 ming km. Asosiy dengiz porti — Beliz, uning yaqinida, Stenli Fildda aeroport bor. B.dan chetga xom shakar, kiyim-kechak, meva konservalari, sitrus mevalar, yogʻochning qimmatli turlari, baliq chiqariladi. Oziq-ovqat, asbobuskuna, transport vositalari, kimyoviy tovarlar va yoqilgʻi keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yamayka, Meksika. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — B. dollari. "Amandala" (1969 y.dan), "Beliz Tayme" ("Beliz vaqti", 1956 y.dan), "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi"), "Piplz pale" ("Xalq nafasi", 1989 y.dan), "Riporter" ("Muxbir", 1968 y.dan) gaz.lari chiqadi. 1937 y.dan yarim tijorat radioeshittirish xizmati mavjud.[1]
Beliz () poytaxti - Belmopan shahri. BMT a'zosi
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |