Dilbar Abdurahmonova: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 5: Qator 5:


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{no iwiki}}

[[Turkum:Shaxsiyatlar]]
[[Turkum:Shaxsiyatlar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]

1-Mart 2018, 23:56 dagi koʻrinishi

Dilbar G‘ulomovna Abdurahmonova (1936.01.05, Moskva) — dirijyor. O‘zbekiston xalq artisti (1969), G‘. Abdurahmonovning qizi. R. Glier no-midagi musiqa maktabini (1945—55), Toshkent davlat konservatoriyasini tu-gatgan (1960). 1957 y.dan Navoiy teatri simfonik orkestrida skripkachi, 1960-yildan dirijyor, 1974—1990 yillarda bosh dirijyor. Ilk bor J. Verdining "Aida" operasiga dirijyorlik qilgan. Repertua-rida o‘zbek va chet el kompozitorlarining opera va baletlari mavjud. 70- ylarda asosan, balet spektakllari dirijyo-ri sifatida shuhrat qozondi. "Oqqush ko‘li" (P. Chaykovskiy), "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafev), "Jizel" (A. Adan), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Sevgi tumori" (M. Ashrafiy), "Semurg‘" (B. Brovsin), "Tanavor" (A. Kozlovskiy) va b. shular jumlasidan. Dilbar Abdurahmonova 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarda "Masharabozlar" (R. Leonkavallo), "Bo‘ron" (S. Vasilen-ko, M. Ashrafiy), "Hayotbaxsh o‘lim" (A. Xolminov), "Olovli farish-ta" (S. Pro-kofev), "Otello" (J. Verdi) va b. operalarni to‘liq tahrirda sahnalashtirdi. Kasbiy mahorat, musiqa dramaturgiyasi-ni ishonarli ochib berish A. ijodiga xos. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil