Oʻzbek alifbosi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Uzgen (munozara | hissa)
Uzgen bot (munozara | hissa)
k Robot: Changing Category:O`zbekiston
Qator 306: Qator 306:


{{pass}}
{{pass}}

[[Category:O`zbekiston]]
[[Category:Oʻzbekiston]]

11-Avgust 2006, 16:24 dagi koʻrinishi

Arab yozuvi

Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

Kiril yozuvi

1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.

1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.

Lotin yozuviga koʻchish

Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.

Demak, Oʻzbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005 yilda tugallanishi koʻzda tutilgan.

Lotin Alifbosi

Kiril

Lotin

Kiril

Lotin

А а A a С с S s
Б б B b Т т T t
В в V v У у U u
Г г G g Ф ф F f
Д д D d Х х X x (qoyda)
Е е E e ~ Ye ye (qoyda) Ц ц S s ~ Ts ts (qoyda)
Ё ё Yo yo Ч ч Ch ch
Ж ж J j Ш ш Sh sh
З з Z z ъ ’ - ajratish belgisi
И и I i ь
Й й Y y Э э E e
К к K k Ю ю Yu yu
Л л L l Я я Ya ya (istisno)
М м M m Ў ў O‘ o‘
Н н N n Қ қ Q q
О о O o Ғ ғ G‘ g‘
П п P p Ҳ ҳ H h (qoyda)

Etibor bering

  • Iltimos ’ yoki ' (ajratish belgilarni) Ъ joyiga ishlatilishiga, va yoki ` belgilar ˘ joyiga ishlatilishiga etibor bering.
  • Lotin C harfi alohida hech kachon ishlatilmiydi, faqat h harfi bilan birga Ch harfi uchun ishlatiladi.

Qoydalar

Ts (Ц) harfi

Suz boshida yoki suz urtasida undosh tovushdan keyin S yoziladi.
Lekin suz urtasida unli tovushdan keyin Ts yoziladi.
Misol uchun
Kiril Lotincha to`g`ri Lotincha noto`g`ri
цирк sirk cirk, tsirk
цех sex cex, tsex
федерация federatsiya federaciya, federasiya
функция funksiya funktsiya, funkciya

Ye (Е) harfi

Suz boshida yoki suz urtasida unli tovushdan keyin Ye yoziladi.
Lekin suz urtasida undosh tovushdan keyin E yoziladi.
Misol uchun
Kiril Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
енгил yengil engil
етти yetti etti
Низоев Nizoyev Nizoev
қаерда qayerda qaerda

Qattiq va yumshoq X harflari

Kiril Ҳ harfi lotincha H yoziladi.
Kiril X harfi lotincha X yoziladi.
Misol uchun
Kiril Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
дорихона dorixona dorihona, dorikhona
жаҳон jahon jaxon, jakhon

Istisnolar

Ya (Я) harfi

Сентябр suzi lotincha sentabr yoziladi.
Октябр suzi lotincha oktabr yoziladi.

Bosh harflar

Misol uchun
Kiril Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
БАРЧАМИЗНИ BARCHAMIZNI BARChAMIZNI
ЧИҚИШ CHIQISH ChIQISh
Шаҳар Shahar SHahar

Abbreviaturalar

Misol uchun
Kiril Lotincha toʻgʻri Lotincha notoʻgʻri
МЧЖ MChJ MCHJ, MCJ
ЕВБ YeVB YEVB, YVB, EVB

Andoza:Pass