Steve Jobs: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 52: Qator 52:
[[Turkum:AQSh milliarderlari]]
[[Turkum:AQSh milliarderlari]]


{{DEFAULTSORT:Jobs, Steve}}

{{bio-stub}}
{{bio-stub}}

28-Fevral 2018, 22:15 dagi koʻrinishi

Stiv Jobs
Steven Paul Jobs
Tavalludi 24-fevral 1955-yil
Vafoti 5-oktyabr 2011-yil(2011-10-05)
(56 yoshda)
Palo-Alto, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSh[1]
Turmush oʻrtogʻi Lorens Pol Jobs (1991-yildan 2011-yil Stiv Jobsning vafotigacha)
Otasi John Abdulfattah Jandali[2]
Onasi Joanne Carole Schieble Simpson[3]
Imzosi

Steven Paul Jobs (talaffuzi: Stiven Pol Jobs) yoki Stiv Jobs (24-fevral, 1955 — 5-oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.

Biografiyasi

Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar esa uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, Suriyalik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.[4][5]

2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning bosh direktorli (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.[6][7][8]

Ish faoliyati

Tishlangan olma — „Apple.Inc“ kompaniyasi timsoli. „Apple“ Inglizchada „olma“ degani.

Ilk yillar

1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Stiv Vozniak (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Apple I deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan boʻlib komputerlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa boʻladi degan fikrni olgʻa surgan.

1977-yil ikki doʻst Apple II komputerini yasashadi va unga klaviatura bilan koʻrkam quti qoʻshishadi. Oʻsha yili Stiv hamkorlardan mablagʻ toʻplaydi va Apple Computer kompaniyasiga asos soladi. Apple II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Apple bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi koputer kompaniyasi boʻldi. 1983-yil Apple Computer oldin koʻrilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari roʻyxati boʻlgan Fortune 500 safiga kiradi.

1983-yil Apple Lisa deb nomlangan, asosan bizneslar uchun moʻljallangan komputerni savdoga chiqaradi. Lisada birinchilardan boʻlib ekranda kursorni boshqaradigan „sichqon“ bor edi. Keyinroq keng ommaga moʻljallangan Macintosh kuchli komputeri chiqadi. Macintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI) texnologiyasidan qoʻllanilgan.

2011- 21-dekabrda Steve Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir boʻlgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga ilk bronza haykal oʻrnatildi.[9]

NeXT

1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning komputer boʻlimini sotib oladi va uni Pixar Animation Studios deb ataydi. Pixar komuter animatsiyasi sohasida eng ilgʻor kompaniyaga aylanadi. Pixar 1995-yil "Oʻyinchoqlar tarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay komputerda ishlangan filmni chiqaradi.

1996-yil Apple NeXTni sotib oladi va Jobs Applening maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Applening boshligʻi lavozimiga koʻtariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs koʻp hissa qoʻshgan iMac degan bittagina qismdan iborat komputer sotuvga chiqariladi va Applening ishlari yanada yurishib ketadi.

iPod, iTunes, iPhone va iPad

2001-yil Apple musiqa tinglash uchun moʻljallangan iTunes programmasini chiqardi. Oʻsha yili partativ musiqa pleyeri iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo boʻyicha xaridorlarga manzur boʻldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy koʻchirib olindi. 2007-yil koʻp funksiyali iPhone telefoni, 2010 yil esa iPad planshet komputeri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotlar ishlab chiqilishi va ommaga tadbiq qilinishini Jobsning shaxsan oʻzi faol olib borgan.

Manbalar

Havolalar