Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 194: Qator 194:


== Tarixi ==
== Tarixi ==
1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. Oʻsha davrda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va [[Oʻsh viloyati]]dan oʻqituvchilar yuborilgan. [[Oʻzbek SSR]] xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quydagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan Tulamov R., 1938-yilda [[Toshkent]]dan Toʻqtasinov O., Inoyatov Sh. va Dundiyev K.
1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. [[SSRI]]da yetti yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim maktablari boʻlgan. Bunday maktablar 1921-yildan 1950-yillargacha mavjud boʻlgan.
1930-yillarda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va [[Oʻsh viloyati]]dan oʻqituvchilar yuborilgan. [[Oʻzbek SSR]] xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quydagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan Tulamov R., 1938-yilda [[Toshkent]]dan Toʻqtasinov O., Inoyatov Sh. va Dundiyev K.


„Isfana“ yetti yillik maktabini 1938-yilda yakunlagan birinchi bitiruvchilari quyidagi oʻquvchilardan iborat: Rustamov Gʻani, Qurbonov Tojiqoʻzi, Moʻminov Otabek, Xudoynazarov Ota, Yuldashov Otaqoʻzi. 1939-yilgi bitiruvchilar: Alimatov Mahmud, Yoʻldoshev Abdulla, Joʻraev Otaqoʻzi, Saksanov Akbarali, Sharipov Abdushait, Joʻraev Ilash va [[Matkarimov Usmon]].
„Isfana“ yetti yillik maktabini 1938-yilda yakunlagan birinchi bitiruvchilari quyidagi oʻquvchilardan iborat: Rustamov Gʻani, Qurbonov Tojiqoʻzi, Moʻminov Otabek, Xudoynazarov Ota, Yuldashov Otaqoʻzi. 1939-yilgi bitiruvchilar: Alimatov Mahmud, Yoʻldoshev Abdulla, Joʻraev Otaqoʻzi, Saksanov Akbarali, Sharipov Abdushait, Joʻraev Ilash va [[Matkarimov Usmon]].

11-Dekabr 2017, 08:45 dagi koʻrinishi

„Isfana“ oʻrta maktabi
„Isfana“ oʻrta maktabiga kirish
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Koordinatalar 39°49′55″N 69°31′47″E / 39.8319°N 69.5297°E / 39.8319; 69.5297 G O
Maʼlumot
Maktab turi boshlangʻich va oʻrta maktab
Asos solingan sanasi 1936-yil
Sinflar 1-11
Til oʻzbek

„Isfana“ oʻrta maktabi — (ruscha: Средняя школа «Исфана»; qirgʻizcha: «Исфана» орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab[1]. Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. „Isfana“ oʻrta maktabida darslar oʻzbek tilida oʻtiladi[2].

„Isfana“ oʻrta maktabiga 1936-yil asos solingan. Maktab ilk bitiruvchilarini 1938-yil chiqargan. Maktab boshida hozirgi 45-sonli kasb-hunar litseyi joylashgan yerda boʻlgan. „Isfana“ oʻrta maktabining hozirgi binosi esa 1989-yil qurib bitirilgan.

Tarixi

1936-yili Budyonniy nomli boshlangʻich maktab yetti yillik „Isfana“ nomidagi maktabga aylandi. SSRIda yetti yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim maktablari boʻlgan. Bunday maktablar 1921-yildan 1950-yillargacha mavjud boʻlgan.

1930-yillarda Isfana qishlogʻida savodsizlikni tugatishda oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchivchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun qoʻshni respublikalardan va Oʻsh viloyatidan oʻqituvchilar yuborilgan. Oʻzbek SSR xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quydagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda Bekoboddan Tulamov R., 1938-yilda Toshkentdan Toʻqtasinov O., Inoyatov Sh. va Dundiyev K.

„Isfana“ yetti yillik maktabini 1938-yilda yakunlagan birinchi bitiruvchilari quyidagi oʻquvchilardan iborat: Rustamov Gʻani, Qurbonov Tojiqoʻzi, Moʻminov Otabek, Xudoynazarov Ota, Yuldashov Otaqoʻzi. 1939-yilgi bitiruvchilar: Alimatov Mahmud, Yoʻldoshev Abdulla, Joʻraev Otaqoʻzi, Saksanov Akbarali, Sharipov Abdushait, Joʻraev Ilash va Matkarimov Usmon.

Oʻsha paytlarda „Isfana“ maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida bolalar uyi, ikkinchi qanotida Laylak tumani maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotida esa oʻquvchilar taʼlim olgan.

Bolalar uyi 1949-yilda yopildi. Isfanada 1940-yildagi maʼlumotlarga qaraganda, toʻliqsiz oʻrta maktablar 1-4 sinf, 5-sinf, 6-7-sinf boʻlib hammasi 18 sinfni tashkil qilgan va bu sinflarda 322 oʻquvchi oʻqigan.

„Isfana“ maktabi 1960-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimga oʻtdi. 1961-yildan 1969-yilgacha maktab direktorlari boʻlinib ishlaganlar: Rajapov Gʻulom, Gaffarov Rizoqul, Qunduzova Xosiyat. „Isfana“ sakkiz yillik maktabi 1973-yili oʻrta maktabga aylandi, oʻrta maktabning taʼlim muddati 10 yilga uzaytirildi.

„Isfana“ maktabi oʻrta maktab boʻlganidan soʻng, yaʼni 1969-1986-yillarda maktab direktorlari: Xolmurzaev Ibragim, Goynazarova Xurmatoy (1986-1996), Komilov Dadajon (1996-2000), Uzoqova Mamlakat (2000-2003), Komilov Dadajon (2003-2010), Roʻziboev Inomjon (2010-2016), 2016-yildan hozirgi kungacha Xudoynazarov Davronbek Sobirjanovich.

1999-yil 4-sentabrda geografiya oʻqituvchisi Jumaboy Boboev „Isfana“ maktabi qoshida iqtidorli oʻquvchilar uchun alohida sinflar ochdi. Bu sinflar Oʻzbek gimnaziyasining boshlanishi edi.

Dars programmasi

Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Mamlakatdagi boshqa maktablardagi kabi „Isfana“ oʻrta maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari).

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi.

Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi „Isfana“ oʻrta maktabida ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.

Oʻquv yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Dars oʻtish tili

Amir Temur oʻrta maktabida darslar oʻzbek tilida olib boriladi. Oʻzbek tili bilan birga oʻquvchilar rus, qirgʻiz va ingliz tillarini ham oʻrganishadi. Qirgʻizistondagi boshqa oʻzbek maktablardagidek, „Isfana“ oʻrta maktabida oʻzbek tilida oʻqitishning kelajagi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.[3]

2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qila boshladi.[4][5][6][7][8] Shu harakatlar doirasida 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.[9]

Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, „Isfana“ oʻrta maktabida ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda.

Eʼtiborga loyiq bitiruvchilar

Manbalar

  1. „Isfana haqida umumiy maʼlumot (rus.). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. Qaraldi: 2012-yil 15-oktyabr.
  2. „Isfanadagi maktablar“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.
  3. Usmon, Sarvar. „Qirgʻizistondagi oʻzbek maktablari taqdiri savol ostida“ (2011-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  4. Sherzod. „Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi?“ (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  5. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  6. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  7. Qosim, Elmurod. „Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ (inglizcha) (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  8. Wisniewski, Dan. „Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda“ (inglizcha) (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  9. Ivashenko, Yekaterina. „Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?“ (ruscha) (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  10. Aminov, Saitmamat. "Ishoq Razzoqovning Hamyurtlari" (qirgʻ.), Oʻsh, 2005 — 385-387 bet.