Tohir Sodiqov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
{{DEFAULTSORT:Sodiqov, Tohir}}
Qator 257: Qator 257:
[[Turkum:Aktorlar:Oʻzbek aktorlari]]
[[Turkum:Aktorlar:Oʻzbek aktorlari]]
[[Turkum:Qoʻshiqchilar:Oʻzbek qoʻshiqchilari]]
[[Turkum:Qoʻshiqchilar:Oʻzbek qoʻshiqchilari]]
{{DEFAULTSORT:Sodiqov, Tohir}}

29-Noyabr 2017, 18:27 dagi koʻrinishi

Tohir Sodiqov
Fayl:Tokhir Sodikov performing in NYC.jpg
Tohir Sodiqov va „Bolalar“ guruhi New Yorkdagi Millennium teatrida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1-iyul 1973-yil (1973-07-01) (50 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Guruh Bolalar
Janr Rock, pop
Amplua Qoʻshiqchi, musiqachi, produser, bastakor, aktor
Faoliyat yillari 1989-bugun

Tohir Sodiqov — o‘zbek musiqachisi, bastakori va aktyori. Tohir Sodiqov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistdir.[1] Sodiqov „Bolalar“ guruhining uzoq yillardan beri qo‘shiqchisi, ashula yozuvchisi va bastakori bo‘lib kelmoqda. Tohir Sodiqov shu kungacha „Nihol“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar olgan.[2] U qoʻshiqlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan O‘rta Osiyolik birinchi guruhlardandir.[3][4][5]

Ijodi

Tohir Sodiqov shogirdi va doʻsti Renat Sobirov bilan 2014-yilda

Tohir Sodiqov musiqa maktabida o‘qimagan. Maktabda o‘qib yurgan chog‘larida musiqaga ishtiyoqi tug‘ilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh do‘stlari Ruslan Sharipov, Bahodir Po‘latov va Javohir Zokirov 1989-yil „Bolalar“ guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh O‘zbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qo‘shiq bilan juda tez shuhrat qozongan.[6] Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va „Bojalar“ guruhiga produserlik qilgan.

„Bolalar“ guruhi

„Bolalar“ guruhining ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Morduxayev, Toir Odilov va Tohir Sodiqovlar bo‘lgan. Guruh aʼzolariga o‘zbek rock-n-roll qo‘shiqchisi Davron Gaipov va o‘sha paytda mashhur bo‘lgan rus guruhi „Laskoviy May“ taʼsir ko‘rsatishgan. „Laskovyi Mai“ va „Bolalar“ guruhlarini „90-yillarning afsonalari“ deb atashadi.[7] „Laskoviy May“ning qo‘shiqchisi bo‘lgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qoʻshiq aytishdi.

„Bolalar“ guruhi 1990-yil 23 fevralda „Alpomish“ sport saroyida (hozirgi „Oʻzkoʻrgazmasavdo“ markazi) ilk marotaba katta sahnaga chiqqan. Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy boshchisi bo‘lgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi. 2000-yillarda „Bolalar“ning ko‘p aʼzolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarining so‘zini ham, musiqasini ham o‘zi yozadi.[6]

Shaxsiy hayoti

Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahridagi Eski shaharda tugʻilgan. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etgan. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Sodiqovni yolg‘iz katta qilgan. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda o‘qigan. Uylangan, ikki qiz va bir oʻgʻli bor. Hozirda „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasi egasi. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi yaʼni turmush oʻrtogʻi, ikki qizi bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan. Shogirdi Ravshan Sobirov va Renat Sobirov Tohir Sodiqovning amakivachchasi. Amakisi Alimjon Sobirov (Ravshan Sobirovning otasi). Jiyanlari Bekzod va Safina (Ravshan Sobirovning farzandlari). Sakina Sobirova (Ravshan Sobirovning rafiqasi). Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi).

Aktyorlik faoliyati

Tohir Sodiqov olti o‘zbek kinosida bosh rolni ijro etgan. Bular „Navroʻz ayyomi“, „Tohir va Zuhra yangi talqin 1, 2“, „Ko‘zlaring maʼyus“, Jazo hamda Voy dod sumalak filmlaridir.

Filmografiyasi

Aktyor

Film
Yil Film Rol Izoh
1999 Navroʻz ayyomi Tohir Musiqiy film
2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Tohir Musiqiy film
2005 Koʻzlaring maʼyus Sardor
2006 Voy dod sumalak Tohir Musiqiy film
2007 Jazo Tohir Sodiqov Kameo
2010 Ada emas, dada! (Tohir va Zuhra 2 yangi talqin) Tohir Musiqiy film
2017 Bolalar Tohir Hujjatli film
Teleserial
Yil Serial nomi Rol Izoh
2015 Bojalar drive Tohir
Kliplar
Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2000 Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov «Sevgilim» Tohir
2001 Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov «Nozanin» Tohir
2006 Lola «Qolaymi, ketaymi?» Tohir
2009 Jasur Gaipov «Xushroʻy» Tohir
2009 Jasur Gaipov «Qaytma» Tohir

Kliplari

Qoʻshiq Yil Rejissor
"Esingdami seni?" 1990
"Gulim" 1999
"Kerak emas" (Davron Gaipov qoʻshigʻiga kaver) 2000
"Faqat isming"
"Sen ketgan kundan" 2001
"Undan nimam kam" (Lola bilan) 2004
"Koʻzing ma’yus" 2005
"Axir u sevmaydi"
"Oyijon" 2006
"Ana endi yigʻla"
"Sogʻinganda" Mirtohir Mirgʻulomov
Akmal Oʻrinboyev
"Oʻzbek"
"Iymon" 2007
"Eski shahar" (Ruslan Sharipov, Shahzod va Xoʻja bilan)
"Afsus" 2008
"Happy New Year"
"Sevgi"
"Kechir" Dilmurod Agzamov
"Yarimimsan" 2009
"Mumkin emas" (Sayatash bilan)
"Bilsang edi"
"Sevaman" 2010 Botir Mamatullayev
"Mening doʻstim" 2011
"Sevgim soʻndi"
"Nega unday qilding sen (remix)" 2012
"Девочка магнит" 2014
"Axir sen oʻsha" 2017 Javohir Zokirov

Duet

  • Men sen - Asr guruhi (Abdulaziz Karim)
  • Barglar - Fayod guruhi (Raʼno Said)
  • Mumkin emas - Sayatash
  • Undan nimam kam? - Lola (Lola Yoʻldosheva)
  • Indamay - Rayhon (Rayhon Gʻaniyeva)
  • Yogʻsin yomgʻir tonggacha - Setora (Feruza Latipova, Laylo Galiyeva, Kamilla Xoʻjayeva)
  • Eski shahar - Ruslan Sharipov, Xoʻja guruhi (Izzat Ibragimov), Shahzod guruhi (Rashid Xoliqov)
  • Милая - Davron Shanson
  • Я встретил девушку - DJ Piligrim (Ilhom Yoʻlchiyev)

Manbalar

  1. „Bi-bi-si mehmoni - ‘...eng o‘ziga xos‘ estrada yulduzi Tohir Sodiqov“. BBCning o‘zbek xizmati (9-mart). Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  2. „80-yillardan beri mashhur“. Darakchi. Qaraldi: 11 noyabr 2011.
  3. „„Bolalar“ning New Yorkdagi konserti (ingl.). Uzbek TV New York. Qaraldi: 2012-yil 13-may.
  4. Zokirov, Dilshod „„Bolalar“ning yubileyidan maxsus reportaj“. Shov-Shuv. Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  5. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Itunes.apple.com (2007-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 13-may.
  6. 6,0 6,1 „„Bolalar“ hamon repertuardan tushmayotir“. Ozodlik Radiosi. Qaraldi: 2011-yil 13-may.
  7. Turdaliyeva, Muhayyo „Tohir Sodiqov va Yuroy Shatunov: 90-yillar haqida (rus.). Ziyo Net. Qaraldi: 2012-yil 13-may.

Havolalar