Zohid Sodiqov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2) using AWB
k PlanespotterA320 Sodiqov Zohid sahifasini Zohid Sodiqovga koʻchirdi: Zohid Sodiqov
(Farq yoʻq)

29-Noyabr 2017, 15:30 dagi koʻrinishi

Sodiqov Zohid (1910.1.1, Toshkent — 1962.12.4, Samarqand) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Ijodini 1924—34 yillar Toshkent ishchiyoshlar teatrida drama va musikali drama spektakllarida rollar ijro etish bilan boshlagan. 1934 yildan H.Olimjon nomidagi musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatgan. Neʼmat ("Halima"), Farhod ("Farhod va Shirin"), Qodir ("Gʻunchalar"), Qodir ("Gulsara"), Tohir ("Tohir va Zuhra"), Qosim ("Besh soʻmlik kelin"), Mardon ("Davron ota"), Shoh Bahrom ("Dilorom") kabi obrazlarni musiqali dramalarda yaratgan. Dramatik spektakllarda Rustam ("Rustam"), Arslon ("Tormor"), Kalaf ("Malikai Turandot"), Gʻulom ("Nomus va muhabbat"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Majididdin ("Alisher Navoiy"), Muqimiy ("Mavlono Muqimiy"), Montaro ("Otello") kabi rollarni ijro etgan.