Qirgʻiziston: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 97: Qator 97:


== Qurolli kuchlari ==
== Qurolli kuchlari ==
Qirgizston qurolli quch ishlatar tizimlari.
Jami 60 minga yetadi (armiya, militsiya, max)
1992-yili tuzilgan.
Maqsadi mamlakat mudofasi


== Hududiy boʻlinishi ==
== Hududiy boʻlinishi ==

27-Noyabr 2017, 18:09 dagi koʻrinishi

Qirgʻiz Respublikasi
qirgʻizcha: Кыргыз Республикасы
ShiorYoʻq
Madhiya: Кыргыз Республикасынын Мамлекеттик Гимни
"Qirgʻiz Respublikasi Respublikasi Davlat Madhiyasi"
Location of Qirgʻiziston
Poytaxt Bishkek
Rasmiy til(lar) Qirg'izcha (Davlat)
Ruscha (Rasmiy)
Hukumat Parlament Respublika
• Prezident
Sadir Japarov
Ulukbek Maripov
Mustaqillik (Sovet Ittifogʻidan)
• Sana
31-avgust 1991
Maydon
• Butun
198,500 km2 (86-oʻrin)
• Suv (%)
3,6
Aholi
• 2018-yilgi roʻyxat
6,389,500 (110-oʻrin)
• Zichlik 27/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
$24 milliard (139-oʻrin)
• Jon boshiga
$3,844
Pul birligi Soʻm (KGS)
Vaqt mintaqasi UTC+6
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma KG
Telefon prefiksi 996
Internet domeni .kg


Qirgʻiziston (Qirgʻizcha. Kirgizstan — Ruscha. Kirgizstan), Qirgʻiz Respublikasi (Qirgʻizcha. Kirgiz Respublikasi — Ruscha. Kirgizskaya Respublika) — Oʻrta Osiyoning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Poytaxti — Bishkek shahri. Qirgʻiziston BMTning aʼzosidir. Mamlakat shimolida Qozogʻiston, gʻarbida Oʻzbekiston, janubi-gʻarbida Tojikiston va janubi-sharqida Xitoy Xalq Respublikasi joylashgan. Qirgʻiziston aholisi bugungi kunda 6 million kishidan ortiq. Uning 72,6 % qirgʻizlar, 14,34 % oʻzbeklar, 10,65 % ruslar va 8,31 % boshqa turli millat vakillari tashkil qiladi. Umuman mamlakatda 80 dan oshiq millat va elat vakillari istiqomat qiladilar.

Nomini kelib chiqishi

SSSR davlati inqirozga uchragandan soʻng, deyarli barcha ittifoqdosh mamlakatlar oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi ular orasida Qirgʻiz SSR (ruscha: Киргизская ССР, qirgʻizcha: Кыргыз ССР) ham bor edi. Sovet davrida Qirgʻiziston nomi faqat rus tilida (ruscha: Киргизия) nomlanar edi, keyinchalik milliy tilda nomlana boshlandi. (qirgʻizcha: «Кыргызстан» yoki Кыргыз Республикасы) [1].

Davlat tuzumi

Qirg‘iziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 yil 5 mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003 yillarda oʻzgartishlar kiritilgan. davlat boshligʻi — prezident (2005 yildan Kurmanbek Boqiyev). U umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jokorgu Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

Q.ning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi PomirOlay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000-4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Q.ning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning jan.-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shim., sharqiy va jan. chekkalari kiradi. Jan. da turkiston tizmasining shim. yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shim. yon bagʻri Q.ga karashli.

Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.

Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi vodiylarda —1" dan —8" gacha, togʻlarda —8" dan −27" gacha; iyulda vodiylarda 20"—27", baland togʻlarda 5" va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180-250 mm dan Fargʻona tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻrida 900 — 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Jan. Inilchek va Shim. Inilchek muzliklaridir.

Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.

Q.da oʻsimliklarning 3,5 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakat hududining 4 % dan ortigʻi oʻrmon. Yongʻoqzor-mevazor oʻrmonlar maydoni 265 ming ga. 3600- 4000 m balandliklar sovuq choʻl va togʻ tundralaridan iborat.

Hayvonot dunyosi boy. Choʻl va dashtlarda har xil kemiruvchidar, sudralib yuruvchilar, qushlar; oʻrmonlarda qoʻngir ayiq, silovsin, toʻngiz, boʻri, oʻrmon suvsari, togʻlarda togʻ takasi, qor qoploni, ular, togʻ suvsari, yumronqoziq va h.k. yashaydi. Suv havzalarida baliqning 60 dan ortiq turi uchraydi. Moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Hududida Issiqkoʻl, Sarichelak. Beshorol qoʻriqxonalari, Ola-Archa tabiiy milliy bogʻ bor.

Aholisi, asosan, qirgʻizlar (67 %). Shuningdek, oʻzbek, dungan, uygur, rus, ukrain, tatar, qozoq, tojik va boshqa ham yashaydi. Davlat tili — qirgiz tili; rus tiliga rasmiy til maqomi berilgan. Dindorlarning aksariyati musulmonsunniylar. Shahar aholisi 35,2 %. Yirik shaharlari: Bishkek, Ush, Jalolobod. Toʻqmoq.

Tarixi

Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shim.da saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7— 3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy r-nlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shim.dagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shim. K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.

Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10a. oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shim. Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shim. Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.

16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18a. oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 yil va 1824 yil larda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asr ning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917 yil noyabr — 1918 yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil apr.da q. yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. 1921—22 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 yil 14 okt.da RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 yil 1 fevral

dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 yil 5 dek.dan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 yil dek.dan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avg . da respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 yil 5 maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.

2005 yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 yil 31 dek.dan MDH tarkibida. 1992 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avg . — Davlat mustaqilligi kuni (1991).

Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil taʼsis etilgan; q. demokratik harakati, 1993 y. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992 yil taʼsis etilgan. Q.kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi

Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.

Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr st-yalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr st-yasi mavjud.

Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.

Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari). Transport yoʻlilar uzunligi 417 km (2002). Issiqkoʻlda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yoʻllari uz. 460 km. „Kirgizstai aba joddoru“, „Itek Eyr“, „Altin Eyr“ milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. q. hududidan Buxoro —Toshkent—Bishkek — Olmaota gaz quvuri oʻtgan; Maylisoy—Jalolobod—Oʻsh gaz quvuri mavjud.

Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogʻiston, Turkiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som.

Tibbiy xizmati

Respublikada 30 ming oʻrinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30 mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari Tibbiyot institut va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy, 57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sogʻlomlashtirish majmuasi va boshqa dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetioʻgʻuz, Choʻlponota, jalolobod, Jirgalan.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Q. hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q. Rossiyaga qoʻshib olingach, dastlabki rus boshlangʻich maktablari, 19-a.ning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 yil erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Q. hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 yil Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 yilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming , 113 gimnaziyada 72,2 ming , 50 litseyda 18,2 ming , 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49 oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, sanʼat, qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek shahrida).institutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning i.t. institutlarida olib boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan d-ri va 1051 fan nomzodi i.t.lar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jur. nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gaz., 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jur.), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz., 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiost-yasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.

Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz. da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M.Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928)dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. T. Sidiqbekov, Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T.Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N.Jetikashkayeva, adiblar Ch.Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N.Boytemirov,Sh.Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T.Abilqosimova, T.Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S.Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B.Jaqiyev, M.Bayjiyev, B.Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi

Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G.A.Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston FA binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh.Jekshenbo-yev, V.Nazarov, D.Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 yil, oʻn ikki qavatli uy 1982 yil, oʻn sakkiz qavatli uy 1985 yilquriddi.

Tasviriy sanʼati

Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Q.ning shim. hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan:Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V.V.Obrazsov, S.A.Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-yillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ.Aytiyev samarali ijod qildi. 1935 yil Bishkekda badiiy studiya (1939 yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S.A.Chuykov, Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L.A.Ilina, A.I.Mixalyov, A.A.Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. 2-jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960 yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar.

Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.

Musiqasi qirgʻizlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, koʻchmanchi chorvachilikka asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois anʼanaviy musiqasida ansambl hamda jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yoʻllari asosiy oʻrin tutadi. Xalq qoʻshiq (ir)lari marosim („qoshoq“ yigʻi, „jaramazan“, „beshik iri“ va boshqalar), mehnat („bekbekey“, „shirildan“, „op mayda“), lirik („Seketbay“, „kuy-gen“, „armon“), oʻyin („selkinchek“), shuningdek, „baldar iri“ (bolalar qoʻshiqlari), „qizdar iri“ va boshqalardan iborat. Qirgʻiz shomon-baxshi (baxshi, kuuchu, byubu, emchi va h.q.)lar tomonidan afsun-jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda boʻlgani kabi oqin, manas-chi, jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat („ulgu ir“, „sanat“), bagʻishlov („arnoo“, „maqtoo“), qutlov („kutuktoo“) qoʻshiqlari, manaschilar „Manas“, „Semetey“, „Seytek“ turkumlari, „Kurmanbek“, „Kojojash“, „Ke-deyxon“ kabi qahramonlik dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholgʻulari orasida qad. diddirek, jekesan, shaldiroq, qoʻngʻiroq, ooz qoʻmuz (chsshgkoʻbiz) kabi idiofonlar, puflama sibizgʻa, choor (nay), torli qiyoq, qoʻmuz va boshqa mavjud. Ayniqsa, qoʻmuz va boshqa chol-gʻularda ijro etiladigan yirik shakldagi kuylar („qambarkan“, „kerbez“, „botoy“ va boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralayev, oqinlar Toʻqtagʻul Sotilgʻonov, Qaliq Akiyev, Olimqul Usenboyev, irchilar Atay Ogombayev, Musa Bayotov, qoʻmuzchilar Muzooke Jamankarayev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu Toʻxtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeyev, Said Bekmuro-tov va boshqa mashhur. Anʼanaviy musiqa namunalarini toʻplash va oʻrganish ishlari, asosan, 1920—30 yillarda boshlangan (A.Zatayevich, V.Vinogradov va boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K.Moldiboyev, M.Abdrayev, A.Tuleyev, A.Omonboyev kabi professional qirgʻiz kompozitorlari yetishdi. Musiqali dramalar („Oltin qiz“, A.Vlasov, V.Fere, 1937; „Oʻlim emas, hayot“, Vlasov, Moldiboyev, Fere, 1938)ning sahnaga qoʻyilishi operalar yaratilishiga yoʻl ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. „Manas“ eposi asosida birinchi qirgʻiz operasi („Oygoʻzal“, 1939, Vlasov, Moldiboyev, Fere) yaratiddi. Vlasov va Fere „Anor“ (1940), „Argʻimchoq“ (1943) birinchi qirgʻiz baletlarini, qirgʻiz xalq kuylari asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov bilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboyev, Ferelarning „Manas“ (1946), „Toʻqtagʻul“ (1958) va boshqa operalari, A.Omonboyev, S. L. Germanovning „Aydar va Oysha“ (1952), A.Abrayevning „Boʻron oldida“ (1974) va boshqa operalarda qirgʻiz xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Isteʼdodli ijrochilar yetishdi. Xonandalardan Xalq artistlari S.Kiyizboyeva, A.Moldiboyev, A.Mirzaboyev, B. Minjilkiyev, X.Muxtorov, K.Sartboyev, T.Seytaliyev, Qirgʻiziston xalq artistlari K.Chodronov, M.Mustayeva, M.Mahmutova, dirijyorlardan Xalq artistlari A.Jumahmatov, K.Moʻldabasanov va boshqa mashhur. Opera va balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Q. radio va televideniyesining katta simfonik orkestri (1970), Milliy konservatoriya (1993), Sanʼat instituti (1967), Bishkek va Oʻshda musiqa bilim yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939 yilda Q. Kompozitorlar uyushmasi tashkil topgan. Moʻldabasanovning „Momo yer“ baletoratoriyasi (1975), Omonboyevning „Boʻydoklar“ (1961), N.Davlesovning „Ehtiyot boʻling, kelin“ (1970) va boshqa musiqali dramalari, Tuleyev, A. Jonibekov, E.Joʻmaboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz musiqasi yutugʻi boʻldi.

Teatri

Drama teatri sarchashmalari turli marosimlar, xalq oʻyinlari, oqinlar aytishuvi, manaschi, qoʻmuzchi va qiziqchilarning faoliyati bilan bogʻliq ravishda qadim zamonlardan boshlangan.

Rahmonberdi Madazimov (18751933) — Qirgʻiziston teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, yozuvchi.

1914 yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchilari bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan[2].

1918 yili Mirzo Rahmonberdi hoji Muhammadaʼzim aʼlam oʻgʻli (Madazimov) rahbarligida Ibrohim Musaboyev, Beknazar Nazarov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Nazirxon Kamolov, A.Saidov, A.Eshonxonov, Abduqodir Isxoqov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitovlar bilan birga Qirgʻizistonda birinchi boʻlib musulmon aktyorlardan iborat Turkiston fronti harbiy kengashi qoshidagi konsert brigadasi negizida Oʻshda xavaskor teatr toʻgaragini tuzgan. Rahmonberdi Madazimov Qirgʻizistondagi mahalliy musulmon teatr harakatining birinchi asoschisi va Oʻshdagi oʻzbek teatrining birinchi badiiy rahbari va asoschisi boʻlgan. 1919 yili teatr toʻgaragi teatr drama truppasiga aylantirilgan. Ushbu truppa Qirgʻizistonning janubida nafaqat teatr sanʼatini, balkim professional musiqa sanʼatining rivojlanishiga ham yuksak hissa qoʻshgan[3]. Chunki truppaning repertuarida drama asarlaridan tashqari, koʻplab konsert dasturlari namoyish etilardi, shuningdek musiqali spektakllar qoʻyilardi, bu professional musiqachilar yetishib chiqishiga aloxida bosqich boʻldi. Teatr truppasi Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatriini tuzishga asos boʻlgan.

Ushbu teatr Toshkentdagi Hamza nomli Oʻzbek milliy akademik drama teatridan keyin Markaziy Osiyodagi eng keksa teatrdir.

1918 yili Oʻshda oʻzbek musiqali drama teatri va Qorakoʻlda havaskorlik xalq teatri tashkil etildi. 1920 yil Pishpek, Qorakoʻl va Norin uyezdlarida faqat havaskorlik teatrlari ishladi. Professional teatr 1920-yillarda vujudga keldi. 1926 yilda Musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1930 yil u professional drama teatriga aylantirildi, 1936 yildan musiqali drama teatri deb nomlandi; 1942 yildan Qirgʻiz opera va balet teatri. Qirgʻiz tilida dramatik spektakllar Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qoʻyildi (u 1936 yil tashkil qilinib, 1941 yilgacha ishlagan). 1941 yil Frunze (hozirgi Bishkek)da Qirgʻiz drama teatri truppasi tuzildi. 1960- yillarda qirgʻiz xalqining hayoti aks ettirilgan koʻpgina spektakllar yaratildi („Otaning qismati“, B.Jaqiyev; „Qichan“, Sh.Beyshenaliyev; „Yangi kelin“, M.Toʻyboyev; „Yuzma-yuz“, „Momo yer“, ikkalasi ham Ch.Aytmatov qissalari asosida). Q.dagi teatrlarda qirgʻiz va jahon dramaturgiyasining eng yaxshi namunalari asosida koʻptina spektakllar namoyish etildi. Mamlakatda 15 professional teatr, jumladan, Bishkek shahrida qirgiz akademik drama teatri, Rus drama teatri, qirgʻiz drama teatri (1972-1974), Norin shahrida Tyanshan musiqali drama teatri, Bishkekda qoʻgʻirchoq teatri (1938) va boshqa ishlaydi. Teatr sanʼati ustalaridan R.Madazimov, D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, M.Risqulov, J.Rahmonov, S.Balqibekova, S.Jamanov, A.Jonqoʻrozova, Oʻ.Rahmonov, S.Kumushaliyeva, A.Quttiboyeva b. mashhur.

Kinosi

1939 yil Frunze (hozirgi Bishkek)da kinoxronikaning muxbirlik punkti tashkil etildi. 1942 yil uning negizida Frunze kinoxronika studiyasi („Qirgʻiziston 2-jahon urushi davrida“ filmi, 1944, rej. D.Erdman va boshqalar)ga asos solindi, 1956 yil hujjatli va badiiy filmlar studiyasiga aylantirildi, 1961 yildan „Qirgʻiz-film“ kinostudiyasi deb nomlandi. 1950-y, lardan badiiy kinematografiya rivoj topa boshladi. Birinchi badiiy film „Saltanat“ (1955, rej. V.P.Pronin, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda)dan keyin „Mendagi xatolik“ (1958), „Olis togʻlarda“ (1959), „Tyanshanlik qiz“ (1960), „Choʻlpon — tong yulduzi“ (1960, „Lenfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda), „Toʻqtagʻul“ (1961) kabi badiiy, „Ular Tyanshanda tugʻilganlar“ (1958), „Toglar daryosi“ (1960) kabi hujjatli filmlar yaratildi. 1960-yillardan milliy adabiyot namunalari, xususan, Ch.Aytmatov asarlari ekranlashtirilishi qirgʻiz kinosida diqqatga sazovor ish boʻldi. Ch Aytmatov asarlari asosida yaratilgan „Dovon“ (1961), „Saraton“ (1963), „Birinchi oʻqituvchi“ (1965), „Jamila“ (1969, „Mosfilm“ kinostudiyasi bilan hamkorlikda) va boshqa filmlar qirgʻiz kino sanʼatining yutugʻidir. „Karash dovonidagi oʻq ovozi“ (1968), „Issiqkoʻl lolalari“ (1972), „Oq kema“ (1977), „Ilk turnalar“ (1979, hammasining rej. B.Shamshiyev), „Yoshligimiz osmoni“ (1966), „Urkuya“ (1970), „Ulan“ (1978; hammasining rej. T.Okeyev) kabi badiiy, „Norin kundaligi“ (1971, rej. A.Vidugiris), „Pochta“ (1972, rej. B.Abdildayev) hujjatli filmlari xalqaro kinofesti-vallarda mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kino aktyorlardan M.Risqulov, D.Kuyukova, B.Kidikeyeva, T.Tursunboyeva, S.Choʻqmorov va boshqa mashhur.

Oʻzbekiston — Qirgʻiziston munosabatlari

Koʻllari

Qirgizistonning asosiy koʻllari Issiqkoʻl Chatirkoʻl, Soʻnkoʻl va Sarichelek koʻllaridir.

Daryolari

Norin daryosi uzunligi 535 km tuzadi. Shuningdek unda (Toqtogul) suv ombori ham mavjud.

Siyosiy partiyalari

Qurolli kuchlari

Qirgizston qurolli quch ishlatar tizimlari. Jami 60 minga yetadi (armiya, militsiya, max) 1992-yili tuzilgan. Maqsadi mamlakat mudofasi

Hududiy boʻlinishi

Qirgiziston Respublikasi 7 viloyatga boʻlinadi viloyatlar esa tumanlarga boʻlinadi.

1- Jalolobod viloyati

2- Oʻsh viloyati

3- Botken viloyati

4- Talas viloyati

5- Norin viloyati

6- Issiq-Koʻl

7- Chuy viloyati

Qirgʻizistonda din

Qirgʻizston halqining koʻpshiligi musulmonlar. Nasroniy diniga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Ular asosan: provoslav, katolik, va protestantlar (lyuteranlar, baptistlar, adventistlar)

Ommaviy axborot vositalari

TV

Radiostantsiyalar

Bosma nashrlar

"Ўш садоси" roʻznomasi

Qirgʻizistondagi bayramlar

Manba; Qirgiziston Respublikasining Mehnat kodeksi 113 modda

Sanasi Nomi Qirgʻiz tilidagi nomi Eslatma
1 yanvar Yangi yil Жaңы жыл ~
7 yanvar Rojdestvo Isa paygambardin tuulgan kүnү Nasroniylar bayrami
23 fevral Vatanni himoya qilish kuni Aта-Журтту коргоо күнү ( Мекенди коргоочулар куну) ~
8 mart Xalqaro xotin qizlar kuni Эл аралык аялдар күнү ~
21 mart Navroʻz Нооруз Yasharish va uygʻonish bayrami
24 mart Inqilob kuni Eldik revolyutsiya kүnү 2005 yil
1 may Mehnat kuni Эмгекчилер күнү ~
5 may Konstitutsiya kuni Конституция күнү ~
7 aprel Ikkinchi inqilob kuni Ekinchi revolyutsiya kүnү 2010 yil
9 may Gʻalaba kuni Жeңиш күнү ~
31 avgust Mustaqillik kuni Эгемендүлүүк күнү ~
2011 yilning 31 avgustida (Hijriy taqvim) Ramazon Hayiti Orozo ayt
Ramazon Hayitidan soʻng (yaʼni 70 kundan soʻng hijriy taqvim asosida) Qurbon Hayiti Kurman ayt
7 noyabr Ulug‘ Oktyabr Sotsialistik revolyutsiyasining kuni Uluu oktabr Sotsialisttik revolyutsiyasinin kүnү

Qirgʻzistonda tavallud topgan taniqli oʻzbeklar

Manbalar

Kirgizstanda Turizm

Shuningdek qarang