Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana): Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq Teg: vikimatn muharriri 2017 |
Teg: vikimatn muharriri 2017 |
||
Qator 350: | Qator 350: | ||
[[Qirgʻiziston janubidagi tartibsizliklar (2010)|2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar]] ortidan qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qila boshladi.<ref>{{cite news|last=Sherzod|title=Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi |url=http://www.ozodlik.org/content/article/24395783.html|accessdate=30.10.2012|newspaper=Ozodlik radiosi|date=19.11.2011}}</ref><ref>{{cite news|title=Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda|url=http://www.tol.org/client/article/22884-kyrgyzstan-education.html|accessdate=22.02.2012|newspaper=Transitions Online|date=8.12.2011|author=Baqit Ibraimov|author2=Temir Aqmatov|language=inglizcha}}</ref><ref>{{cite news|title=Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar |url=http://www.tol.org/client/article/22884-kyrgyzstan-education.html|accessdate=22.02.2012|newspaper=TOR Chalkboard|date=8.12.2011|author=Baqit Ibraimov|author2=Temir Aqmatov|language=inglizcha}}</ref><ref>{{cite news|last=Qosim|first=Elmurod|title=Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish|url=http://registan.net/2012/09/26/removing-uzbek-from-public-life/|accessdate=9.10.2012|newspaper=Registan|date=26.09.2012|language=inglizcha}}</ref><ref>{{cite news|last=Wisniewski|first=Dan|title=Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda|url=http://www.rferl.org/content/uzbek-minority-language-under-threat-in-kyrgyzstan/24725665.html|accessdate=9.10.2012|newspaper=Ozodlik radiosi|date=1.10.2012|language=inglizcha}}</ref> Shu harakatlar doirasida 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.<ref>{{cite news|last=Ivashenko|first=Yekaterina|title=Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?|url=http://www.fergananews.com/articles/7622|accessdate=15.04.2014|newspaper=Fergana News|date=13.02.2013|language=ruscha}}</ref> |

Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining [[Oʻzbekiston]]da chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Alisher Navoiy oʻrta |
Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining [[Oʻzbekiston]]da chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda. |
||
== Manbalar == |
== Manbalar == |
17-Noyabr 2017, 10:53 dagi koʻrinishi
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab | |
---|---|
Maktab darvozasi | |
Joylashgan yeri | |
Isfana, Qirgʻiziston | |
Maʼlumot | |
Maktab turi | Boshlangʻich va oʻrta maktab |
Diniy mansublik | Hech qanaqa |
Asos solingan sanasi | 1-dekabr, 1977-yil |
Direktor | Orozgul Sattarova |
Sinflar | 1-11 |
Oʻquvchilar soni | 1400[1] |
Til | oʻzbek, qirgʻiz va rus |
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (ruscha: Средняя школа имени Алишера Навои; qirgʻizcha: Алишер Навои атындаги орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab.[2] Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.[3]
Maktab 1977-yil Oktabr inqilobining 60 yilligi arafisda ochilgan. Shuning uchun boshida Oktabr 60 yilligi (ruscha: 60 лет Октября; qirgʻizcha: Октябрь 60 жылдыгы) deb atalgan. 1991-yil Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan keyin, maktabga taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berilgan. Maktabda tarixiy muzey boʻlib, unda 300 dan oshiq eksponat, jumladan, Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub saqlanadi.[4]
Tarixi
Maktab 1977-yilning 1-dekabrida Oktabr inqilobining 60 yilligi arafasida Oktabr 60 yilligi nomi bilan ochilgan. Yangi maktab direktori etib Shamshiddin Qunduzov tayinlangan. Boshida maktabda faqatgina oʻzbek sinflar boʻlgan. 1990-yil ilk qirgʻiz sinf ochilgan.
1980-yil maktab hovlisida Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonlilgan gʻalabaga bagʻishlangan esdalik qurilgan.
1987-yildan 1990-yilgacha Marziya Sharipova direktor lavozimda ishlagan. 1990-yil Saodat Muhammedjanova direktor etib tayinlangan. 1991-yil taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan maktabga uning nomi berilgan.
1993-yil Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab direktori etib Shokirjon Toʻychiyev tayinlangan. 1999-yil maktab boʻlimlaridan biri alohida maktab — „Issiqkoʻl“ oʻrta maktabi oʻlaroq ajralib chiqqan.
2000-yildan boshlab Habibullo Sattorov direktor vazifasini bajargan. 2010-yilda Toʻyichev qayta direktor etib tayinlangan va 2013-yilgacha shu lavozimda ishlagan. 2013-yildan beri Orozgul Sattarova direktor boʻlib kelmoqda.
2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan mahalliy qirgʻiz rasmiylar maktab nomini almashtirishga bir necha marta urindi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi. 2012-yil rasmiylarining tazyiqi ostida Alisher Navoiyning maktab asosiy zalida uzoq yillar turgan portreti olib tashlandi.
Oʻquv yili | Oʻquvchi soni |
---|---|
1977—1978 | 132 |
1978—1979 | 66 |
1979—1980 | 49 |
1980—1981 | 74 |
1981—1982 | 71 |
1982—1983 | 76 |
1983—1984 | 68 |
1984—1985 | 69 |
1985—1986 | 84 |
1986—1987 | 61 |
1987—1988 | 78 |
1988—1989 | 78 |
1989—1990 | 79 |
1990—1991 | 34 |
1991—1992 | 36 |
1992—1993 | 36 |
1993—1994 | 37 |
1994—1995 | 54 |
1995—1996 | 43 |
1996—1997 | 41 |
1997—1998 | 45 |
1998—1999 | 82 |
1999—2000 | 86 |
2000—2001 | 93 |
2001—2002 | 80 |
2002—2003 | 80 |
2003—2004 | 121 |
2004—2005 | 82 |
2005—2006 | 77 |
2006—2007 | 63 |
2007—2008 | 78 |
2008—2009 | 57 |
2009—2010 | 52 |
2010—2011 | 39 |
2011—2012 | 39 |
2012—2013 | 36 |
2013—2014 | 44 |
2014—2015 | 75 |
2015—2016 | 55 |
2016—2017 |
Dars programmasi
Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.
Qirgʻizistondagi va boshqa MDH mamlakatlaridagi maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda yoki binoda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari). Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham shunday.
5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. Ingliz tili 5-sinfdan boshlab oʻqitiladi.
Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.
Maktab yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.
Dars oʻtish tili
Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida olib boriladi.[5] Qirgʻizistondagi boshqa koʻp millatli maktablardagidek, maktabda oʻzbek tilida oʻqitishning kelajali nomaʼlum boʻlib qolmoqda.[6]
2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qila boshladi.[7][8][9][10][11] Shu harakatlar doirasida 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.[12]
Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda.
Manbalar
- ↑ „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda kompyuter yetishmaydi“ (ruscha) (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
- ↑ „Isfana: Shahar profili“ (ruscha). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 10-may.
- ↑ „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab muzeyida Stalin xati saqlanmoqda (foto)“ (ruscha) (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
- ↑ „Foto - Isfanadagi eng koʻp millatli maktab“ (ruscha) (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
- ↑ Usmon, Sarvar. „Qirgʻizistondagi oʻzbek maktablari taqdiri savol ostida“ (1110.2011). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
- ↑ Sherzod. „Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi“ (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
- ↑ Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
- ↑ Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
- ↑ Qosim, Elmurod. „Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ (inglizcha) (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
- ↑ Wisniewski, Dan. „Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda“ (inglizcha) (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
- ↑ Ivashenko, Yekaterina. „Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?“ (ruscha) (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
Havolalar
Vikiomborda Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana) haqida turkum mavjud |
Isfana shahridagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab direktorlari |
Shamshiddin Qunduzov (1977–1987) | Marziya Sharipova (1987–1990) | Saodat Muhammedjanova (1990–1993) | Shokirjon Toʻychiyev (1993–2000) | Habibullo Sattorov (2000–2010) | Shokirjon Toʻychiyev (2010–2013) | Orozgul Sattarova (2013—) |