Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (Isfana): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teg: vikimatn muharriri 2017
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 194: Qator 194:


== Tarixi ==
== Tarixi ==
Maltab Oktabr inqilobining 60 yilligi nomi bilan 1977-yilning 1-dekabrida ochilgan. 1977-1987 yillarda Shamshiddin qunduzov maktab direktori boʻlgan. 1987-yildan 1989-yilgacha Marziya Sharipova direktori lavozimda ishlagan. 1980-yil maktab hovlisida [[Ikkinchi jahon urushi]]da [[fashistlar Germaniyasi]] ustidan qozonlilgan gʻalabaga bagʻishlangan esdalik qurilgan.
Maltab Oktabr inqilobining 60 yilligi nomi bilan 1977-yilning 1-dekabrida ochilgan. 1977—1987 yillarda Shamshiddin Qunduzov maktab direktori boʻlgan. 1987-yildan 1989-yilgacha Marziya Sharipova direktori lavozimda ishlagan. 1980-yil maktab hovlisida [[Ikkinchi jahon urushi]]da [[fashistlar Germaniyasi]] ustidan qozonlilgan gʻalabaga bagʻishlangan esdalik qurilgan.


1989-yildan 1993-yilgacha esa Saodat Muhammedjanova direktor vazifasini bajargan. 1991-yil taniqli turkiy adib va davlat arbobi [[Alisher Navoiy]] tavalludining 550 yilligi munosabati bilan maktabga uning nomi berilgan.
1989-yildan 1993-yilgacha esa Saodat Muhammedjanova direktor vazifasini bajargan. 1991-yil taniqli turkiy adib va davlat arbobi [[Alisher Navoiy]] tavalludining 550 yilligi munosabati bilan maktabga uning nomi berilgan.

17-Noyabr 2017, 09:47 dagi koʻrinishi

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab
Naktab darvozasi
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Maʼlumot
Maktab turi boshlangʻich va oʻrta maktab
Diniy mansublik Hech qanaqa
Asos solingan sanasi 1-dekabr, 1977-yil (46 yil avval) (1977-12-01)
Direktor Orozgul Sattarova
Sinflar 1-11
Oʻquvchilar soni 1400[1]
Til oʻzbek, qirgʻiz va rus

Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab (ruscha: Средняя школа имени Алишера Навои; qirgʻizcha: Алишер Навои атындаги орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab.[2] Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Maktabda darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida oʻtiladi.[3]

Maktab 1977-yil Oktabr inqilobining 60 yilligi arafisda ochilgan. Shuning uchun boshida Oktabr inqilobining 60 yilligi (ruscha: 60 лет Октября; qirgʻizcha: Октябрь 60 жылдыгы) deb atalgan. 1991-yil Qirgʻiziston mustaqillikka erishganidan keyin, maktabga taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi berilgan. Maktabda tarixiy muzey boʻlib, unda 300 dan oshiq eksponat, jumladan, Iosif Stalin isfanaliklarga yozgan maktub saqlanadi.[4]

Tarixi

Maltab Oktabr inqilobining 60 yilligi nomi bilan 1977-yilning 1-dekabrida ochilgan. 1977—1987 yillarda Shamshiddin Qunduzov maktab direktori boʻlgan. 1987-yildan 1989-yilgacha Marziya Sharipova direktori lavozimda ishlagan. 1980-yil maktab hovlisida Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonlilgan gʻalabaga bagʻishlangan esdalik qurilgan.

1989-yildan 1993-yilgacha esa Saodat Muhammedjanova direktor vazifasini bajargan. 1991-yil taniqli turkiy adib va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan maktabga uning nomi berilgan.

1993-yildan 2000-yilgacha maktabga Shokirjon Toʻychiyev direktorilik qilgan. 2010—2010-yillarda esa Habibullo Sattorov direktor vazifasini bajargan. 2010-yilda Toʻyichev qaytda direktor etib tayinlangan va 2013-yilgacha shu lavozimda ishlagan. 2013-yildan beri Orozgul Sattarova direktor boʻlib kelmoqda.

2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan mahalliy qirgʻiz rasmiylar maktab nomini almashtirishga bir necha marta urindi, ammo muvaffaqiyatga erishmadi. 2012-yil rasmiylarining tazyiqi ostida Navoiyning maktabning asosiy zalida uzoq yillar turgan portreti olib tashlandi.

Oʻquv yili Oʻquvchi soni
1977—1978 132
1978—1979 66
1979—1980 49
1980—1981 74
1981—1982 71
1982—1983 76
1983—1984 68
1984—1985 69
1985—1986 84
1986—1987 61
1987—1988 78
1988—1989 78
1989—1990 79
1990—1991 34
1991—1992 36
1992—1993 36
1993—1994 37
1994—1995 54
1995—1996 43
1996—1997 41
1997—1998 45
1998—1999 82
1999—2000 86
2000—2001 93
2001—2002 80
2002—2003 80
2003—2004 121
2004—2005 82
2005—2006 77
2006—2007 63
2007—2008 78
2008—2009 57
2009—2010 52
2010—2011 39
2011—2012 39
2012—2013 36
2013—2014 44
2014—2015 75
2015—2016 55
2016—2017

Dars programmasi

Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) qilib uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Qirgʻizistondagi va boshqa MDH mamlakatlaridagi maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda yoki binoda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari). Navoiy maktabida ham shunday.

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi. Ingliz tili 5-sinfdan boshlab oʻqitiladi.

Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Navoiy maktabida ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.

Maktab yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Dars oʻtish tili

Navoiyning maktab kirish zalida uzoq yillar turgan portreti 2012-yil qirgʻiz rasmiylari tazyiqi ostida olib tashlandi.

Alisher Navoiy oʻrta maktabida darslar oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida olib boriladi.[5] Qirgʻizistondagi boshqa koʻp millatli maktablardagidek, Alisher Navoiy maktabida oʻzbek tilida oʻqitishning kelajali nomaʼlum boʻlib qolmoqda.[6]

Keyingi paytda qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qilishmoqda.[7][8][9][10][11] Oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Alisher Navoiy oʻrta maktabida ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda. Bundan tashqari, 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.[12]

Manbalar

  1. „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktabda kompyuter yetishmaydi“ (ruscha) (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
  2. „Isfana: Shahar profili“ (ruscha). Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  3. „Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  4. „Isfanadagi Alisher Navoiy nomli oʻrta maktab muzeyida Stalin xati saqlanmoqda (foto)“ (ruscha) (2016-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
  5. „Foto - Isfanadagi eng koʻp millatli maktab“ (ruscha) (2016-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-noyabr.
  6. Usmon, Sarvar. „Qirgʻizistondagi oʻzbek maktablari taqdiri savol ostida“ (1110.2011). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  7. Sherzod. „Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi“ (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  8. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  9. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  10. Qosim, Elmurod. „Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ (inglizcha) (2012-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  11. Wisniewski, Dan. „Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda“ (inglizcha) (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  12. Ivashenko, Yekaterina. „Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?“ (ruscha) (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.

Havolalar