Tadeusz Reichstein: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2) using AWB
k Umarxon III Reyxshteyn Tadeush sahifasini Tadeusz Reichsteinga koʻchirdi:
(Farq yoʻq)

22-Oktyabr 2017, 03:09 dagi koʻrinishi

REYXSHTEYN (Reichstein) Tadeush (1897.20.7, Vlotslavsk, Polsha — 1996) — shveysariyalik organikkimyogar. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Shveysariyadagi Federal politexnika maktabini tugatgan (1920). Bazel universiteti qoshidagi Farmatsevtika instituti direktori va farmatsevtik kimyo prof. (1938 yildan). 1933 yilda vitamin S (askorbin kislotasi)ni sintez qilgan. Ilmiy izlanishlari gormonlar biokimyosi, geterotsiklik moddalar, qand, vitaminlar (askorbin va pantotenat kislotalar), steroidlar, buyrak usti bezi gormonlarining kimyoviy tuzilishi va biologik xossalarini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1950, F. Sh. Xench va E. K. Kendall bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil