Praga: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil, -a.da → -asrda (6) using AWB
kTahrir izohi yoʻq
Qator 63: Qator 63:
{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
{{Yevropa poytaxtlari}}
{{Yevropa poytaxtlari}}

[[Turkum:Poytaxtlar]]


{{geo-stub}}
{{geo-stub}}

17-Sentyabr 2017, 01:52 dagi koʻrinishi

Praga
Skyline of Praga
Praganing bayrogʻi
Bayroq
Praganing rasmiy gerbi
Gerb
50°5′15″N 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E / 50.08750; 14.42139 G OKoordinatalari: 50°5′15″N 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E / 50.08750; 14.42139 G O
Hukumat
 • starosta Pavel Bém
[[File:|290px|Praga xaritada]]

Praga — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental; yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928 yildan tilga olingan. 10-asrdan Chexiya davlatining poytaxti. P. Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin P.ning mavqei pasaygan. 19-asr oʻrtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918 yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939 yilda P.ni nemis fashistlari bosib olgan. 1945 yil 9 mayda ulardan ozod qilindi. 1993 yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.

P. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik,samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. FA, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, un-tlar, shu jumladan, Karl un-ti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va boshqa bor.

P.da 10—18-asrlarga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —16-asrlar), Qirol saroyi (12—18-asrlar), Belveder saroyi (16-asr) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va boshqa jamoat binolari qurilgan.[1]

Praga (Chexcha: Praha) — Chex Respublikasining poytaxti.

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil