Uzdunrobita (MTS-Oʻzbekiston): Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yolldaso (munozara | hissa)
Qator 25: Qator 25:


2012-yil 13-avgustida Toshkent shahar xoʻjalik sudi MTS-Oʻzbekiston shirkatining barcha litsenziyalarini bekor qildi.<ref>[http://kun.uz/2012/08/13/canceled-2/ “MTS-O‘zbekiston”ning barcha litsenziyalari bekor qilindi], ''kun.uz''</ref>
2012-yil 13-avgustida Toshkent shahar xoʻjalik sudi MTS-Oʻzbekiston shirkatining barcha litsenziyalarini bekor qildi.<ref>[http://kun.uz/2012/08/13/canceled-2/ “MTS-O‘zbekiston”ning barcha litsenziyalari bekor qilindi], ''kun.uz''</ref>

Telegramda kanal http:/te.m/@mazmunlisozla


== Shuningdek qarang ==
== Shuningdek qarang ==

29-Iyul 2017, 13:59 dagi koʻrinishi

MTS logotipi

Uzdunrobita yoki MTS-Oʻzbekiston (oʻzbekcha: "Mobil TeleSistemalar", ruscha: "Мобильные ТелеСистемы") — uyali aloqa operatori, Oʻzbekistonda brend nomi Em-Te-Es (yoki ruscha МТС) deb talaffuz etiladi. Oʻzbekistondagi faoliyati 2012-yil yozida ayon boʻlgan muammolar tufayli toʻxtatilgan.

Tarix

1991-yil avgustda Aloqa vazirligi tashabbusi bilan va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati koʻmagida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi „Uzdunrobita“ kompaniyasi tashkil etildi.[1] Bu nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyoda tashkil etilgan birinchi mobil aloqa kompaniyasidir.

2004-yil avgustda „Uzdunrobita“ kompaniyasi „Mobil Telesistemalar“ OAJ xalqaro kompaniyasi (Rossiya) tarkibiga kirdi. 2006 yil iyunda oʻtkazilgan rebrendingdan soʻng kompaniya yangi „MTS“ brendi ostida oʻz xizmatlarini koʻrsata boshladi.

„Uzdunrobita“ kompaniyasi Oʻzbekistondagi eng yirik mobil aloqa operatori hisoblanadi, va GSM 900/1800 standartida xizmatlar koʻrsatadi. Tarmoq doirasi respublikaning aksariyat hududini, aholining 90 foizdan ortigʻini, koʻpchilik aholi punktlarini, muhim avto- va temir yoʻl magistrallarini oʻz ichiga oladi.

2007-yil aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi „MTS“ OAJ kompaniyasining Oʻzbekistondagi shoʻ’ba kompaniyasi boʻlmish „Uzdunrobita“ kompaniyasiga 3G uchinchi avlod tarmogʻining UMTS standartida aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya taqdim etdi.

2008-yilning ikkinchi yarim yilligida MTS kompaniyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida yangi tarmoqni ishga tushirdi. Ushbu tarmoq hozirgi vaqtda Urganch, Xiva va Buxoroda ham ishlamoqda. Yangi standartni qoʻllaydigan apparatlarning egalari „Videoqoʻngʻiroq“, „Mobil televideniye“ va „Yuqori tezlikdagi Internet“ xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Murosa

Rossiya va MDH davlatlarida yetakchi telekommunikatsiya operatori “Mobilniye TeleSistemi” OAJ va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida murosa bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, Kompaniya davlat ishtirokidagi qo‘shma korxona doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda MTS kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.Murosa bitimiga ko‘ra qo‘shma korxonaning 50,01 foiz hissasi MTS’ga, qolgan 49,99 foizi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshidagi Davlat unitar korxonasiga tegishli bo‘ladi.Qo‘shma korxona o‘z faoliyatini MTS kompaniyasining O‘zbekistondagi sobiq sho‘ba korxonasi “Uzdunrobita” QK MChJga tegishli bo‘lgan mulk, jihozlar, chastotalar va infratuzilma asosida olib boradi."Kun"ning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar yaqin vaqt ichida murosa bitimida ko‘zda tutilgan barcha protseduralarni yakunlab, 2014-yil oxiriga qadar mobil aloqa tarmog‘ini tijoriy foydalanishga topshirishni rejalashtirishmoqda.Murosa bitimiga asosan, O‘zbekiston hukumati MTS’ga 2G/3G/LTE tarmoqlari uchun litsenziyalar, zaruriy chastota diapazonlari, raqamlar sig‘imini taqdim etadi, aloqa kanallari ijarasi bilan ta’minlaydi, O‘zbekistondagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan barcha ruxsatnomalarni beradi.

UMSning markaziy ofis (Toshkentda)

Mojaro

2012-yili iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uzdunrobita korxonasi boshqaruvchilariga qarshi jinoiy ish ochdi. Prokuratura tergov natijasida katta miqdordagi pul mablagʻlarini noqonuniy naqdlashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish, litsenziyasiz faoliyat bilan shugʻullanish, soliq toʻlashdan qochish kabi qonunbuzarlik holatlari qayd etilgani haqida bildirdi.[2]

Tegishli qonunbuzarliklar yuzasidan Oʻzbekiston Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi 2012-yili 17-iyulida Uzdunrobita litsenziyasi 10 kunga toʻxtatilishi haqida buyruq chiqardi.[3] Shu kuni MTS-Oʻzbekiston abonentlarga xizmat koʻrsatishni toʻxtatdi,[4] korxona sayti ochilmay qoldi.[5]

2012-yil 30-iyul kuni Toshkent shahar xoʻjalik sudi litsenziya toʻxtatilishi muddatini shirkat qonunbuzarliklarni bartaraf etmagani tufayli uch oyga choʻzdirdi.[6][7][8] Bunga javoban MTS maʼmuriyati Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovga vaziyatni tartibga solishni soʻrab murojaat qildi.[9][10]

2012-yil 13-avgustida Toshkent shahar xoʻjalik sudi MTS-Oʻzbekiston shirkatining barcha litsenziyalarini bekor qildi.[11]

Telegramda kanal http:/te.m/@mazmunlisozla

Shuningdek qarang

Manbalar

Havolalar