Sevastopol: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
85.172.80.15 (mun.) tomonidan qilingan 1953705-sonli tahrir qaytarildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 11: Qator 11:
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Ukraina maʼmuriy bo'linishi}}
{{Ukraina maʼmuriy bo'linishi}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}

25-Iyul 2017, 14:13 dagi koʻrinishi

Sevastopol (1784 y. gacha Axtiar) — Ukrainaning Krim Respublikasidagi shahar. Qora dengizning Sevastopol qoʻltigʻi sohilida. Dengiz porti, temir yoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 360 ming kishi (1997 y.) Qadimda S. oʻrnida antik Xersones sh. boʻlgan. Krimni Rossiya bosib olgandan keyin (1783) shahar va portda qurilish ishlaryai avj oldirildi va 1784 y.dan S. deb ataldi. 1802 y.dan Tavriya gubernyasi tarkibida. 1804 y.da Qora dengizning asosiy harbiy porti deb eʼlon qilindi. 1875 y.da S. — Lozovaya t.y. quriddi va shahar Simferopol bilan bogʻlandi. 1941—42 y.larda S. va uning atrofida qattiq janglar boʻlgan. 1945 y.da S.ga qahramon shahar unvoni berildi. Shahar urush harakatlari davrida deyarli butunlay vayron qilingan edi. "Sevastopol mudofaasi" panoramasi (1902—04 y.lar, rassom F.A.Rubbo) tiklandi, 1944 y. 7 mayda "SapunGorani shturm qilish" dioramasi barpo etildi (1959).

S. — Qora dengiz harbiy flotining asosiy bazasi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, priborsozlik, "Ximggrom" va b. korxonalar, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik sanoatlari bor. Priborsozlik inti, 2 teatr, bir qancha muzey, jumladan, Qora dengiz floti, badiiy muzeylar, Jan. dengizlar biologiyasi instituti akvariumi mavjud. S.da tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Petropavlovsk cherkovi (1843—48), Graf pristani (1846) saqlangan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil