Zarina Nizomiddinova: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 13: Qator 13:
! Film
! Film
! Rol
! Rol
! Rejisser
! class = "unsortable" | Izoh
! class = "unsortable" | Izoh
|-
|-

28-May 2017, 08:16 dagi koʻrinishi

Zarina Nizomiddinova (oʻzbekcha: Зарина Низомиддинова Шахбозовна; Zarina Nizomiddinova Shahbozovna) — filmlarida bosh rollar ijro eden.

Zarina Nizomiddinova 1989-yil 29-mart kuni Toshkent shahrida, san'atkorlar oilasida tavallud topdi. Uning otasi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan Shahboz Nizomiddinovdir. Zarina ushbu oilaning kenja farzandidir. Zarina kichkinaligidan san'atga qizikib, maktab bilan bir vaqtning o'zida, ya'ni 1997-yildan boshlab Uspenskiy nomidagi bolalar musiqa maktabining fortepiyano bo'limida taxsil oladi. U 4 yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u bu ansamblda 7 yoshligida birinchilikni ham qo'lga kiritgan. 7-sinfdan boshlab Zarina Xoreografiya bilim yurtining milliy raqs bo'limida taxsil oladi. Maktabdan so'ng Sharqshunoslik institutining "Jahon siyosati va tarixi" fakultetida taxsil oladi. Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida, Davlat buyurtmasiga asosan ishlangan, rejissyor Tamara Kamalovaning "Yo'l bo'lsin" filmida bosh rol bilan boshlaydi. "Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 2005-yil rejissyor Bahrom Yoqubovning "Romeo va Julyetta" filmida bosh rolni ijro etdi. Bir oz tanaffusdan so'ng, ya'ni 2010-yili Zarina rejissyor Jahongir Axmedovning "Qorako'z", 2011-yilda rejissyor Hasan G'ofurovning "Senga muxtojman", 2011-yil Javlon Shodmonovning "Zamonaviy sovchilar" , Aziz Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil rejissyor Jon Rid Sagdiyevning "Bardosh", rejissyor Laziz Ashuraliyevning "Iltimos menga qarang", Akbarbek Turdiyevning "Salom sevgi, xayr sevgi", Jaxongir Poziljonovning "Sevaman dedim, sevaman", Javlon Shodmonovning "Aldangan ko'ngil", Bahrom Yoqubovning "Men yulduzman" va "O Maryam, Maryam" hamda rejissyor Sherali Isanovning "Aql va yurak" filmlarida bosh rollarni ijro etdi.[1]


Filmografiya

Filmlar

Film
Yil Film Rol Rejisser Izoh
2005 Ayol makri
2005 Yoʻl boʻlsin Muhabbat Tamara Kamalova
2006 Romeo va Jul’etta yoxud la’natlangan sevgi Jamila / Julʼetta Bahrom Yoqubov
2010 Qorakoʻz Qorakoʻz Jahongir Ahmedov
2011 Zamonaviy sovchilar Nargiza Javlon Shodmonov
2011 Oqibat Dilfuza Aziz Umrzoqov
2011 Senga muxtojman Lola Hasan Gʻofurov
2012 Aldangan koʻngil Gulnoza Javlon Shodmonov
2012 Bardosh Nozima Jonrid Sagdiyev
2012 Iltimos, menga qarang Parizod Laziz Ashuraliyev
2012 Men yulduzman Lola Bahrom Yoqubov
2012 O Maryam, Maryam psixoloq Bahrom Yoqubov
2012 Sevaman dedimmi sevaman Asal Jahongir Foziljonov
2012 Parizod Parizod Ayub Shahobiddinov
2012 Salom sevgi, xayr sevgi! Senzora Akbar Turdiyev (Bekturdiyev)
2012 Aql va yurak Yurak Sherali Islomov
2013 Qudamni koʻrmadingizmi? Zebo Javlon Shodmonov
Otabek Mirzaxolov
2013 Payshanbadan payshanbagacha Javlon Shodmonov
Otabek Mirzaxolov
2013 Soddagina qiz Gulnoza Jonrid Sagdiyev
2013 Fotima Fotima Bahrom Yoqubov
2013 Yagonam Maftuna Muzaffar Erkinov
2013 Zamonaviy sovchilar 3 Nargiza Javlon Shodmonov
2013 Yurak yigʻlar Afroʻza Akrom Shohnazarov
2014 Ikki telba Zarina Kameo Otabek Mirzaxolov
2014 Soxta tuygʻu Malika Suhrob Hasanov
2014 Xiyonat girdobi Said Muxtorov
2014 Togʻa Rashid Malikov
2015 7 olam Zarina Ozod Shams
2016 Sharofatxonning kelinlari yoxud navroʻz muborak Nigora Ozod Shams
2016 Aygʻoqchi kampir 007 Sohib Abbosxon
2016 Qizlarning jaxli chiqdi (Qizlar jangi) Ilhom Muhammadibrohimov
2016 Boyvachcha kuyov Nodira Bahrom Yoqubov
2016 Seni oʻzim boy qilaman Sanjar Shodiyev
2017 Hech kim bilmasin a Ozod Shams
2017 Saodat (teleserial)

Manbalar

Sh._qarang