Gana: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} (2) using AWB
{{Afrika mamlakatlari}}
Qator 53: Qator 53:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}
{{Afrika mamlakatlari}}

[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Afrika]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]


{{stub}}

19-May 2017, 19:39 dagi koʻrinishi

Gana Respublikasi
Republic of Ghana
ShiorOzodlik va Adolat
(Inglizcha:Freedom and Justice)
Madhiya: God Bless Our Homeland Ghana
Location of Gana
Poytaxt Akkra
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Nana Akufo-Addo
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
6-mart, 1957-yil
Maydon
• Butun
239,460 km2 (79-oʻrin)
• Suv (%)
4.6
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
21,029,853 (50-oʻrin)
• Zichlik 87/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$51,900 mil. (77-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,468
Pul birligi Cedi (GHC)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma GH
Telefon prefiksi 233
Internet domeni .gh

Gana (Ghana), Gana Respublikasi (Republic of Chana) — Gʻarbiy Afrikada, Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi qad. davlat (mil. 4—13-a. boshi); hozirgi Mavritaniyaning jan. qismi va Mali Respublikasining gʻarbiy qismini oʻz ichiga olgan. G. aholisi mande xalqlari guruhiga mansub soninkelardan tashkil topgan. Poytaxti Akkra shahri. BMT aʼzosi Davlat poytaxti — Kumbi-Sale sh. G- aholisi dehqonchilik, chorvachilik, metallni qayta ishlash b-n mashgʻul boʻlgan. G. ning eng taraqqiy etgan davri 9—11a. oʻrtalariga toʻgʻri keladi. 13-a. boshida Mali (G. ning jan.dagi viloyati) hokimlari kuchayib, G. hududida Mali davlatini barpo etganlar. Hoz. Gana davlati nomi G. dan olingan.[1]

Mayd. 238,5 ming km2. Aholisi 18,1 mln. kishi (1997). Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

G. — respublika. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaddagi konstitutsiyasi 1992 y. 28 aprel dagi referendumda maʼqullangan va 1993 y. 7 yanvarda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U to'g'ri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 200 deputatdan iborat bir palatali parlament ixtiyorida. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

G. Shim. yarim shar subekvatorial mintaqasining savanna va nam tropik oʻrmonlar doirasida joylashadi. Sohil qismi past, qumli, lagunalar koʻp. Hududining anchagina qismi bal. 150–300 m li tekislik. Markazida Ashanti (300 m) va Kvaxu (Ak-vava togʻi, 788 m) platolari, sharqida Togo togʻi bor. Iqpimi — ekvatorial-musson, jan.gʻarbida ekvatorial iqlim. Martning oʻrtacha t-rasi 27—32°, avg .niki 23—26°. Yillik yogʻin sohilning gʻarbi, shim. va markazda 1000– 2000 mm, sohilning sharqi va Akkrada 650–750 mm. Noyab.—dek.da Sahroi Kabirdan quruq va issiq shamol esib turadi. Daryolar koʻp, ostonali, seryomgʻir mavsumda kemalar qatnaydi. Eng katta daryosi — Volta. Bosumtvi (34 km2, chuq. 71 m) G.dagi yagona koʻldir. Maydonining 10%i oʻrmon. Qimmatbaho daraxtlar (vava, maxagoni, utile, makore va b.), sohilda mangra chakalakzorlari koʻp. Hayvonlardan fil, arslon, buyvol, gippopotam, sirtlon, maymun, kiyik, qushlar, ilon (kobra, mamba), hasharot (sese pashshasi) va b. bor. Milliy bogʻlari — Mole, Ditya va b.

Aholnsining 73% i niger-kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (ashanti, fanti, adangme, eve); shim. viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moyey, gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili — ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari — Akkra, Kumasi, Tema, Takoradi, Keyp-Kost.

Tarixi

Yevropaliklar kirib kelmasdan ilgari ham (15-a.) G.da q. x. va madaniyat rivojlangan. Qitʼaning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. G.ga dastlab portugallar kelib, juda koʻp oltin (oltin koʻpligi uchun bu yer Oltin Qirgʻoq deyila boshlangan) va qul olib ketgan. Keyinchalik ingliz (1553), golland (1595), shved (1640), daniyalik (1642), nemis (1682) savdogarlari kelgan. Angliya raqiblarini sekin-asta surib chiqarib. Ashanti va uning atrofidagi xududlarni oʻzining mustamlakasi deb eʼlon qildi (1901). Inglizlar oltin va olmos tashib keta boshladi. Aholi kakao yetishtirishga majbur qilindi.

G. xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. 2-jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 y. iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi G.ga mustaqillik berilishini talab qiddi. 1956 y. inglizlar Oltin Qirgʻoqqa dominionlik berdi. 1957 y. 6 martda Oltin Kfi p-gʻoqGana (4—11-a.larda Gʻarbiy Sudandagi Gana davlati nomidan) nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1960 y. 1 iyuddan G.—respublika. G. 1957 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 28 okt.da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 mart — Mustaqillik kuni.

Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik kongress partiyasi, 1992 y. tuzilgan; Xalq milliy konvent partiyasi, 1992 y. tashkil etilgan; EGLE partiyasi, 1992 y.da tuzilgan; Yangi vatanparvarlik partiyasi, 1992 y.da tashkil. etilgan. G. kasaba uyushmalari kongressi, 1957 y.da asos solingan.

Xoʻjaligi

G.— agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi 41,4%, sanoatning ulushi 14,2%.

Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foydali qazilmalardan oltin, ol-mos, boksit, marganes rudasi qazib olinadi, yiliga oʻrtacha 6,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, poʻlat quyish, neftni qayta ishlash, avtomobil shinalarini taʼmirlash, ximikatlar, boʻyoq tayyorlash zavodlari, toʻkimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor .

Qishloq xoʻjaligi. G. dunyoda yetishtiriladigan kakaoning 28,0% ini beradi. Eksport uchun yana kofe, kopra (kokos yongʻogʻi magʻizi), banan, sitrus mevalar, yer yongʻoq ham yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun maniok, yams, batat, taro, tariq, sorgo, makkajoʻxori, sholi, zaytun, sabzavot va b. yetishtiriladi. Shakarqamish e kil ad i. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Dengizdan baliqovlanadi. T. y.larning uz.— 1285 km, avtomobil yoʻllari — 36,7 ming km. Asosiy dengiz portlari — Tema, Takoradi.

G. chetga kakao, yogʻoch materiallar, mineral xom ashyo (oltin, olmos, boksit, marganes rudasi), turli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan mashina va transport vositalari, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki oladi. AQSH, Yaponiya, BuyukGana poytaxti — Akkra sh.

Britaniya, Germaniya, Niderlandiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — sedi.

Maorifi va nlmiy muassasalari. 1961 y.dan 6—15 yoshli bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich, oʻrta maktablar, hunar bilim yurtlari, ped. bilim yurtlari bor. Xususiy maktablar ham ochilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Akkradagi G. universiteti (1948), Kumasidagi Aniq va tabiiy fanlar universiteti (1951), Keyp-Kostdagi universitet kolleji (1962) va b. Ilmiy muassasalari: Ijtimoiy va tabiiy FA, Ilmiy va industrial tadqiqotlar kengashi, 10 i. t. instituta, 14 ilmiy jamiyat; Milliy kutubxona, G. milliy muzeyi (1957), Milliy tabiiy fanlar muzeyi, Botanika bogʻi bor.

Matbuoti, radnoeshittnrnshi va telekoʻrsatuvn. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: "Gani-an tayme" ("Gana vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 y.dan), "Deyli grefik" ("Kundalik voqealar", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 y.dan), "Ivning nyus" ("Kechki yangiliklar", haftalik kechki gaz., 1974 y.dan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik hukumat gaz., 1953 y.dan), "Ekspiriyens" ("Tajriba", xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 y.dan). G. axborot agentligi — hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957 y.da tashkil etilgan. G. davlat ra-dioeshittirish korporatsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 y.dan, telekoʻrsatuvlar 1965 y.dan olib boriladi .

Adabiyoti

G. xalqlarining yozma adabiyoti asrimiz boshlarida ingliz tilida vujudga kela boshpadi. A. Axum, E. Samson, A. Ajaye, K. Xeyford, S. D. Mene, G. B. Bannerman, R. Ye. G. Armattu va b. publitsistlarning kitob va maqolalari keng tarqaldi. 20—50-y.larda yaratilgan adabiy asarlarning asosiy mavzui tarix va etn.ga oid. G. R. Akkuaning "Fanta xalqi" dostoni, J. B. Dan-kvning "Uchinchi ayol" pyesasi, K. Fiavaning "Beshinchi laguna", "Anlo tarixining sahifalari" dramalari va b. asarlari G. xalqlarining milliy birligini tushunish va anglashda katta ahamiyatta ega. Shu davrda tarjima adabiyoti ham paydo boʻldi. 1957 y.dan keyin ijtimoiy va siyosiy mavzularga qoʻl urildi. Poeziya, dramaturgiya, proza rivojlandi. Yangi ijtimoiy va siyosiy mavzular vujudga keldi. G. xalqlari boy folklor anʼanalariga ham ega.

Meʼmorchiligi va tasviriy savʼati. G.da uy-joy qurilishi qad. anʼanalar asosida rivojlangan (loy-guvalalardan aylana va toʻrtburchak shaklida ishlanib, tomini palma shoxi, poʻstloq, poxol va shiferlar bilan konusga oʻxshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. G.da mahalliy kabila boshliqlarining saroylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari geometrik oʻyma naqshlar bilan bezalgan. Akkra, Kumasi kabi katta shaharlarda temir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy koʻp qavatli binolardan iborat yangi kvartallar barpo etilgan .

G.da zargarlik, kulolchilik, toʻquvchilik, yogʻochsozlik, fil suyagi oʻymakorligi urf boʻlgan, oltin, kumush va bronzadan badiiy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak buyumlar, yarogʻ-aslahalar, vazalar ishlanadi. G.da mustaqillik eʼlon qilingach, professional sanʼat shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy sanʼatkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va rassom Kofi Antubam, rassomlar E. R. Sviting , A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okaye). G.da Madaniyat va sanʼat instituti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi Badiiy maktab, Kushasida meʼmorlik va kurili sh, hunarmandlik maktablari bor.

Teatri

Raqs sanʼati keng tarqalgan. Barcha tomoshalar raqssiz oʻtmaydi. Asrimizning 20-y.larida G.da koʻchma konsert guruxlari vujudga keldi. 1962 y. G. universiteti qoshida Musiqa va drama maktabi tashkil etildi (raqs fakulteti ham bor). Xalq raqs ansambli tuzildi (1962). 1958 y. shoira E. Sazerlend tashkil qilgan drama studiyasi 1963 i. universitetga qoʻshilib, musiqa va drama maktabi bilan hamkorlikda "Shoh Edip" (Sofokl), "Hamlet" (Shekspir)ni sahnalashtirdi. Rej. F. Morisso-Lerua "Teatr-klub" truppasini (1961), Milliy drama jamiyatining yarim professional jamoasi (1965)ni tuzdi. G.da A. Bukananing xususiy truppasi, "Oʻyinlar uyi" yarim professional teatri mahshur.

Kinosi

Dastlabki badiiy filmi — "Ozodlik keldi" (nigeriyalik kinematografchilar bilan hamkorlikda 1967 y.da yaratilgan). 1963 y.da kinostudiya qurildi, davlat kino korporatsiyasi tuzildi. (1968), "Oʻz ishingdan qolma" (1971) va b. filmlar yaratildi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil