Belgrad: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k added Category:Serbiya using HotCat
Cekli829 (munozara | hissa)
Qator 12: Qator 12:


[[Turkum:Serbiya shaharlari‎]]
[[Turkum:Serbiya shaharlari‎]]
[[Turkum:Serbiya]]
[[Turkum:Belgrad]]





25-Mart 2017, 09:11 dagi koʻrinishi

Belgrad (serbcha Београд/Beograd) — Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxddan 110 m balandlikda. Belgrad Gʻarbiy Yevropadan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga boriladigan yoʻllar ustida. Iqlimi moʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati 0’ dan 2 °C gacha, iyulniki 22,2C°. Yiliga 634 mm yogʻin tushadi. Aholisi 1,8 mln. kishi (1995). Maydoni 600 km2.

B. toʻgʻrisidagi dastlabki tarixiy maʼlumot miloddan avvalgi 4 — 3-asrlarga tegishli, uni keltlar Singidunum deb atashgan. Shahar qulay geografik oʻringa ega boʻlganligi sababli u oʻtmishda juda kup marta qoʻddanqoʻlga oʻgib kelgan. Miloddan avvalgi 33 y.dan boshlab u deyarli yetti asr davomida Rim imperiyasi tasarrufida boʻlib kelgan. 9-asrdan B. serbcha Beograd ("Oq shahar") nomi bilan maʼlum; 11-asrdan Makedoniya podshohligi, soʻngra Vizantiya imperiyasi tarkibida. 12 — 14-asrlardan B. goh Vengriya, goh Vizantiya tasarrufida, 15-asrdan u yana serblarga oʻtib turdi. 1521 y.dan shahar turklar — Usmonlilar saltanati qoʻl ostida boʻlgan va "Dorul Al-Shahad", yaʼni "Qutlugʻ urush shahri" deb atalgan. 1806 y. Serbiya knyazligining poytaxtiga aylandi. 1813 — 67 y.larda yana Turkiya tarkibida, 1-jahon urushi yillarida Avstriya qoʻli ostida boʻldi. Urushdan soʻng (1918 y.dan) Serb, xorvat va slovenlar kirolligi(1929 y.dan Yugoslaviya)ning poytaxti, 2-jahon urushi arafasida Yevropaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. B. 1944 y. 20 okt.da nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945 y.dan YUXFR, 1963 92 y.larda YUSFR poytaxti.

B. Serbiyaning eng yirik iqtisodiy markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. B. va uning atrofida koʻplab sanoat korxonasi, jumladan metallsozlik, mashinasozlik (transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika va motorsozlik), kimyo, toʻqimachilik (asosan jun gazlama), oynasozlik va yogʻochsozlik, oziq-ovqat (un tortish, goʻsht konserva, shakarkdnr), poligrafiya sanoata va boshqa bor. Anʼanaviy hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. B. sanoat korxonalari asosan Dunay daryosining oʻng sohilida va shahar atrofida joylashgan. B.ning tarixiy qismida qad. yodgorliklardan oʻrta asr Kalemagdan qalʼasi qoldiqlari, Bayroqli Jomiya masjidi va shayx Mustafo maqbarasi (1690), Dositey Obradovich litseyi (18-asr oʻrtalari), knyaz Lyubitsi uyi (1829 — 36) va boshqa saqlangan. 1892 y.da Serbiya Fanlar akademiyasi, 1905 y.da unt tashkil etilgan. B.ning markaziy qismida 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida qurilgan binolardan Xalq teatri, Eski saroy, Teraziye maydoni ansambli va boshqa mavjud. B.da Xalq muzeyi (tarix, arxeologiya, etn. yodgorliklari, Yugoslaviya va chet mamlakatlar sanʼati namunalari), Zamonaviy sanʼat muzeyi, Shahar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Etnografiya muzeyi, Belgrad shahri rasmlar galereyasi, hayvonot bogʻi bor. 1950 — 80-y.larda koʻplab zamonaviy uy-joylar (Yangi Belgrad r-ni) qurilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil