Muhammad Yunus: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18: Qator 18:
| izdoshlari =
| izdoshlari =
| hissasi =
| hissasi =
| mukofotlar = {{unbulleted list | [[Tinchlik Nobel mukofoti]] (2006) | [[AQSH Prezidenti erkinlik medali]] (2009) | [[[Kongress oltin medali]] (2010)}}
| mukofotlar = {{unbulleted list | [[Tinchlik Nobel mukofoti]] (2006) | [[AQSH Prezidenti erkinlik medali]] (2009) | [[Kongress oltin medali]] (2010)}}
| imzo =
| imzo =
| repec_prefix =
| repec_prefix =

25-Yanvar 2017, 05:37 dagi koʻrinishi

Muhammad Yunus

Muhammad Yunus 2013-yilda
Tugʻilgan 28-iyun 1940-yil (1940-06-28) (83 yosh)
Chittagong, Britaniya Hindistoni
Alma mater
Mukofotlar

Muhammad Yunus (bengalcha: মুহাম্মদ ইউনূস; 1940-yil 28-iyun kuni tugʻilgan) — bangladeshlik ijtimoiy tadbirkor, bankir, iqtisodchi va fuqarolik jamiyati rahbari. Grameen bankiga asos solgani hamda mikrokredit va mikrofinans tushunchalarini ilgari surgani uchun Tinchlik Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Bunday kreditlar anʼanaviy bank kreditlari uchun oʻta kambagʻal hisoblangan tadbirkorlarga beriladi.

2006-yilda Yunus va Grameen banki birgalikda „mikrokredit yordamida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni tubdan boshlashga qaratilgan saʼy-harakatlari“ uchun Tinchlik Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Norvegiya Nobel qoʻmitasi „yirik aholi guruhlari qashshoqlikdan chiqish yoʻllarini topmasa, doimiy tinchlik oʻrnatib boʻlmaydi“ hamda „Yunus va Grameen banki eng kambagʻal kambagʻallar ham oʻz rivojlanishlariga sababchi boʻla olishlari mumkinligini koʻrsatdi“, dedi[1].

Yunus yana bir necha boshqa milliy va xalqaro sovrinlarni qoʻlga kiritgan. U 2009-yilda AQSh Prezidenti erkinlik medali, 2010-yilda Kongress oltin medali bilan taqdirlangan. 2008 yilda Yunus „Foreign Policy“ jurnali tuzgan „Eng yaxshi yuzta global fikrlovchi“ roʻyxatida ikkinchi oʻringa qoʻyildi.

Manbalar

  1. „The Nobel Peace Prize for 2006“. NobelPrize.org (2006-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2006-yil 13-oktyabr.