Jalol Ikromiy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tahrir izohi yoʻq
k Nataev Ikromiy Jalol sahifasini Jalol Ikromiyga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

10-Dekabr 2016, 06:12 dagi koʻrinishi

Jalol Ikromiy
Asl ismi tojikcha: Ҷалол Икромӣ
Tavalludi 7-sentyabr 1909-yil
Vafoti 11-aprel 1993-yil(1993-04-11)
(83 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Kasbi adabiyot
Ijod qilgan tillari Tojik tili
Fuqaroligi Buxoro Amirligi, SSSR va Tojikiston

Jalol Ikromiy (forscha: جلال اکرامی, tojikcha: Ҷалол Икромӣ; 1909, Buxoro - 1993.11.4, Dushanbe) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1979), dramaturg. 20-yillarda Toshkent pedagogika institutida taʼlim olgan. Yozuvchi sifatida shakllanishida Abdulla Qodiriyning taʼsiri kuchli boʻlgan. Ilk asari "Registonda tun" (1927) hikoyasidir. "Dushman" (1933) dramasi, "Muhabbat urugʻi" (1937) komediyasi, "Oʻq ilon" (1934),"Men gunohkorman" (1957) qissalarida tojik xalqining hayoti lavhalari, urf-odatlari ifodalangan. "Shodi" (1—2-qismlar, 1949) romanida Tojikistondagi jamoalashtirish davri tasvirlangan. "Olov qizi" (1962) romani tojik ayollarining oʻtmishdagi hayotiga bagʻishlangan. Buxoro amirligining soʻnggi davri haqidagi "Buxoroning oʻn ikki darvozasi" (1969), "Joni sabil quzgʻunlar" (1979) romanlari muallifi.

Ijodida oʻzbek va tojik xalqlari orasidagi doʻstlik mavzusi alohida oʻrin tutadi. Koʻpchilik asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. "Dushman", "Zuhro", "Ona qalbi" va boshqa pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan[1].

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot

  • Husaynzoda Sh., Jalol Ikromi, Dushanbe, 1959.
  • Men gunohkorman, T., 1963;
  • Olov qizi, T., 1964;
  • Buxoroning oʻn ikki darvozasi, T., 1971.

Havolalar