Maksim Gorkiy: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
'''Maksim Gorkiy''' (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov; 1868.16(28).3, [[Nijniy Novgorod]] — 1936.18.6, [[Moskva]]) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. [[Sobiq Ittifoq]] yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi.
 
Gorkiy bir qator [[roman]] ("Foma Gordeev", 1899; "Uchovlon", 1990—01 va b.), [[hikoya]] ("Konovalov", "Chelkash" va b.) va [[dramatik asar]]lar ("Meshchanlar", "Tubanlikda", 1902; "Chorbogʻchilar", 1904 va b.) muallifi. "Tubanlikda" [[pyesa]]sida yozuvchi shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan insonlarning azob-uqubatlarini mahorat bilan tasvirlab bergan. "Ona" (1907) romanida birinchi boʻlib adabiyotda inqilobiy kurashga xayrixoqlik bildirgan. "Bolalik" (1913—14), "Odamlar orasida" (1915—16), "Mening dorilfununlarim" (1923) qissalari avtobiografik asarlardir. Gorkiy [[Sharq]] xalqlari tarixi bilan qiziqib, "[[Italiya]] ertaklari" (1911 — 13) asarida Sharq [[mifologiya]]sidan oʻz badiiy niyati asosida foydalandi, rus adabiyotida [[Amir Temur]] siymosiga ilk bor murojaat etib, uning tarixiy haqiqatdan uzoqlashgan obrazini chizdi. Gorkiy mehnatkash ommaning [[Lenin]] rahbarligida 1917 - yilning oktabrida mamlakatni ostin-ustun qilish, koʻplab begunoh kishilarning qonlarini toʻkish hisobiga tarixiy jarayonni oʻzgartirmoqchi boʻlganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, koʻpgina yozuvchilarni [[bolshevik]]larning taʼqibidan saqlab qoldi. U oʻsha vaqtdagi vaziyatda [[Rossiya]]da sotsialistik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblardi. Avval xalqning madaniy saviyasini koʻtarish, soʻng inqilob qilish mumkin, deb oʻylagan ("Bemavrid fikrlar" publitsistik asarlar turkumi, 1917—18). Ammo keyinchalik u oʻzi qarshi boʻlgan sotsialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay oʻtib ketadi. Gorkiy bir qancha ([[Lev Tolstoy|L. N. Tolstoy]], [[A. P. Chexov]], [[V. G. Korolenko]] va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. "Artamonovlar ishi" romani (1925)da yangi tarixiy avlodning gʻalabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan.
"Jahon adabiyoti" nashriyoti, "Shoir kutubxonasi", "Ajoyib kishilar hayoti" va b. kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob gʻalabasi muqarrarligi "Yegor Bulichev va boshqalar", "Dostigayev va boshqalar" (1933), "Vassa Jeleznova" (2-nashri, 1935) pyesalarining bosh mavzuidir. "Klim Samginning hayoti" [[roman-epopeya]]sida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-a. boshlaridagi gʻoyaviy-ijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan. Gorkiy chet elda (1921—31) va Rossiyaga qaytganidan keyin zamonaviy adabiyot gʻoyaviy-estetik tamoyillari (shu jumladan, sotsialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatadi va shu yoʻsinda kompartiyaga adabiyotni oʻz [[monopoliya]]sidagi gʻoyaviy qurolga aylantirib olishiga koʻmaklashadi. [[Sovet davlati]] rahbarlari Gorkiyning katta xalqaro obroʻsidan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalandilar. Ularning makriga aldangan Gorkiy 30-yillar boshlaridagi [[qatagʻon siyosati]]ni tarbiyaviy ahamiyatga molik tadbir, deb tushundi. Gorkiy ijodi taʼsirida boshqa milliy adabiyotlarda ham sotsialistik realizm metodiga asoslangan asarlar koʻplab yaratildi. Uning asarlari 30-yillarning boshida dastlab [[Choʻlpon]], keyinchalik [[Abdulla Qahhor|A. Qahhor]], [[Oybek]], [[Hamid Olimjon|H. Olimjon]], M. Ismoiliy va b. tomonidan [[oʻzbek tili]]ga tarjima qilindi. Aksariyat pyesalari [[Oʻzbekiston]] teatrlarida sahnalashtirilgan.
 
364

ta tahrir

Navigatsiya