Abdulla Oripov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Olim
{{Olim
|name = Abdulla Oripov
|name = Abdulla Oripov
|image=[[Tasvir:Abdulla_Oripov.jpg|thumbnail]]
|image= Abdulla_Oripov.jpg


|birth_date = {{birth date|1941|3|21}}
|birth_date = {{birth date|1941|3|21}}

8-Noyabr 2016, 18:45 dagi koʻrinishi

Abdulla Oripov
Tavalludi 21-mart 1941-yil
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Nekoʻz qishlogʻi
Vafoti 5-noyabr 2016-yil(2016-11-05)
(75 yoshda)
Xyuston, Texas, AQSh
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Sohasi sheʼriyat
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti, (hozirgi OʻzMU) “Oʻzbek filologiyasi” fakulteti
Akademik rahbarlari Abdulla Qahhor, Oybek
Mashhur ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi
Mukofotlari

Oʻzbekiston qahramoni,

Italiya Oltin Yulduzi sohibi (2015)

Abdulla Oripov — atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.

Hayoti

Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yaʼni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning oʻzi shunday yozadi:

"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"

Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.

Asarlari

Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami “Mitti yulduz” esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yoʻl” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qalʼasi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), toʻrt tomlik “Tanlangan asarlar” (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.

Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.)“Ilohiy komediya asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan.

Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan. Andoza:Oʻzbek adabiyoti

Uning „Bahor“, „Birinchi muhabbatim“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Munojotni tinglab“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Olomonga“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“, „Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.

Bu asarlar oʻzbek milliy sheʼriyatining mumtoz namunalari boʻlib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, joʻshqinligi, yoqimliligi va lirik tuygʻularga boyligi bilan ajralib turadi.

Mustaqillikka erishgan Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi.

Millat maʼnaviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998 yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi.

U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Asarlari

  • Oripov A. Everest va ummon. Toshkent: "Oʻzbekiston", 2015.
  • Oripov A. Saylanma. Toshkent: „Sharq“, 1996.
  • Oripov A. Asarlar (4 jildlik). Toshkent Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2001.
  • Aripov A. Veter Rodini. Moskva. „Sov. pisatel“. 1975
  • Aripov A. Veter moego kraya. Moskva. Xudoj. Lit. 1988.

Adabiyotlar

Shuningdek Qarang