Abdulaziz Komilov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4: Qator 4:
|portret = Abdulaziz kamilov.jpg
|portret = Abdulaziz kamilov.jpg
|eni = 220px
|eni = 220px
|tavsif = {{flagicon|Uzbekistan}} Tashqi ishlar vaziri
|tavsif = {{flagicon|Uzbekistan}} Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri
|tavallud sanasi = {{birth date and age|1947|11|16}}
|tavallud sanasi = {{birth date and age|1947|11|16}}
|tavallud joyi = [[Yangiyoʻl]], [[Oʻzbek SSR]]
|tavallud joyi = [[Yangiyoʻl]], [[Oʻzbek SSR]]

1-Noyabr 2016, 15:18 dagi koʻrinishi

Abdulaziz Komilov
Abdulaziz Hofizovich Komilov
Tavalludi 16-noyabr 1947-yil (1947-11-16) (76 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Gulnora Komilova (Rashidova)
Bolalari Doniyor Komilov

Abdulaziz Hofizovich Komilov (16-noyabr, 1947, Yangiyoʻl) — oʻzbekistonlik siyosatchi. 2012-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri. 1994-2003-yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan.

Hayoti

Abdulaziz Komilov 1947-yil Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. 1972-yil SSRI Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80-yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik boʻlimida oʻqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.

Siyosiy karyerasi

Komilov 1973-1976-yillar Livandagi sovet elchixonasida attashe oʻlaroq ishlagan. 1980-1984-yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elchixonasida ikkinchi kotib sifatida ishlagan. 1984-1988-yillarda esa Oʻzbek SSR Tashqi ishlar vazirligining Yaqish Sharq ishlari boʻlimida ishlagan.

1988-1991 yillarda SSRI Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodi hamda tashqi ishlar boʻlimida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi oʻlaroq faoliyat yurtigan. 1992-1994-yillarda Oʻzebiston milliy xavfsizlik vaziri oʻrinbosari oʻlaroq ishlagan.

1994-yil Komilov Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil bergan. 2003-yil Komilov oʻrniga Sofiq Safoyev tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Oʻzbekiston prezidentiga tahsqi ishlar boʻyicha maslahatchi oʻlaroq ishlay boshlagan.

2003-yil Komilov Oʻzbekistonning AQSh hamda Kanadadagi elchisi etib tayinlangan. 2008-yil Komilov mamlakatnign Braziliyadagi elchisi sifatida ham ishlay boshlagan. 2010-yil tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2012-yilga kelib tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Mukofotlari

Komilov „Mehnat shuhrati“, „Doʻstlik“, „Oʻzbekiston belgisi“ va „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Manbalar