Toshkent axborot texnologiyalari universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Manba bor!
Qator 1: Qator 1:
{{manba}}


''Bu maqola Toshkent axborot texnologiyalari universiteti haqidadir. Musiqiy pop-guruh uchun [[Tatu (guruh)]] maqolasiga qarang.''
''Bu maqola Toshkent axborot texnologiyalari universiteti haqidadir. Musiqiy pop-guruh uchun [[Tatu (guruh)]] maqolasiga qarang.''

29-Sentyabr 2016, 10:14 dagi koʻrinishi

Bu maqola Toshkent axborot texnologiyalari universiteti haqidadir. Musiqiy pop-guruh uchun Tatu (guruh) maqolasiga qarang.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
(TATU, TUIT)
[[Fayl:Universitet asosiy binosi.|200px|alt=|]]
Asl nomi Toshkent elektrotexnika aloqa instituti
Xalqaro nomi Tashkent University of Information Technologies
Asos solingan 1955
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori To‘lqin Teshaboyev [1]
Talabalari 11000+
Bakalavriat 25 ta yoʻnalish
Magistratura 24 ta mutaxassislik
Akademiklar 1 ta
Fan doktorlari 16 ta
Professorlar 16 ta
Manzili Amir Temur kochasi 108, Toshkent shahri, 100020, Oʻzbekiston
Vebsayti www.tuit.uz

Koordinatalari: 41°20′26.999988000009″N 69°17′12.000012000009″E / 41.34083333000000238°N 69.28666667000000245°E / 41.34083333000000238; 69.28666667000000245 G O


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil qilingan. 2003-yildan hozirgi nomi bilan ataladi. Universitetda va filiallarida 11000 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar.

Institut haqida

Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 5 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.

Fakultetlar

  • Kompyuter injiniring
  • Dasturiy injiniring
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • AKT sohasida Iqtisodiyot va Menejment
  • Televizion texnologiyalar
  • AKT sohasida Kasb taʼlimi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus fakulteti

Professor-oʻqituvchilar tarkibi

Professor-oʻqituvchilar tarkibi 400 ga yaqin boʻlib, ular: 1 akademik, 16 professor, 16 fan doktorlari, 85 nafar fan nomzodlari va dotsentlardan iborat.

Universitet tuzilishi

Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud.

Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud.
Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Tarixi

TATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi.

  • 1955 yil — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
  • 1960 yil — Elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
  • 1978 yil — Bishkek, Dushanbe, Almati va Fargʻona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi
  • 1993 yil — TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
  • 1994 yil — Markaziy Osiyo respublikalari hamda Moʻgʻuliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya oʻquv markazi (SAUTST) tashkil etildi
  • 1997 yil — institut qoshida litsey-instituternat faoliyat yurita boshladi
  • 1999 yil — institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi.
  • 2002 yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
  • 2005 yil — Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi

TATU bugun

TATU va ETRI vakillari oʻzaro hamkorlik shartnomasini tuzishgan. Daejeon, Janubiy Koreya.

Bugungi kunda TATU — bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, taʼlim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog‘i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo‘yicha yuqori mavqega ega bo‘lgan universitetdir. Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 litsey), bakalavriat (25 yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat.

Soʻnggi 10 yil davomida universitet tubdan oʻzgardi. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi.

Manbalar

*Teshaboyev, T., (2014). TATU — salohiyatli mutaxasislar tayyorlash maskani. infoCOM.uz. № 3, 147, 14-16.

Havolalar