Islom Karimov vafoti: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 10: Qator 10:

Marosimda [[Turkmaniston]] Prezidenti [[Gurbanguly Berdimuhamedow]], [[Tojikiston]] Respublikasi Prezidenti [[Emomali Rahmon]], [[Afgʻoniston]] Islom Respublikasi Prezidenti [[Ashraf Gʻani]], [[Rossiya Federatsiyasi]] Bosh vaziri [[Dmitriy Medvedev]], [[Xitoy Xalq Respublikasi]] Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari [[:en:Zhang Gaoli|Zhang Gaoli]], [[Koreya Respublikasi]] Bosh vaziri oʻrinbosari [[:en:Lee Jong-seok (politician)|Lee Jong-seok]], [[Belarus]] Respublikasi Bosh vaziri [[:ru:Кобяков, Андрей Владимирович|Andrey Kobyakov]], [[Qozogʻiston]] Respublikasi Bosh vaziri [[Karim Masimov]], [[Ozarbayjon]] Respublikasi Milliy Majlisi Raisi [[:az:Oqtay Əsədov|Oqtay Əsədov]], [[Gruziya]] Respublikasi Bosh vaziri [[:en:Giorgi Kvirikashvili|Giorgi Kvirikashvili]], [[Qirgʻiziston]] Respublikasi Bosh vaziri [[:ky:Жээнбеков Сооронбай Шарипович|Sooronboy Jeenbekov]], [[Turkiya]] Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari [[:tr:Tuğrul Türkeş|Tuğrul Türkeş]], [[Ukraina]] Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari [[:uk:Кубів Степан Іванович|Stepan Kubiv]], [[Birlashgan Arab Amirliklari]] davlat vaziri Rashid bin Ahmad bin Fahad, [[Armaniston]] Respublikasi parlamenti vitse-spikeri [[:ru:Нагдалян, Эрмине Микаэловна|Ermine Nagdalyan]], [[Yaponiya]] parlament vaziri [[:en:Motome Takisawa|Motome Takisawa]], [[Eron]] Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri [[:en:Mohammad Javad Zarif|Muhammad Javad Zarif]], [[MDH]] Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotibi [[:ru:Лебедев, Сергей Николаевич|Sergey Lebedev]] va boshqalar qatnashdi.<ref name="uza_vido"/>

==Xalqaro reaksiya==
Islom Karimov vafoti yuzasidan dunyo boʻylab siyosat va jamoat arboblari taʼziyanomalar yoʻllashdi. Ular qatorida [[Barack Obama]], [[Pan Gi Mun]], [[Vladimir Putin]], [[Xi Jinping]], [[Nursulton Nazarboyev]], [[Almazbek Atambayev]], [[Ilhom Aliyev|İlham Əliyev]], [[Aleksandr Lukashenko]], [[Petro Poroshenko]], [[Shinzō Abe]], [[:en:Pranab Mukherjee|Pranab Mukherjee]], [[Recep Tayyip Erdoğan]] va boshqalar bor.<ref name="taziyanomalar">{{cite news|url=http://uza.uz/oz/politics/taziyanomalar-04-09-2016|title=Таъзияномалар|publisher=UzA|date=04.09.2016}}</ref>

==Manbalar==
==Manbalar==

5-Sentyabr 2016, 11:16 dagi koʻrinishi

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.[1]

Tibbiy xulosa

Sogʻliqni saqlash vaziri Anvar Alimov va boshqa tibbiyot mutaxassislari tuzgan tibbiy xulosaga binoan, Karimov, 78 yoshda, 27-avgust kuni ertalab soat 09.00 da hushsiz holatda zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelindi.[2] Tibbiy koʻrik Rossiya fanlar akademiyasi akademiklari: kardiojarrox Leo Bokeriya va neyrojarrox Aleksandr Potapov; Hannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Samii, Monako kardiotorakal markazi direktori, professor Gilles Dreyfus, Heydelberg universiteti kardiologiya boʻlimi rahbari, professor Hugo Katus, Helsinki universiteti markaziy gospitalining neyroxirurgiya boʻlimi professori Juha Hernesniemi tomonidan oʻtkazildi.[2] Davolash rejasi oʻzbekistonlik mutaxassislari bilan oʻtkazilgan konsiliumda belgilandi. Tibbiy xulosaga binoan, "[b]emorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etildi. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatildi. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv oʻtkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlandi."[2] Toʻliq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari oʻtkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati toʻxtadi. Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermadi va bemorda soat 20:55 da biologik oʻlim holati qayd etildi.[2]

Dafn marosimi

2016-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi, unda Islom Karimov xohish-irodasiga koʻra Samarqandda dafn etilishi, 3-sentabrdan boshlab uch kunlik motam eʼlon qilinishi koʻrsatilgan.[3] Dafn marosimini oʻtkazish komissiyasi tarkibida Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov va boshqa davlat va jamiyat arboblari koʻrsatildi.[3]

2016-yil 3-sentabr tongida motam korteji Toshkent shahri boʻylab aeroportga yurdi, kortejni oʻn minglab odamlar kuzatishdi.[4][5] Aeroportdan dafn marosimi Samarqandga uchib, Registon maydoniga keldi.

Marosimda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguly Berdimuhamedow, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Zhang Gaoli, Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Lee Jong-seok, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimov, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Oqtay Əsədov, Gruziya Respublikasi Bosh vaziri Giorgi Kvirikashvili, Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri Sooronboy Jeenbekov, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Tuğrul Türkeş, Ukraina Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Stepan Kubiv, Birlashgan Arab Amirliklari davlat vaziri Rashid bin Ahmad bin Fahad, Armaniston Respublikasi parlamenti vitse-spikeri Ermine Nagdalyan, Yaponiya parlament vaziri Motome Takisawa, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va boshqalar qatnashdi.[4]

Xalqaro reaksiya

Islom Karimov vafoti yuzasidan dunyo boʻylab siyosat va jamoat arboblari taʼziyanomalar yoʻllashdi. Ular qatorida Barack Obama, Pan Gi Mun, Vladimir Putin, Xi Jinping, Nursulton Nazarboyev, Almazbek Atambayev, İlham Əliyev, Aleksandr Lukashenko, Petro Poroshenko, Shinzō Abe, Pranab Mukherjee, Recep Tayyip Erdoğan va boshqalar bor.[6]

Manbalar