Vladimir Dal: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
DastyorBot (munozara | hissa)
k f-t → fakultet
k Nataev Dal Vladimir Ivanovich sahifasini Vladimir Dalga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

3-Sentyabr 2016, 08:40 dagi koʻrinishi

Dal Vladimir Ivanovich [adabiy taxallusi — Kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk sh.— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus leksikografi, etnograf va yozuvchi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1838), faxriy akad. (1863). Derpt (hoz. Tartu) universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan (1829). Asosiy asari — "Jonli velikorus tilining izohli lugʻati" (1—4 jildlar; 1863—66) 200 mingga yaqin soʻzni oʻz ichiga olgan. D. birinchi boʻlib rus tili shevalarini tasnifladi ("Rus tili lahjalari haqida", 1852). "Rus xalqi maqollari"ni toʻplab nashr etdi (1861—62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, D. qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.

Manbalar

  • Polnoye sobr. soch., t. 1 — 10, Sankt-Peterburg , 1897—98; Tolkoviy slovar jivogo velikorusskogo yazika, t. 1—4, M., 1981; Poslovitsi russkogo naroda, M, 1957.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil