Islom Karimov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Artoxx (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Artoxx (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 6: Qator 6:
| avvalgi= —
| avvalgi= —
| keyingi=
| keyingi=
| tavalludi sanasi=
| tavalludi sanasi=[[30-yanvar]], [[1938]]-yil
| tavalludi joyi=[[Samarqand]], [[Oʻzbekiston SSR]]
| tavalludi joyi=[[Samarqand]], [[Oʻzbekiston SSR]]
| vafoti sanasi= {{death date and age|2016|9|2|1938|1|30}}
| vafoti sanasi= {{death date and age|2016|9|2|1938|1|30}}

2-Sentyabr 2016, 19:07 dagi koʻrinishi

Islom Abdugʻaniyevich Karimov
Islom Karimov

Mansabda
1991-yildan beri
Avvalgi prezident

Tavalludi

30-yanvar, 1938-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2-sentyabr 2016-yil(2016-09-02)
(78 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi[1]
Turmush oʻrtogʻi Tatyana Karimova

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibidir.

Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar UzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yilda Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi va hozirgacha shu lavozimni egallab kelmoqda.

Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va iqtisodiyoti boshqa MDH davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi.

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ("Tashselmash") zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 198689-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston FA akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" (1992), "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (1993), "Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli" (1993), "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (1994), "Istiqlol va maʼnaviyat" (1994), "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" (1995), "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997), "Barkamol avlod orzusi" (1998), "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (1998), "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" (1998), "Olloh qalbimizda, yuragimizda" (1999), "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" (2000), "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" (2001), "Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" (2002) va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Amalga oshirgan ishlari

Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. Karimov Oʻzbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligidagi mustabid kuchlar Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi.

2012-yilgi ShHT sammitida

Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib kelmoqda. Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib 21-asr vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol dengizi muammolarini jahon hamjamiyati koʻmagida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, oʻz nufuziga ega boʻldi. Jamiyatda maʼnaviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos boʻlish, shu asosda milliy istiqlol gʻoyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun maʼnaviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa oʻzining muqaddas dini, urf-odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Karimovning 21-asr boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qoʻshgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbuskori boʻldi. Karimov yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulugʻ ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta oʻrin tutadigan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan oʻzgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilmoqda.

Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab bormoqda.

Mukofotlari

Karimov suveren va mustaqil Oʻzbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun "Mustaqillik" (1996), Amir Temur (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

Adabiyot

  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;
  • Levitin L., Узбекистан на историческом повороте, M., 2001;
  • Серия вожди народов — XX век, M., 1996;
  • Sharifxodjayev M., Формирование открытого гражданского общества в Узбекистане, T., 2002;
  • Amerikaga tashrif — Визит в Америку, T., 2002.[3]

Manbalar

Havolalar

VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Islom Karimov haqida sahifa mavjud.