Doktor House: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar, replaced: {{reflist}} → {{manbalar}}
Qator 25: Qator 25:


== Personajlar ==
== Personajlar ==
[[Tasvir:House m d promo.jpg|left|thumb|500px|Teleserialning bosh qahramonlari (chapdan oʻngga): [[James Wilson|Wilson]], [[Allison Cameron|Cameron]], [[Robert Chase|Chase]], [[Lawrence Kutner|Kutner]], [[Chris Taub|Taub]], [[Gregory House|House]], [[Oʻn uchinchi (House)|Oʻn uchinchi]], [[Eric Foreman|Foreman]], [[Lisa Cuddy|Cuddy]].]]


{|class="wikitable"
{|class="wikitable"

20-Aprel 2016, 08:02 dagi koʻrinishi

House
Boshqa nomi House, M.D.
Turi Tibbiy drama
Muallif(lar) David Shore
Rollarda Hugh Laurie
Lisa Edelstein
Omar Epps
Robert Sean Leonard
Jennifer Morrison
Peter Jacobson
Kal Penn
Olivia Wilde
Jesse Spencer
Qismlar boshidagi musiqa "Teardrop",
Massive Attack ijrosida
„House End Credits“
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Ingliz
Mavsumlar soni 8
Qismlar soni 177 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Katie Jacobs
David Shore
Paul Attanasio
Bryan Singer
Russel Friend
Garrett Lerner
Thomas L. Moran
Qism davomiyligi 42 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal FOX
Tasvir formati 480i (SDTV),
720p (HDTV)
Translyatsiya davri 16-noyabr, 200421-may, 2012

Doktor Haus (inglizcha: House M. D.) — genial shifokor-tashxischi Gregori Haus va uning jamoasi haqidagi Amerika teleseriali. Serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan. Serialning ilk qismi 2004-yilning 16-noyabrida FOX telekanalida efirga chiqdi.

Personajlar

Personaj Aktyor Amali Mutaxassisligi
Gregory House Hugh Laurie
Lisa Cuddy Lisa Edelstein
  • Kasalxona boshligʻi
James Wilson Robert Sean Leonard
Eric Foreman Omar Epps
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1–3, 4.04–)
  • Mercy kasalxonasida tashxisiy tibbiyot boʻlimining boshligʻi (4.01–4.03)
Allison Cameron  Jennifer Morrison
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1–3)
Robert Chase Jesse Spencer
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1–3)
  • Jarroh (4–)
Chris Taub Peter Jacobson
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02–)
Lawrence Kutner Kal Penn
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02–)
"Oʻn uchinchi" Olivia Wilde
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02–)

Sherlok Holmsga havolalar

Sherlok Holms teleserial uchun ilhom parisi boʻlib xizmat qildi.

Haus bilan mashhur kitobiy detektiv Sherlok Xolms oʻrtasidagi oʻxshashliklar butun teleserial davomida kuzatib borilad;[1] Shore Sherlok Xolmsning ixlosmandi ekanligini tushuntiradi va personajning bemorlarga boʻlgan befarqligi noyobligini aytadi. Oʻxshashlik taraflari teleserial sujetining turli elementlarida kuzatiladi, masalan, Hausning ishni yechimida ruhshunoslikka boʻlgan ishonchi, qiziqarsiz deb bilgan ishlarga qoʻl urmasligi, Hausning uy manzili (221B-xonadon, Holmesning manzili ham shunday boʻlgan). Yana, Haus bilan Xolmsning oʻxshashlik taraflariga musiqiy asbobni chalish (Xolms skripkani, Haus pianino va gitarani chaladi), narkotik moddalarni isteʼmol qilish (Haus vikodinni, Xolms kokainni) va Hausning Doktor Jeyms Uilson bilan doʻstligi (Doktor Jon Vatsonga ishorat) kiradi.[2] Uilson rolini ijro etuvchi Robert Shon Leonard aytadi-ki, avvaliga uning qahramoni va Haus teleserialda Sherlok Xolms va Doktor Vatson rollarini oʻynashlari kerak edi, ammo, Vatson rolini Haus jamoasi qabul qildi.[3]

Teleserialdagi turli xil personajlar Sherlok Xolms olamidagi odamlarning ismiga ega, jumladan, ikkinchi mavsumning "Sababsiz" nomli soʻnggi qismida Haus aqlini yoʻqotgan "Moriarti" ismli bosqinchi tomonidan yaradorlanadi, bu Xolmsning qasoskorini ham ismidir.[4] Shuningdek, eng birinchi qismdagi asosiy bemorning ismi Rebecca Adler, bu ism Sherlok Xolms haqida birinchi hikoyadagi Iren Adler ayol ismidan olingan. Devid Shor Hausning ismi (inglizchadan tarjimasi "uy") Sherlok Xolmsga shamadir („Xolms“ning talaffuzi „homes“ — „uylar“ soʻziga oʻxshash).[5] Toʻrtinchi mavsumning „Bu ajoyib yolgʻon“ nomli qismida House „Konan Doylning toʻliq ikkinchi nashri“ni Mavlud sovgʻasi sifatida qabul qiladi. Beshinchi mavsumning „Olamga quvonch“ nomli qismida Wilson Housega Joseph Bell qalamiga mansub kitobni sovgʻa qiladi (Joseph Bell „Sherlok Xolms“ning yaratilishiga ilhom bagʻishlagan),[6] bunda u „Greg, bu kitob meni sen haqingda oʻylantirdi“ degan xabarni yozadi, shuningdek, sovgʻani u yuborganligini boʻyniga olishdan avval, buni qandaydir Iren Adler yuborgan boʻlishi mumkinligini aytadi.

Manbalar

Havolalar

Asosiy personajlar: Dr. Gregory House | Dr. Lisa Cuddy | Dr. James Wilson | Dr. Allison Cameron | Dr. Robert Chase | Dr. Eric Foreman |Dr. Remy "Oʻn uchinchi" Hadley | Dr. Chris Taub | Dr. Lawrence Kutner
Ikkinchi darajali personajlar: Edward Vogler | Stacy Warner | Mark Warner | Michael Tritter | Amber Volakis | Lucas Douglas
Ijrochi prodyuserlar: Paul Attanasio | Katie Jacobs | David Shore | Bryan Singer
Aktyorlar: Hugh Laurie | Lisa Edelstein | Omar Epps | Robert Sean Leonard | Jennifer Morrison | Jesse Spencer | Peter Jacobson | Kal Penn | Olivia Wilde