Xalifa: Versiyalar orasidagi farq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.ga → yilga using AWB |
|||
Qator 8: | Qator 8: | ||
[[Turkum:Islom]] |
[[Turkum:Islom]] |
||
[[kk:Халифа]] |
31-Mart 2016, 22:34 dagi koʻrinishi
Xalifa (Arabcha: خليفة ḫalīfah/khalīfah) xalifalikni boshqaradigan inson va Islom Ummasini shariat ahkomlariga boʻysungan holda boshqaradigan amaldor. Arabchadan lugʻaviy maʼnosi „elchi“, „namoyonda“. Muhammad SAV vafotidan keyin, musulmon ummasini boshqaradigan amaldorlar xalifa deb yuritiladi.
Xalifa (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. X. Muhammad paygʻambar (sav)ning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad (sav)dan keyingi toʻrt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi X.lar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar X. nomi bilan atalgan. 13-a.dan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq ham daʼvo qilib, X. nomiga ega boʻlishgan. 16-a.da turk sultonlari oʻzlarini X. deb atay boshlaganlar, bu holat 1924 yilgacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |