Yoʻtal: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k vikifikatsiya
Ximik1991 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Kasallik2
| Name = Yoʻtal
| Background =
| Image = Pertussis.jpg
| tasvir imzosi = [[Koʻkyoʻtal]] bilan ogʻrigan bolaning yoʻtali.<br/>{{Listen|Fayl=Husten-abf-.ogg|Nom=Yoʻtal|Tavsif=Odam yoʻtalishi.}}
| sohasi = [[Yuqumli kasalliklar]]
| KXK10 = {{ICD10|R|05||r|00}}
| KXK9 = {{ICD9|786.2}}
| KXKO =
| OMIM =
| DiseasesDB = 17149
| MedlinePlus = 003072
| eMedicineSubj = ENT
| eMedicineTopic = 1048560
|MeshID=D003371
}}
'''Yoʻtal''' — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez [[nafas]] chiqarish harakati; [[nafas aʼzolari]]ning himoyalanish-tozalanish [[reaksiya]]laridan biri. Yoʻtal [[markaziy nerv sistemasi]] (yoʻtal markazi [[uzunchoq miya]]da joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va [[pnevmoniya|oʻpka yalligʻlanganda]], shuningdek, nafas yoʻllariga chang, toʻzon va boshqa yot narsalar tushganida yoʻtal paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining „qichishishi“dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) yoʻtal yuzaga keladi. Yoʻtal vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng [[nafas muskullari]] taranglashadi, [[hiqildoq]]dagi [[ovoz]] yorigʻi esa berkiladi — [[koʻkrak boʻshligʻi]]da yuqori [[bosim]] vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u [[oʻpka]]dan [[balgʻam]] yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.

Qator 9: Qator 25:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}

== Shuningdek qarang ==
* [[Sunʼiy yoʻtal]]

[[Turkum:Nafas yoʻli kasalliklari]]

26-Fevral 2016, 13:10 dagi koʻrinishi

Yoʻtal

Koʻkyoʻtal bilan ogʻrigan bolaning yoʻtali.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Yuqumli kasalliklar
KXK-10 R05
KXK-9 786.2
DiseasesDB 17149
MedlinePlus 003072
eMedicine ENT/1048560
MeSH D003371

Yoʻtal — murakkab reflektor holat, ixtiyoriy yoki gʻayriixtiyoriy ravishda tez nafas chiqarish harakati; nafas aʼzolarining himoyalanish-tozalanish reaksiyalaridan biri. Yoʻtal markaziy nerv sistemasi (yoʻtal markazi uzunchoq miyada joylashgan) tomonidan idora etiladi. Nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanganda, shuningdek, nafas yoʻllariga chang, toʻzon va boshqa yot narsalar tushganida yoʻtal paydo boʻladi. Baʼzan nafas yoʻllari shilliq qavatining „qichishishi“dan yoki bezovtalanish va zoʻriqishdan (asabiylashish tufayli) yoʻtal yuzaga keladi. Yoʻtal vaqtida, avvalo chuqur nafas olinadi, soʻng nafas muskullari taranglashadi, hiqildoqdagi ovoz yorigʻi esa berkiladi — koʻkrak boʻshligʻida yuqori bosim vujudga keladi. Shundan keyin toraygan ovoz yorigʻi orqali kuchli havo oqimi yuqori bosim bilan ketma-ket tashqariga otilib chiqadi va, ayni vaqtda, u oʻpkadan balgʻam yoki yot zarralarni ilashtirib haydab keladi.

Tasnifi

Yoʻtal uzun-qisqaligiga qarab xurujli (koʻkyoʻtalda), davriy (bronxitda), toʻxtovsiz, qisqa (plevritda); tovushiga koʻra — xirillagan (hiqildoq shikastlanganda va isteriya vaqtida), boʻgʻiq (tovush boylamlarining yalligʻlanishi va yaralanishida); balgʻam hosil boʻlishiga qarab — hoʻl (balgʻam keladi) va quruq boʻladi. Yoʻtal tez va qattiq tutganda koʻkrakni ogʻritishi, bemorni halloslatishi va hatto uyqu bermasligi mumkin. Mudom va bot-bot yoʻtal tutishi oʻpka emfizemasi, yurak-oʻpka yetishmovchiligiga olib keladi. Yoʻtalni bartaraf etish uchun vrachga murojaat qilish lozim.

Davolash

Asosan, yoʻtalga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, balgʻam koʻchiradigan, yoʻtal markaziga taʼsir etadigan dorilar beriladi. Quruq yoʻtalda ogʻriqni va yoʻtalni qoldiruvchi dori-dormonlar tavsiya etiladi. Vrach tavsiyasiga koʻra, tomoqqa, koʻkrak sohasiga gorchichnik qoʻyiladi, issiq sutga asal qoʻshib ichiriladi, dorili ingalyasiya qilinadi. Yoʻtal koʻkyoʻtal, gripp va boshqa infeksion kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin, shu sababli, yoʻtalganda ogʻizga dastroʻmol tutish zarur (uni tez-tez yuvib, dazmollab turish kerak). [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Shuningdek qarang