Jaloliddin Rumiy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 7: Qator 7:
|Taxalluslari = Jaloliddin, Xodavandgar, Mavlono, Xomush
|Taxalluslari = Jaloliddin, Xodavandgar, Mavlono, Xomush
|Tavallud sanasi = 30.9.1207
|Tavallud sanasi = 30.9.1207
|Tavallud joyi = [[Balx]], [[Afgʻoniston]]
|Tavallud joyi = [[Balx]], [[Afgʻoniston]] Xorazmshohlar imperiyasi
|Vafot sanasi = 17.12.1273
|Vafot sanasi = 17.12.1273
|Vafot joyi = [[Ko`niya]], [[Turkiya]]
|Vafot joyi = [[Ko`niya]], [[Turkiya]]

4-Fevral 2016, 04:53 dagi koʻrinishi

Jalolidiin Muhammad Balxi Rumiy
Fayl:Molana.jpg
Asl ismi جلال‌الدین محمد بلخی
Tavalludi
Muhammad ibn Muhammad ibn Xusayn Xusayni Xatibi Bakri Balxi

30.9.1207
Balx, Afgʻoniston Xorazmshohlar imperiyasi
Vafoti 17.12.1273
Ko`niya, Turkiya
Taxallusi Jaloliddin, Xodavandgar, Mavlono, Xomush
Ijod qilgan tillari fors
Faoliyat turi shoir, faylasuf
Janr so`fiyona, falsafiy
Rumiy qabri (Mavlono muzeyi). Ko`niya, Turkiya.

Jaloliddin Rumiy yoki Mavlono Rumiy (30-sentabr 1207, Balx, Afg‘oniston — 17-dekabr 1273, Ko`niya, Turkiya) nomi bilan mashhur boʻlgan zot dunyoning ulugʻ donishmandlaridan biri, benazir shoir va betakror bir mutafakkir, valiy insondir.

Tarjimai holi

Jaloliddin Rumiy hozirgi Afgʻonistonning Balx shahri (Xorazmshohlar mamlakati)da, sultonal ulamo laqabini olgan ulugʻ shayx Muhammad Balovaddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Balovaddin Valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelisholmay, oilasi, muridlarini olib, Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan soʻng, Iroqu Ajam shaharlarini kezib, axiyri Turkiyaning Koʻniya (Konya) shahrida qoʻnim topadi. Saljuq sultonlari tarafidan izzat-ikrom bilan qabul qilingan Balovaddin Valad shu yerda muqim boʻlib qoladi. Bu orada moʻgʻul bosqini boshlanib, Movarounnahr va Xuroson oʻt ichida qoladi, Balxning toʻrt yuz ulamosi qatl qilinadi.

Jaloliddin ota yurtiga qaytib kelmadi va oʻzini anatoliyalik hisoblab, Rumiy degan taxallus oldi.

Ijodiy faoliyati va asarlari

Ilmiy doiralarda uni goh Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga oʻxshamaydi, u muazzam Sharq tafakkurining moʻʼjizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, sheʼriyat va maʼnaviyat ham birlashib, oliy koʻrinishda namoyon boʻladi. Jaloliddin Rumiy oʻzidan keyingi Sharq sheʼriyati, fikriy va maʼnaviy taraqqiyotiga ulkan taʼsir oʻtkazgan ijodkordir. Alisher Navoiy uni ilohiy ishq kuychisi, buyuklikning koʻz ilgʻamas choʻqqisi deb sharaflaydi. Mavlono Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi gʻoyat katta. Gʻazal, masnaviy va ruboiylarni oʻz ichiga oladigan „Devoni kabir“ („Ulugʻ devon“)da uch mingdan ortiq sheʼr bor. Falsafiy-soʻfiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan teranlik bilan yozilgan „Masnaviy-maʼnaviy“ ham bir necha ming baytdan iborat. Bundan tashqari, „Maktubot“, „Fihi mo fihiy“ („Nimaki undadir — undandir“) nomli asarlari ham mavjud.

Asarlarining boshqa tillarga tarjimalari

Rumiy asarlari jahonning koʻp tillariga tarjima qilingan, „Masnaviy maʼnaviy“ va „Fihi mo fihiy“ning usmonli turkcha tarjimalari mavjud. „Fihi mo fihiy“ - „Ichindagi ichindadir“ nomi bilan, olim Ulugʻbek Hamdam (Abduvahob oʻgʻli) tomonidan turkchadan oʻzbekchaga tarjima qilgan.

Manbalar

Hikmatlar

Havolalar