Amaliy sanʼat: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (4), va b.) → va boshqalar) (7), va b. → va boshqa (11) using AWB
Olaf Studt (munozara | hissa)
k added Category:Sanʼat using HotCat
Qator 9: Qator 9:


{{stub}}
{{stub}}

[[Turkum:Sanʼat]]

29-Dekabr 2015, 18:23 dagi koʻrinishi

Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati — bezak san’ati sohasi; ij-timoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyo-lari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)ni badi-iy ishlash bilan bog‘liq ijodiy meh-nat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarla-ri ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglash-ga mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usulla-rining ko‘pligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, jo‘n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamoti-da muhim rol o‘ynaydi. Xom ashyoning go‘zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning ta’-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar ko‘pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo‘layotgan bezak uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasvi-riy san’at (haykaltaroshlik, rangtas-vir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo‘llaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylana-di (panjara guli, to‘r; gilam, mato gulla-ri va h.k.). Amaliy sanʼat asarining uyg‘unligi av-valo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning o‘zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko‘lami va xusu-siyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi tas-viriy bo‘laklarni o‘zgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini o‘xshatib yaratishga olib keladi.19- a. 2- yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyo-si (yog‘och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo‘yash, o‘yib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, to‘qish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o‘z navbatida buyumlarga ishlov be-rishni loyihalash (dizayn) va uni i.ch. bilan bog‘lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va mil-liy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan uning mod-diy madaniyatini ifoda etadi. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati. yuza-ga kelgan. Uning rivojida xalq yashagan joyning jug‘rofiy sha-roiti, xalqining mashg‘uloti, etnik va milliy jihatlari, turmush tarzi, madaniy darajasi, qo‘shni xalqlar bilan aloqalari va boshqa muhim rol o‘ynagan. Kulollikka yaraydigan tuproq mavjud joylarda kulollik, chorvachi-lik rivoj topgan yerlarda jundan mato to‘qish, mo‘ynado‘zlik, kigiz bosish, gi-lamchilik va sh.k. rivojlangan, Amaliy sanʼat asar-390larining ma’lum joyga xos uslublari shakllangan.O‘zbekiston hududidan mezolit dav-riga oid qad. san’at yodgorliklari to-pilgan. Neolit davri sopol idishlari qo‘lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qo‘l bilan chizib) tu-shirib bezatilgan. Farg‘ona vodiysidan mil.av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikka oid jez davri quyma badi-iy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Farg‘ona vodiysi, Surxonda-ryo viloyati o‘troq dehqon aholisi idish-lari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil-qora chiziqchalar bilan bezalgan; Amudaryo bo‘yi vohasidan topilgan buyumlarda ham shunday tas-virlar jigarrang , oq za-minga chizil-gan. Jez davri dasht qabilalari foy-dalangan sopol idishlardagi uchburchak, ilonizi, archasimon yoki yo‘l-yo‘l tas-virlar qolip bilan bosilgan (Xorazmdagi Tozabog‘yop madaniyati, Buxoro vohasidagi Qizilqir qabristoni). Mil. av. 4 — 2- a.lar yodgorliklariga oid sopol idish va haykalchalarga hayvonlar shakli ishlan-gan (Qovunchi madaniyati idish dastasi-dagi hayvon shakli; Afrosiyob va Xolcha-yondan topilgan taqinchoqlardagi bo‘rtma tasvirlar). Ilk o‘rta asr (5 — 8- a.lar) amaliy bezak san’ati Sug‘d, Tohari-ston, Xorazm va Farg‘onadagi davlatlar madaniyati bilan bog‘liq ravishda rivoj-langan. Ganch o‘ymakorligi (Samarqand, Varaxsha) va yog‘och o‘ymakorligi (Sur-xondaryo viloyati)da naqshga mavzuli mu-jassamotlar aralashtirib berilgan, yassi bo‘rtma bezaklar o‘rnini hajmli shakllar egallagan. Handasiy va us-lublashtirilgan o‘simliksimon naqsh asoslari yanada mukammallashtiril-gan. Afrosiyob, Bolaliktepa va Va-raxsha rasmlarida tasvirlangan rang-barang kiyimlar shu davrda badiiy to‘qimachilik taraqqiy etganidan darak beradi. Surxondaryo viloyatining Termiz sh. yaqinida joylashgan qabristondan, Pop tumani Munchoqtepa manzilgohidan 4 — 6-alarga ovd qad. ajoyib kiyim-larning o‘ziga xos namunalari topil-gan, bundan qad. farg‘onaliklar kiyi-mi ancha murakkab qilib tiqilganligi ma’lum bo‘ladi. Samarqand viloyatidan qad. mahsi, Farg‘ona vodiysidan qolip va charm kesadigan maxsus pichoq topili-shi O‘zbekistonda, umuman butun Turki-stonda deyarli bir vaqtda, ya’ni 5 — 6-a.larda bu oyoq kiyimning urf bo‘lganini ko‘rsatadi. Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent, Surxon-daryo va Qashqadaryoda pichoqchilikning qad. markazlari bo‘lgan. Pichoqlar faqat uy-ro‘zg‘or buyumi emas, balki harbiy qurol, hunarmandlik asbobi sifatida qo‘llanilib kelingan. 6 — 12- a.larga oid pichoq namunalari metall tarkibi-ning , pichoq yasash usuli va bezaklari-ning o‘zgarib, taraqqiy eta borganini tasdiqlaydi. Navoiy, Bobur asarla-riga ishlangan miniatyuralarda (15 — 17- a.lar) yonga osib yuriladigan pi-choklarning turli xil namunalari tas-virlangan. 7 — 9- a.larda to‘qimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ish-lab chiqarilgan. O‘simlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tas-viri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usuli-da tushirilgan; bir me’yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan.5 — 10- a.larda sopol buyumlarning maxsus turi — ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda tasviriy mavzulardan keng foydala-nilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa o‘simliklar o‘yma, bo‘rtma va boshqa usullarda ishlangan. 6 — 10- a.lardan shisha idish-lar ko‘plab ishlandi; ko‘zacha, qadaxlar, siyoxdon, turli idishlar rangli (qizil, olcha rang , sariq, ko‘k, yashil), rangsiz shishalardan tayyorlanib, bo‘rtma, bos-391ma, chizma, qadama usullarda bezatilgan. Ko‘plab rang-barang shisha munchoqlar ishlab chiqarilgan. Marmar qabr toshla-ri usti girih naqshlar bilan bezatilgan, yog‘och va marmardan panjaralar ishlan-gan. Me’morlikda an’anaviy ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bir qatorda g‘isht qalab naqsh hosil qilish san’ati rivoj topdi. 12-a.da me’morlikda o‘yma terrakota-dan, sirlangan g‘ishtdan foydalanildi, mahobatli binolarning devor, gumbaz-lari koshin bilan qoplab, bino ichi ganch o‘ymakorligi, bo‘yama naqshlar bilan bez-atilgan.Islom dini qaror topishi bilan Amaliy sanʼat ning turli sohalarida badiiy bezak asarlari, mavxum naqsh-bezaklar yaratish-ga intilish kuchaydi. 9 — 10- a.lar me’-moriy naqqoshlikda handasiy (yulduzsi-mon shakllarning turli ko‘rinishlari) va arab yozuvlari ishlash yetakchi o‘rinda turgan. Girih san’ati yuksaldi. Rang-li sirning ixtiro qilinishi (8-a.) bilan badiiy kulollik taraqqiy etdi. Samarqand, Toshkent, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda sopol idishlarga naqsh-bezaklar ishlab, bo‘yab, ustidan sirlash usuli o‘zlashtirildi. Dastlab sodda yashil bezak ustidan xira sir qoplangan yoki 2—3 xil rangda sir dog‘lari oqizilgan idishlar ishlangan bo‘lsa, 10—11-a.lar-da idishning oq yoki g‘isht rang kizil za-miniga rangli angob bilan aniq naqsh mu-jassamoti tushirilib, ustidan tiniq (shaffof) qo‘rgoshin sir qoplangan. Shu davr kulolligi (ayniqsa Afrosiyob idishlari)ga bezak bilan badiiy shaklning bir-biriga mos ravishda ishlanishi xos-dir, keskin rangli bezakning aniq ish-lanishi va tasvirlarning mahalliyligi ("kufiy" yozuvlari, novda, lola, anor, tok barglari tasvirlanishi) bilan ajralib turadi. Keyingi davr idishlariga uslu-blashtirilgan o‘simliksimon naqshlar, yozuvlar va ba’zi hayvonlar shakli tu-shirilgan: yashil, yorqin havorang sirli idishlar, sirsiz bosma usulda tasvir tushirilgan, naqshli sopol idishlar ham ko‘p ishlangan. 12- a.dan koshindan noziq yupqa idishlar ko‘plab ishlana boshlandi.Badiiy metall buyumlar o‘rta asr uslu-bida yaratilgan. Idishlar (ko‘za, qozoncha, shamdon va boshqalar) bronzadan yasalib, hoshiya va turunj naqshlar bilan bezatilgan, yozuv-lar uslublashtirilgan o‘simliksimon naqshlar bilan, ba’zan kush va hayvonlar tasvirlari ham aralashtirilgan, chizma, kandakori va boshqa usullarda ishlov beril-gan. Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasida saqlangan ulkan qozon (1390) bezakla-ri, o‘yib naqshlangan eshik (1397), ku-mush qadab nafis ishlangan shamdonlar o‘sha davr Ax.ning nodir namunalari-dir. Shishasozlik (turli-tuman rangli qadah, piyola, likobcha va ko‘zachalar) va badiiy to‘qimachilik rivojlangan. 13 — 14- a.larda mo‘g‘ullar istilosi va undan keyingi davrlarda badiiy sopol idish-lar mayda o‘simlik va chizma naqshlar bilan bezalgan; yashil-qora va feruza-havorang bo‘yokdar oq angob ustiga tushirilgan, ustidan rangsiz yoki shaffof sir bilan qoplangan.Amir Temur va Temuriylar davri-da badiiy xunarmandlik yanada ravnaq topdi; nafis matolar, gulli kashtalar, zeb-ziynat buyumlari, badiiy bezatilgan qurollar, ot abzallari, idishlar ish-lab chikarilgan. Registon, Shog‘izinda, Oqsaroy kabi yirik me’moriy ansam-bllar yaratilib, bino tarzi rang-barang koshin va parchinlar bilan bezatilgan, bino ichi halli naqsh va bo‘yama naqshlar bilan, 15- a. 2- yarmidan tilla halli bo‘rtma "kundal" naqshi bilan bezatilgan. Yozma manbalarda Amir Temur saroylariga mavzuli tasvirlar, bo‘yama naqshlar ish-langanligi qayd qilingan.Shayboniylar hukmronligi (1500— 1601) va Ashtarxoniylar (1601 — 1753) davrida O‘zbekiston hududida tinim-siz urushlar bo‘lib turgan. Shuning uchun ham badiiy hunarmandlik poy-taxt — Buxoro va qisman boshqa yirik shaharlarda — Samarqand, Toshkent, Xi-vada to‘plangan, xattotlik, kitobat san’-ati, muqovasozlik, kitob miniatyurasi, qo‘lyozmalar yaratish san’ati rivojlangan. 392Ustalar qo‘lyozma kitob sahifalarini zarhal berib, noziq o‘simlik va handasiy naqshlar bilan to‘ldirib bezashgan. O‘zbekistonning barcha markazlarida ip, ipak, jun matolar (atlas, zandonachi, bax-mal, bo‘z, shohi, olacha, parcha) va tayyor bu-yumlar (ro‘mol, dasturxon, salla, belbog‘, qiyiq va boshqalar) ishlab chiqarilgan. 18- a.larda to‘qimachilik markazlari Buxoro, Marg‘ilon, Andijon, Samarqand, Xiva, Toshkentda joylashgan. Shahrisabzda popur (popop) chokli so‘zanalar, Buxoro, Samarqand, Toshkentda xon va ulamo-lar uchun zardo‘zi buyumlar tayyorlangan. 18 —19- a.larda mahobatli binolarni ayniqsa ichki qismini koshin, tosh, ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatish davom etdi. Kulollik va kandakorlik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Kandakorlik-ning Buxoro, Qarshi, Xiva, Shahrisabz uslublari vujudga keldi (q. Qo‘qon kan-dakorlik maktabi, Buxoro kandakorlik maktabi). Amaliy bezak san’atining boshqa turlarining mahalliy uslublari shakllandi.Yozma manbalardan 18- a.da iroqi do‘ppilar ko‘plab tiqilgani ma’lum. 19-a. 1- yarmi va o‘rtalariga oid kashtalarda (Buxoro, Samarqand, Nurota) chaman-zor-lar tasvirlangan. Shaxrisabzda "abr" bezakli matolar to‘qila boshlangan.Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda, Xorazm, Farg‘ona vodiysida ko‘nchilik qadimdan rivojlangan. Tur-li xil ko‘n mahsulotlari: charm, xrom, amirkon va boshqalardan poyabzal, telpak, ustki kiyim. ot-ulov abzallari, Kayish, qin kabi buyumlar tayyorlangan. Teriga badi-iy ishlov berish rivojlangan; dastlab oshlangan, ustidan pardozlangan, ba’-zilari bo‘yalgan. Buyumlar usti muraqqa usulida rangli charm, baxmal parchalari qo‘yib, popuklar, qo‘ng‘iroqchalar qo‘shib tikilib buyumning badiiyligi oshi-rilgan. Ayniqsa qog‘oz-hujjatlar so-lib yuriladigan juzdon (juzgirlar)ga turunj naqshlari bosma usulda tushi-rilib, hoshiyasiga noziq o‘simliksimon naqshlar berib bezatilgan.18—19- a.lar zargarlari qad. zargar-lik san’ati an’analarini davom etti-rishdi. Yozma manbalarga ko‘ra 18-a. zar-garlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Kurol-lar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. 19-a. zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumush-ga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolg‘alab (zarb berib), hallab o‘yib, bo‘rttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan.19- a. o‘rtalarida Rishton qishlog‘i qu-lollari elga mashhur bo‘ldi. Shu davrda Abdujalil, To‘xta, Abdulla kabi ustalar ishlab o‘ziga xos Rishton kulol-lik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga ko‘k bo‘yoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti do-ira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat bo‘lib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan to‘ldirilgan. To‘rsimon hoshiya naqshlar orasiga an’anaviy ko‘zchalar qo‘yilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari o‘ziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan.20-a. boshlarida O‘zbekiston amaliy bezak san’ati qad. an’analarga asoslan-gan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklan-di. Farg‘ona an’anaviy to‘qimachilik san’ati o‘rganilib, abr gulli kiyimli ipak matolar (A. Axmedov), Buxoro yi-rik gulli matolaridan bino ichini bez-aydigan badiiy buyumlar: deraza-eshik pardalar, choyshablar, dasturxonlar ish-lab chiqarildi. An’anaviy chitgarlik (A. Abdug‘afurov, K. Qo‘ziyev, G‘. Qo‘ziyev), gi-lamchilik va palos to‘qish (G. Abdullayev)da mavzuli tasvirlar berishga, kishilar siymosini yaratishga harakat kuchaydi. Kandakori buyumlarga ham tasviriy bez-393aklar berish rasm bo‘ldi. 19- a. an’ana-larini kashtachi K. Musajonov, opasin-gil Rajabovalar (Chust "tus" do‘ppilari, Shahrisabz "iroqi"larini yaratishgan), kulol T. Miraliyev, U. Shermatov, M. Is-moilov va boshqa davom ettirdi. Zargarlik buyumlari shakl jihatdan ancha soddalash-tirilsa ham qad. an’anaviy usullarda ishlandi. 30- yillar o‘rtalaridan sanoatda badiiy matolar i.ch. yo‘lga qo‘yildi. Tosh-kent to‘qimachilik k-ti satin, chit, urush-dan keyingi yillarda Marg‘ilon shoyi to‘qish k-ti sun’iy va ipak matolari ishlab chiqara boshladi. 60—70- yillarda Marg‘ilon "Atlas" birlashmasi, Naman-gan shoyi to‘qish f-kasi abr gulli ipak matolar chiqardi. Taqsim usulida yirik gulli kilib ishlangan "arabi" xilidagi, sidirg‘a va mayda gulli "terma" paloslar (T. Jo‘rayev, B. Mirzayeva, O. Xolmatova), zardo‘zi do‘ppi, nimcha, yirik namoyonlar (A. Aminov, M. Ahmedova, V. P. Stolya-rov), so‘zana, palak, gulko‘rpa va turli qiyiqlar, mayda haykaltaroshlikda an’-anaviy sopol ushpulaklar (U. Jo‘raqulov, H. Rahimova) qatori beg‘ubor hazil ruhi aks etgan haykalchalar (A. Muxtorov) yara-tildi.Ac. so‘nggi 80 — 90- yillar ichi-da quyidagi asosiy yo‘nalishlarda rivojlandi: 20 dan ortiq xalq hunarmandligini o‘z ichiga olgan xalq As; yengil (chinni buyumlar, badiiy ma-tolar) va mahalliy (sopol, yog‘och buyum-lar, gilamchilik, kashtachilik, zardo‘zlik va boshqalar) sanoatni o‘z ichiga olgan badiiy sanoat; ko‘rgazma, interer va manzara-li kulollik buyumlari, gobelen, shisha, chinni va zargarlik san’atida an’anaviy bo‘lmagan buyumlar yaratuvchi rassomlik ijodi bilan bog‘liq malakali yakka tartib-dagi mualliflik bezak san’ati.Xalq A.S.ini rivojlantirish, uning unutilgan turlarini qayta ti-klash va taraqkiy ettirishda "Us to" birlashmasi (1978) muhim rol o‘ynadi. Kulollik, kandakorlik, tosh, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, zargar-lik san’ati, zardo‘zlik, gilamchilik va kigizchilik, lok miniatyurasi, badiiy to‘qimachilik, nosqovoq, to‘qima ro‘zg‘or buyumlari, chinni, shisha buyumlar tay-yorlash va boshqa Amaliy sanʼat turlari rivojlanmoqda. Ganch o‘ymakorligini me’moriy bez-aklarda qo‘llash bu to‘rning barcha makta-blari an’analarini rivojlantirishga e’tiborni oshirdi. Ustalar turli mak-tab an’analarini uyg‘unlashtirib, o‘ta ehtiyotkorlik bilan me’moriy bezaklar mu-jassamotiga ki-ritmoqda. Badiiy hayotda ro‘y berayotgan jarayonning ta’siri hamda mahalliy badiiy an’analarning boyligi badiiy tajribada an’anaviy bo‘lmagan yakka tartibdagi mualliflik bezak san’atini rivojlantirmoqda. Badiiy to‘qimachilik, chinni, shisha, kulollik bu-yumlari ko‘rgazmalarda tez-tez namoyish ztilmoqda, ayni paytda shahar maishiy, me’moriy va boshqa muhitini boyitish vosi-tasiga aylanmoqda. Jumladan an’anaviy bo‘lmagan kulollik, gobelen tayyorlash rivojlanmoqda, ustalarning ishlari ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda. 70- yillardan kulollik asarlari Toshkent va boshqa shaharlardagi jamoat binolarini bezamoqda: Xalqlar do‘stligi saroyi, "Chorsu" mehmonxonasi, Toshkent metro-politeni bekatlari va boshqa O‘zbekiston re-spublikasi mustaqilligi As.ning barcha shakllarini rivojiga mus-tahkam zamin yaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahonga mashhur nafis san’atlar maktablarining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, millim tasviriy, ama-liy, miniatyura san’atining nodir dur-donalarini dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, nafis san’atlar sohasidagi il-miy izlanishlarni i.ch.ga tatbiq etish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik i.t. ishlarini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi (1997 y. 23 yanvar qarori). "Xalq ba-diiy hunarmandchiliklarini va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni dav-lat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tad-394birlari to‘g‘risida"gi (1997 y. 31 mart) qarori milliy madaniyatni rivojlanti-rishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va Amaliy sanʼat ning ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash asriy an’analarini va o‘ziga xos turlarini qayta tiklash hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan ma-dad ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq an’anaviy Amaliy sanʼat ning yangi-dan tiklanishi va rivojlanishi har yili Navro‘zda o‘tkaziladigan Amaliy sanʼat asar-lari ko‘rgazmasida namoyon bo‘lmoqda. Amaliy sanʼat ning hamma sohalarida professi-onal rassom, haykaltaroshlar o‘rtasida hamkorlik mavjud. Amaliy sanʼat ning shakllani-shi, taraqqiyoti jarayonida badiiy us-lublar almashinuvi san’atning boshqa turlari bilan bog‘liq ravishda davom etadi.Akbar Hakimov.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil