Qoʻrgʻoshin: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2), va b. → va boshqa (3) using AWB
k →‎Adabiyot: turkum using AWB
Qator 22: Qator 22:
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->


[[Turkum:Kimyo]]
[[Turkum:Kimyoviy unsurlar]]



{{stub}}
{{chem-stub}}

10-Dekabr 2015, 06:37 dagi koʻrinishi

Qoʻrgʻoshin, R -Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 82, at. m. 207,2. Tabiiy Q. 5 ta barqaror izotop: 2(,2R (juda oz miqdorda), 2MR (1,5%). 206R (23,6%), 2(|7R (22,6%) va 208R(52,3%) lardan iborat.

Q. miloddan 6—7 ming yil avval Misr, Mesopotamiya va qad. dunyoning boshqa mamlakatlari xalqlariga maʼlum boʻlgan. Ular Q.dan haykal, uy anjomlari va boshqa buyumlar yasashgan. Rimliklar Q.dan suv quvurlari sifatida foydalanishgan. Yunoniston va Qad. Rimda Q. birikmalari — Q. kuli RO va Q. li oq boʻyoq 2RSO,R(ON), turli dori va boʻyoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan.

Q. Yer poʻstining massa jihatidan 1,6T0~3%ini tashkil etadi. Uning 80 ga yaqin minerali maʼlum (bulardan eng muhimi galenit R5). Polimetall rudalarning oksidlanish zonalarida Q.ning (90 ga yaqin) ikkilamchi rudalari hosil boʻladi, ular jumlasiga anglezit R804, serussit RSO,, krokoit RSg04, piromorfit R,(RO,),S1 kiradi. q. radioaktiv elementlarning yemirilishidan hosil boʻlgan oxirgi mahsulot sifatida uran, toriy va aktiniy rudalarida uchraydi. Biosferada Q. oz miq-dorda va tarqoq holda boʻladi (tirik organizmda 5-10 3%, dengiz suvida ZT0_9%). Tabiiy suvlardagi Q. ionlari loyga yutilib, vodorod sulfid taʼsirida R8 holida suv tubiga choʻkadi, natijada dengiz balchigʻida Q. toʻplana boradi.

Q. yoqlari markazlashgan kub shaklida kristallanadi. Q.ning allotropik shakl oʻzgarishi yoʻq; suyuqlanish temperaturasi 327,4°, qaynash temperaturasi 1725°, zichligi 11,34 g/sm3. Q.ning oʻz birikmalaridagi oksidlanish darajalari +2 va +4; kimyoviy faol element emas. Q.ning R20, RO, R02, R304va R203tarkibli oksidlargʻgmaʼlum. Kis-lorodsiz sharoitda suv Q.ga taʼsir etmaydi. Qning R (ON), va R(ON)4 tarkibli gidroksidlari amfoter. vodorodli birikmasi RN4rangsiz gaz, beqaror modda, u R va N2ga parchalanadi. Q. galogenlar bilan birga qizdi-rilsa, RX2tarkibli, suvda oz eruvchan galogenidlar hosil qiladi (bu yerda X—galogen).

Sanoatda Q. R8 va qisman Q.ning kislorodli birikmalaridan olinadi. Metall holdagi q. olish uchun R8 ni havo ishtirokida kuydirib, hosil boʻlgan RO ni koʻmir taʼsirida xomaki Q.ga qadar qaytariladi. Kuydirish jarayonida paydo boʻladigan R8YU3 ni qaytarish uchun ohak qoʻshiladi. Xomaki Qda 92—98% R boʻlib, qolgan qismini Si, A§ (baʼzan Ai), 2p, 8p, A$, V1, Gʻe tashkil qiladi.

Q. juda koʻp miqdorda q. akkumulya-torlari uchun sarflanadi. Q. u-va boshqa radioaktiv nurlarni yutishi sababli Q.dan radioaktiv moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. Elektr kabellarni korroziyadan va mexanik taʼsirdan himoya qilish uchun Q. bilan qoplanadi. Q. asosida juda koʻp qotishmalar hosil qilinadi. Q. oksid RO billur va optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi. Uning azidi va stifiati (tri-nitrorezorsinati) portlovchi moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Q.ning tetraetili esa antide-tanatordir. N28 ning bor-yoʻqligini aniqlash uchun q. atsetatdan foydala-niladi. Q.ning barqaror izotopi 204R va radiaktiv izotopi 2|2R nishonli atomlar sifatida qoʻllanadi. Q.li dorilardan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi.

Oʻsimliklar oʻzi uchun kerakli Q.ni tuproqdan, suvdan va atmosfera yogʻinlaridan oladi. Odam organizmiga 1 sutkada ovqat orqali 0,22 mg cha, suv orqali 0,1 mg cha, chang orqali 0,08 mg Q. kiradi. Q. miqdori sutkasiga 0,2–2 mg dan oshmasligi kerak. Ortiqcha Q. organizmni zaharlaydi. Natijada jigar, yurak-tomir sistemasi, oʻpka va boshqa organlar kasallanadi. Bunday bemorlarni davolashda maxsus (komplekson hosil qiluvchi) va umuman sogʻayti-ruvchi dorilar (glyukoza, turli vita-minlar) hamda fizioterapiya usullari qoʻllanadi. Q.dan xastalanishni bar-taraf qilishda profilaktika katta ahamiyatga ega. Bu maqsadda Q. oʻrniga boshqa metall (mas, rux) ishlatish, Q. li oq boʻyoq oʻrniga titanli oq boʻyoqdan foydalanish, Q. ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, ish joylarini shamollatish, ishchilarni shaxsiy himoya qilish, parhez saqlash, vaqt-vaqti bilan tibbiyot koʻrigidan oʻtkazib turish katta ahamiyatga ega.

Adabiyot

  • Rahimov X. R., Anorganikximiya, T., 1984; Kasmmova S.S., Biogennne elementm, T., 1990.

Stalina Qosimova.