Yahudiylik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Yahudiylik}}
{{Yahudiylik}}
'''Yahudiylik, Yahudilik, Musevilik, Иуда''' yagona [[Xudo|tangrili]] [[Ibrohimiy dinlar]]ga kiradi. Musaviylik, Ibroniylik, Isroil dini deb ham ataladi.
'''Yahudiylik, Yahudilik, Musevilik, Иудаизм''' yagona [[Xudo|tangrili]] [[Ibrohimiy dinlar]]ga kiradi. Musaviylik, Ibroniylik, Isroil dini deb ham ataladi.


Dinlar tarihida katta o'ringa ega bo'lgan bu din, [[Muqaddas kitoblar|muqaddas kitoblarida]] Ahdga katta o'rin ajratgani uchun ba'zan bu din Ahd dini deb ham ataladi. Yahudiylarga ko'ra Tangri ular bilan bir ahd tuzadi. Tangri o'z amrlarini va qonun-qoidalarni [[Tavrot]]da ularga beradi. Asosan [[Isroil]]da va dunyoning bir qancha joylarida 14 millionga yaqin yahudiylar bor. Dunyoning ko'pchilikni tashkil etishi bo'yicha 11-dinidir.
Dinlar tarihida katta o'ringa ega bo'lgan bu din, [[Muqaddas kitoblar|muqaddas kitoblarida]] Ahdga katta o'rin ajratgani uchun ba'zan bu din Ahd dini deb ham ataladi. Yahudiylarga ko'ra Tangri ular bilan bir ahd tuzadi. Tangri o'z amrlarini va qonun-qoidalarni [[Tavrot]]da ularga beradi. Asosan [[Isroil]]da va dunyoning bir qancha joylarida 14 millionga yaqin yahudiylar bor. Dunyoning ko'pchilikni tashkil etishi bo'yicha 11-dinidir.

2-Dekabr 2015, 09:52 dagi koʻrinishi

Yahudiylik
Yahudiylik
mavzusidagi maqolalar
Kategoriya
Yahudiylar · Yahudiylik · Mazhablar
Yahudiy falsafa
Diniy matnlar
Muqaddas shaharlar
Muhim shaxslar
Hayot tarzi
Ravvin
Sinagoga
Yahudiylik va boshqa dinlar
Antisemitizm · Filosemitizm · Yeshiva
Xolokost

Yahudiylik, Yahudilik, Musevilik, Иудаизм yagona tangrili Ibrohimiy dinlarga kiradi. Musaviylik, Ibroniylik, Isroil dini deb ham ataladi.

Dinlar tarihida katta o'ringa ega bo'lgan bu din, muqaddas kitoblarida Ahdga katta o'rin ajratgani uchun ba'zan bu din Ahd dini deb ham ataladi. Yahudiylarga ko'ra Tangri ular bilan bir ahd tuzadi. Tangri o'z amrlarini va qonun-qoidalarni Tavrotda ularga beradi. Asosan Isroilda va dunyoning bir qancha joylarida 14 millionga yaqin yahudiylar bor. Dunyoning ko'pchilikni tashkil etishi bo'yicha 11-dinidir.

Iudaizm, yahudiylik — asosan, yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston ya. o.ningshimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari mil. av. 13-a.da Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-a.da Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo (Iuda) kabilasining nomidan olingan.

Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Mil. av. 10—6-a.larda I. yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-shiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliklar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va Talmudsa belgilangan bun-day koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.

Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av. 536 — mil. 70-y.lar), ravvinlar davri va yangi davr I.i (mo-dernistik I.). Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-a.lar)ning , keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda mil. av. 11—6a. oʻrtasida shakllangan. Mil. av. 5-a.da yozib olingan. Bundan keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil. av. 586 y. yangi Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 y. davom etgan "Bobil asirligi" va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd" matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga kelgan Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda: Quddus Talmudi — 4-a.da, Bobil Talmudi — 5-a.da eʼlon qilindi.

7—17-a.larda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. 18-a.dan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi.

I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-a.dan milodning 2-a.igacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-a.larida ortodoksal I.ga muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin I.dan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (q. Xristi-anlik).

I.ga eʼtiqod qiluvchilar 18 mln.ga yaqin, ularning uchdan bir qismi AQSH dadir.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil