Mikroneziya Federativ Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (9) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil (3), -a.lar → -asrlar using AWB |
||
Qator 4: | Qator 4: | ||
== Davlat tuzumi == |
== Davlat tuzumi == |
||
MFSH — AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979 |
MFSH — AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979 yil 10 mayda qabul qilingan, keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 yildan Leo Folkam). U vitse-prezident bilan birga parlament tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongressi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. |
||
== Tabiati == |
== Tabiati == |
||
M. orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina o.lari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi. |
M. orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina o.lari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi. |
||
Tarixn. Hozirgi M. davlatining xududi 17—19- |
Tarixn. Hozirgi M. davlatining xududi 17—19-asrlarda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889 yilda Germaniya Karolina o.larini Ispaniyadan sotib oldi. 1914 yilda orollarni Yaponiya bosib oldi, 2-jahon urushida AQSH egalladi. 1947 yildan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978 yilda Karolina o.lari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982 yilda imzolandi, 1986 yil 3 noyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. M. — 1991 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 noyabr — Mustaqillik kuni (1991). |
||
== Xoʻjaligi == |
== Xoʻjaligi == |
27-Noyabr 2015, 01:20 dagi koʻrinishi
Mikroneziya Federativ Davlatlari Federated States of Micronesia
| |
---|---|
Shior: "Peace, Unity, Liberty" | |
Madhiya: Patriots of Micronesia | |
Poytaxt | Palikir |
Rasmiy til(lar) | Inglizcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Peter M. Christian | |
Yosiwo P. George | |
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi AQSh ma'muriyatidan) | |
• Sana |
3-noyabr 1986 |
Maydon | |
• Butun |
1,399 km2 (181-oʻrin) |
• Suv (%) |
<1 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
46,962 (211-oʻrin) |
• Zichlik | 33/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$277 mil. (213-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$5,898 |
Pul birligi | AQSh Dollar (USD) |
Vaqt mintaqasi | UTC+10...+11 |
• Yoz (DST) |
UTC+10...+11 |
Qisqartma | FM |
Telefon prefiksi | 691 |
Internet domeni | .fm |
|
Mikroneziya (Micronesia), Mikroneziya Federativ Davlatlari, Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) (The Federated States Micronesia) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Karolina o.lari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 702 km². Aholisi 134,6 ming kishi (2001). Ular, asosan, mikronezlar boʻlib, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — ingliz tili. Poytaxti Palikir shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 shtatga boʻlinadi. BMT aʼzosi
Davlat tuzumi
MFSH — AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979 yil 10 mayda qabul qilingan, keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 yildan Leo Folkam). U vitse-prezident bilan birga parlament tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongressi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
M. orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000–6000 mm) yogʻadi. Karolina o.lari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi.
Tarixn. Hozirgi M. davlatining xududi 17—19-asrlarda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889 yilda Germaniya Karolina o.larini Ispaniyadan sotib oldi. 1914 yilda orollarni Yaponiya bosib oldi, 2-jahon urushida AQSH egalladi. 1947 yildan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978 yilda Karolina o.lari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982 yilda imzolandi, 1986 yil 3 noyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. M. — 1991 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 noyabr — Mustaqillik kuni (1991).
Xoʻjaligi
Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, uning mahsuloti aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mahalliy aholi baliq ovlash, kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, sholi yetishtirish bilan shugʻullanadi. Non daraxti, batat, taro ham ekiladi. Chorvachiligida asosan qoramol, echki, choʻchqa boqiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 226 km. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Chetga kopra, hunarmandchilik buyumlari, baliq, kokos yogʻi chiqaradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari — AQSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. "Neshnl yunion" ("Milliy igti-foq", 1980 yildan), "Chuuk nyus kronikl" ("Chuuk yangiliklari xronikasi", 1983 yildan) gaz.lari nashr etiladi. MFSH ijtimoiy axborot boshqarmasi hukumat mahkamasi boʻlib, u mintaqaviy radiost-yaga ega. Har bir shtatda televideniye xizmati mavjud.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |