Madrasa: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 7 y. → 7 yil (2), sent.da → sentabrda, -a.lar → -asrlar (11) using AWB
Qator 2: Qator 2:


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Madrasa''' (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-a.larda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-a.larda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. M.larda milliy ziyolilar tayyorlangan. Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida aytib oʻtilgan 937 y.gi yongʻinda zarar koʻrgan "Forjak" M.si Oʻrta Osiyodagi dastlabki M.lardandir. M.larning xon M.lari, eshon M.lari, xususiy M.lar kabi turlari boʻlgan. M. muassislari M.ni taʼminlash uchun maxsus mulk — vaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. M.larning vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, M. binosini taʼmirlash uchun ajratilgan, maʼlum qismi mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan.
'''Madrasa''' (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-asrlarda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-asrlarda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. M.larda milliy ziyolilar tayyorlangan. Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida aytib oʻtilgan 937 yilgi yongʻinda zarar koʻrgan "Forjak" M.si Oʻrta Osiyodagi dastlabki M.lardandir. M.larning xon M.lari, eshon M.lari, xususiy M.lar kabi turlari boʻlgan. M. muassislari M.ni taʼminlash uchun maxsus mulk — vaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. M.larning vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, M. binosini taʼmirlash uchun ajratilgan, maʼlum qismi mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan.


M.ga maktabxonann tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha boʻlgan. Ular M. yotoqxonalarida yashash huquqiga ega boʻlgan kunduzgi boʻlim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi boʻlim talabalari toifalariga ajratilgan. M. oʻquv dasturining umumiy jihatlari 10—12-a.larda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sent.da boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. M.da hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. M.da taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishdan boshlanib, "Sharhi mulla" kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. M.da oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7—12 y. davom etgan. Oʻrta Osiyodagi M.larda arab va fors tilida yozilgan kitoblar oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharxlab berilgan. M. oʻquv kursi, odatda, "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish bilan boshlangan. Keyin oʻrta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi (arab tili morfologiyasi — sarfi va sintaksisi—nahvi "Bidon", "Kofiya" kabi darsliklar asosida) oʻqitilgan. Arab tili grammatikasidan soʻng oʻquv kursi 2 boʻlimga: umumtaʼlim kursi — mushkulot va fiqh kursi — masala boʻlimlariga ajratilgan. M.larda fiqh kursining faroiz — meros huquqi qismi bilan birga mat. fani ham majburiy oʻquv kursiga kiritilgan. Talabalar oʻz xo-hish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala boʻlimlaridan birini, agar istasalar har ikki boʻlimni oʻqib tamomlashlari mumkin boʻlgan. M.larda toʻliq kureni oʻqib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxminan 137 darelik — qoʻllanmani oʻzlashtirish talab etilgan. Bu dareliklarning aksariyatini oʻrtaosiyolik allomalarning asarlari, jumladan, Imom Buxoriy va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziylarning hadis toʻplamlari, Abu Mansur Moturidiy Samarqandiyning "Kitob attavhid", Burhoniddin Margʻinoniynchng "alHidoya fi sharh albidoya", Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning "arrisola ash-shamsiya fi-l qavoid almantiqiya", Abdurahmon Jomiyshtg "al-Favoid addiyoiya", Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning "Viqoyat arrivoya fi masoil", Ubaydulloh ibn Masʼ-ud Mahbubiyning "an-Nuqoya" ("Muxtasar alviqoya") kabi asarlari tashkil etgan. M.larda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jugʻrofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, meʼmorlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham oʻqitilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Oʻrta Osiyo M.lari oʻquv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda oʻqitiladigan fanlar tarkibiga turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiyena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, Turkiston generalgubernatorligida 348 M. boʻlgan. 20-a.ning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan M.lar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va "xurofot oʻchoqlari" tamgʻasi bilan tugatib yuborilgan. OʻzRda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta M. esa endilikda faqat ruhoniylar tayyorlaydigan oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlariga aylantirilgan.
M.ga maktabxonann tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha boʻlgan. Ular M. yotoqxonalarida yashash huquqiga ega boʻlgan kunduzgi boʻlim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi boʻlim talabalari toifalariga ajratilgan. M. oʻquv dasturining umumiy jihatlari 10—12-asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sentabrda boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. M.da hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. M.da taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishdan boshlanib, "Sharhi mulla" kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. M.da oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7—12 yil davom etgan. Oʻrta Osiyodagi M.larda arab va fors tilida yozilgan kitoblar oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharxlab berilgan. M. oʻquv kursi, odatda, "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish bilan boshlangan. Keyin oʻrta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi (arab tili morfologiyasi — sarfi va sintaksisi—nahvi "Bidon", "Kofiya" kabi darsliklar asosida) oʻqitilgan. Arab tili grammatikasidan soʻng oʻquv kursi 2 boʻlimga: umumtaʼlim kursi — mushkulot va fiqh kursi — masala boʻlimlariga ajratilgan. M.larda fiqh kursining faroiz — meros huquqi qismi bilan birga mat. fani ham majburiy oʻquv kursiga kiritilgan. Talabalar oʻz xo-hish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala boʻlimlaridan birini, agar istasalar har ikki boʻlimni oʻqib tamomlashlari mumkin boʻlgan. M.larda toʻliq kureni oʻqib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxminan 137 darelik — qoʻllanmani oʻzlashtirish talab etilgan. Bu dareliklarning aksariyatini oʻrtaosiyolik allomalarning asarlari, jumladan, Imom Buxoriy va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziylarning hadis toʻplamlari, Abu Mansur Moturidiy Samarqandiyning "Kitob attavhid", Burhoniddin Margʻinoniynchng "alHidoya fi sharh albidoya", Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning "arrisola ash-shamsiya fi-l qavoid almantiqiya", Abdurahmon Jomiyshtg "al-Favoid addiyoiya", Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning "Viqoyat arrivoya fi masoil", Ubaydulloh ibn Masʼ-ud Mahbubiyning "an-Nuqoya" ("Muxtasar alviqoya") kabi asarlari tashkil etgan. M.larda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jugʻrofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, meʼmorlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham oʻqitilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Oʻrta Osiyo M.lari oʻquv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda oʻqitiladigan fanlar tarkibiga turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiyena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. 19-asr oxiri — 20a. boshlarida Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, Turkiston generalgubernatorligida 348 M. boʻlgan. 20-asrning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan M.lar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va "xurofot oʻchoqlari" tamgʻasi bilan tugatib yuborilgan. OʻzRda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta M. esa endilikda faqat ruhoniylar tayyorlaydigan oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlariga aylantirilgan.


M.lar musulmon olamida meʼmorlik inshooti sifatida 10— 11-a.larda vujudga kelgan. Ilk M.lar bir qavatli, oʻrtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat boʻlgan. Baʼzan gumbazli goʻrxona qurilib, M.ga homiylik qilgan kishining sagʻanasi qoʻyilgan. 14—16-a.lardan boshlabhashamatli M. binolari qurish avj oddi. Ular 2—3 qavatli qurilib, odatda, katta va goʻzal peshtokli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va mayejidi boʻlgan. Keyinrok, katta M.lar yoniga minora qurish rasm boʻlgan. Kirish peshtoqining roʻparasida, peshayvon boʻlib, u yozgi darsxona vazifasini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Baʼzan M.larda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar bilan oʻralib, hovli oʻrtasida hovuz qilingan. M.larning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar bilan pardozlangan. Qurʼondan oyatlar va hadislar koʻchirib yozilgan. Mas, Buxorodagi Ulugʻbek M.si eshiklariga "Bilim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir" degan hadisi-sharif bitilgan.
M.lar musulmon olamida meʼmorlik inshooti sifatida 10— 11-asrlarda vujudga kelgan. Ilk M.lar bir qavatli, oʻrtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat boʻlgan. Baʼzan gumbazli goʻrxona qurilib, M.ga homiylik qilgan kishining sagʻanasi qoʻyilgan. 14—16-asrlardan boshlabhashamatli M. binolari qurish avj oddi. Ular 2—3 qavatli qurilib, odatda, katta va goʻzal peshtokli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va mayejidi boʻlgan. Keyinrok, katta M.lar yoniga minora qurish rasm boʻlgan. Kirish peshtoqining roʻparasida, peshayvon boʻlib, u yozgi darsxona vazifasini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Baʼzan M.larda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar bilan oʻralib, hovli oʻrtasida hovuz qilingan. M.larning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar bilan pardozlangan. Qurʼondan oyatlar va hadislar koʻchirib yozilgan. Mas, Buxorodagi Ulugʻbek M.si eshiklariga "Bilim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir" degan hadisi-sharif bitilgan.


M. umumiy qurilish tipologiyasi (tasnifi) loyihasi va qurilmasiga koʻra, ajralib turadi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida masjid va darsxona qoidaga koʻra, peshtoqning ikki yon qanotida joylashgan. Suriya va Misrda ular kiraverishda hovlining toʻrida koʻndalangiga ayvonli qilib qurilgan. Turkiyada hovli tepasi ham gumbaz bilan qoplangan. Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoda odatdagidek ravokli qilib yopish uslubi qoʻllangan. Shim. Afrikada toʻsinli tomlar boʻlgan. Arab mamlakatlaridadastlabki M. vazir Nizomulmulk tomonidan Bagʻdodda (11-a.ning 2-yarmida) qurilgan. Oʻrta Osiyoda M. maxsus meʼmorlik inshooti sifatida qurilgani haqida tarixiy maʼlumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamgʻoch Bugʻroxon Ibro-him qurdirgan (11-a.) M. qoldiklari topilgan. Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor Madrasa, Timakori madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi, Muhammad Amin inots madrasasi, Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Abulqosim madrasasi, Qoʻqondagi Kamol qozi madrasasi, Andijondagi gumbaz M. va boshqa meʼmoriy yodgorliklar sifatida mashhur.
M. umumiy qurilish tipologiyasi (tasnifi) loyihasi va qurilmasiga koʻra, ajralib turadi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida masjid va darsxona qoidaga koʻra, peshtoqning ikki yon qanotida joylashgan. Suriya va Misrda ular kiraverishda hovlining toʻrida koʻndalangiga ayvonli qilib qurilgan. Turkiyada hovli tepasi ham gumbaz bilan qoplangan. Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoda odatdagidek ravokli qilib yopish uslubi qoʻllangan. Shim. Afrikada toʻsinli tomlar boʻlgan. Arab mamlakatlaridadastlabki M. vazir Nizomulmulk tomonidan Bagʻdodda (11-asrning 2-yarmida) qurilgan. Oʻrta Osiyoda M. maxsus meʼmorlik inshooti sifatida qurilgani haqida tarixiy maʼlumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamgʻoch Bugʻroxon Ibro-him qurdirgan (11-asr) M. qoldiklari topilgan. Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor Madrasa, Timakori madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi, Muhammad Amin inots madrasasi, Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Abulqosim madrasasi, Qoʻqondagi Kamol qozi madrasasi, Andijondagi gumbaz M. va boshqa meʼmoriy yodgorliklar sifatida mashhur.


== Adabiyot ==
== Adabiyot ==

26-Noyabr 2015, 23:45 dagi koʻrinishi

Madrasa(Arab.:مدرسة - dars oʻqitiladigan joy, darsxona) - islomda oʻrta va oliy maxsus diniy oʻquv yurti. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar, davlat idora xodimlarini tayyorlagan. Islom mamlakatlarida Madrasa haqidagi ilk maʻlumotlar 10-asrga oid boʻlib, ular Xuroson va Movarounnahrda joylashgan. 11-asrdan boshlab yetakchi oʻquv yurtiga aylangan, bungacha taʻlim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan. Madrasalar vaqf hisobiga taʻsis etilgan. Madrasada mudarrislar va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, oʻquv jihozlari (daftar, kitob, kalam va boshqalar) va turar joy bilan taʻminlangan. Madrasalar 11-12-asrlarda Oʻrta Osiyoning barcha yirik shaharlarida boʻlgan. Madrasaga maktabni tugatgan oʻspirinlar qabul qilingan. Oʻrta Osiyodagi Madrasalarda arab va fors tilida yozilgan - Qurʻon, hadislar, shariat qonunlari oʻrgatilgan. Ayrim Madrasalarda tibbiyot, aruz ilmi, falsafa, geografiya va boshqa fanlar oʻqitilgan. Hozir jahondagi koʻp xorijiy musulmon mamlakatlarning Madrasalarida diniy taʻlim bilan birga dunyoviy bilimlar ham oʻqitiladi.

Madrasa (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-asrlarda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-asrlarda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. M.larda milliy ziyolilar tayyorlangan. Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida aytib oʻtilgan 937 yilgi yongʻinda zarar koʻrgan "Forjak" M.si Oʻrta Osiyodagi dastlabki M.lardandir. M.larning xon M.lari, eshon M.lari, xususiy M.lar kabi turlari boʻlgan. M. muassislari M.ni taʼminlash uchun maxsus mulk — vaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. M.larning vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, M. binosini taʼmirlash uchun ajratilgan, maʼlum qismi mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va boshqa xizmatchilarga berilgan.

M.ga maktabxonann tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha boʻlgan. Ular M. yotoqxonalarida yashash huquqiga ega boʻlgan kunduzgi boʻlim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi boʻlim talabalari toifalariga ajratilgan. M. oʻquv dasturining umumiy jihatlari 10—12-asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sentabrda boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. M.da hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. M.da taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishdan boshlanib, "Sharhi mulla" kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. M.da oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7—12 yil davom etgan. Oʻrta Osiyodagi M.larda arab va fors tilida yozilgan kitoblar oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharxlab berilgan. M. oʻquv kursi, odatda, "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish bilan boshlangan. Keyin oʻrta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi (arab tili morfologiyasi — sarfi va sintaksisi—nahvi "Bidon", "Kofiya" kabi darsliklar asosida) oʻqitilgan. Arab tili grammatikasidan soʻng oʻquv kursi 2 boʻlimga: umumtaʼlim kursi — mushkulot va fiqh kursi — masala boʻlimlariga ajratilgan. M.larda fiqh kursining faroiz — meros huquqi qismi bilan birga mat. fani ham majburiy oʻquv kursiga kiritilgan. Talabalar oʻz xo-hish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala boʻlimlaridan birini, agar istasalar har ikki boʻlimni oʻqib tamomlashlari mumkin boʻlgan. M.larda toʻliq kureni oʻqib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxminan 137 darelik — qoʻllanmani oʻzlashtirish talab etilgan. Bu dareliklarning aksariyatini oʻrtaosiyolik allomalarning asarlari, jumladan, Imom Buxoriy va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziylarning hadis toʻplamlari, Abu Mansur Moturidiy Samarqandiyning "Kitob attavhid", Burhoniddin Margʻinoniynchng "alHidoya fi sharh albidoya", Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning "arrisola ash-shamsiya fi-l qavoid almantiqiya", Abdurahmon Jomiyshtg "al-Favoid addiyoiya", Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning "Viqoyat arrivoya fi masoil", Ubaydulloh ibn Masʼ-ud Mahbubiyning "an-Nuqoya" ("Muxtasar alviqoya") kabi asarlari tashkil etgan. M.larda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jugʻrofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, meʼmorlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham oʻqitilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Oʻrta Osiyo M.lari oʻquv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda oʻqitiladigan fanlar tarkibiga turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiyena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. 19-asr oxiri — 20a. boshlarida Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, Turkiston generalgubernatorligida 348 M. boʻlgan. 20-asrning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan M.lar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va "xurofot oʻchoqlari" tamgʻasi bilan tugatib yuborilgan. OʻzRda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta M. esa endilikda faqat ruhoniylar tayyorlaydigan oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlariga aylantirilgan.

M.lar musulmon olamida meʼmorlik inshooti sifatida 10— 11-asrlarda vujudga kelgan. Ilk M.lar bir qavatli, oʻrtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat boʻlgan. Baʼzan gumbazli goʻrxona qurilib, M.ga homiylik qilgan kishining sagʻanasi qoʻyilgan. 14—16-asrlardan boshlabhashamatli M. binolari qurish avj oddi. Ular 2—3 qavatli qurilib, odatda, katta va goʻzal peshtokli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va mayejidi boʻlgan. Keyinrok, katta M.lar yoniga minora qurish rasm boʻlgan. Kirish peshtoqining roʻparasida, peshayvon boʻlib, u yozgi darsxona vazifasini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Baʼzan M.larda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar bilan oʻralib, hovli oʻrtasida hovuz qilingan. M.larning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar bilan pardozlangan. Qurʼondan oyatlar va hadislar koʻchirib yozilgan. Mas, Buxorodagi Ulugʻbek M.si eshiklariga "Bilim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir" degan hadisi-sharif bitilgan.

M. umumiy qurilish tipologiyasi (tasnifi) loyihasi va qurilmasiga koʻra, ajralib turadi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida masjid va darsxona qoidaga koʻra, peshtoqning ikki yon qanotida joylashgan. Suriya va Misrda ular kiraverishda hovlining toʻrida koʻndalangiga ayvonli qilib qurilgan. Turkiyada hovli tepasi ham gumbaz bilan qoplangan. Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoda odatdagidek ravokli qilib yopish uslubi qoʻllangan. Shim. Afrikada toʻsinli tomlar boʻlgan. Arab mamlakatlaridadastlabki M. vazir Nizomulmulk tomonidan Bagʻdodda (11-asrning 2-yarmida) qurilgan. Oʻrta Osiyoda M. maxsus meʼmorlik inshooti sifatida qurilgani haqida tarixiy maʼlumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamgʻoch Bugʻroxon Ibro-him qurdirgan (11-asr) M. qoldiklari topilgan. Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor Madrasa, Timakori madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi, Muhammad Amin inots madrasasi, Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Abulqosim madrasasi, Qoʻqondagi Kamol qozi madrasasi, Andijondagi gumbaz M. va boshqa meʼmoriy yodgorliklar sifatida mashhur.

Adabiyot

  • Kerenskiy O. M., Medrese Turkestanskogo kraya-SPb., 1892; Abdullayev Yu., Ocherki po metodike obucheniya gramote v oʻzbekskoy shkole, T., 1966; Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; Shamsutdinov R. T., Rasulov B., Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri va XX asr boshlari), Andijon, 1995.

Gulnora Solijonova.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil