Panama: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
139 bayt qoʻshildi ,  6 yil oldin
k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, q.x. → qishloq xoʻjaligi (3), t-ra → temperatura, I.ch. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Hoz. → Hozirgi, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (18), va b.) → using AWB
k (Spanish spelling (es:República de Panamá))
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.y. → Transport yoʻli, q.x. → qishloq xoʻjaligi (3), t-ra → temperatura, I.ch. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Hoz. → Hozirgi, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (18), va b.) → using AWB)
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Panama''' (Panama), Panama Respublikasi (República de Panamá — Markaziy Amerikaning Panama boʻynida joylashgan davlat. Shim.dan Karib dengizi, jan.dan Tinch okean oʻrab turadi. Mayd.Maydoni 78,2 ming km². Axrlisi 2,88 mln. kishi (2002). Poytaxti — Panama sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provincia) va 5 muxtor indeys rezervatsiyasiga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972 y.dayilda kabul qilingan, unga 1978 va 1993 y.lardayillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli 6-n 5 y. mud-datga saylanadi va ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Kr-nun chiqaruvchi hokimiyatni Konun chiqaruvchi assambleya (bir palatali parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
P. hududi Markaziy Amerikaning eng kambar (48–200&nbsp;km) qis-mida. Qirgʻoqlari, asosan, past. Tinch okean va Karib dengiziga tutash sohillarida anchagina qoʻltiq bor. Mayda orol koʻp. P.ning butun hududi orqali gʻarbdan sharq tomon Kordilyera-de-Veragua, Kordilyera-de-San-Blas, Serraniyadel-Daryen togʻ tizmalari choʻzilgan, mamlakatning eng baland nuqtasi va harakatdagi vulkani Baru (bal. 3475 m). Oltin, simob, temir va mis rudalar, boksit, binokorlik ma-teriallarining kichikroq konlari bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha yillik t-ratemperatura 25—28°. Yogʻin jan. togʻ yon bagʻirlarida 1500&nbsp;mm dan shim. yon bagʻirlarida 5000&nbsp;mm gacha. Daryolari qisqa (200&nbsp;km gacha), kema qatnamaydi, qurgʻoqchil mavsumda koʻpincha qurib qoladi. Panama boʻynining eng kambar joyida Panama ka-nali qurilgan. Qizilsariq laterit tuproqlarda qimmatbaho daraxt turlari oʻsadigan oʻrmonlar, jan.-gʻarbdagi jigarrang-qizil tuproklarda savannalar uchraydi. Hayvonot dunyosi: zirhli, yovvoyi mushuklar (puma, otselot), chumolixoʻr, yalqov, bugʻu, koata maymuni va b.boshqa Daryey va b.boshqa milliy boglari, oʻrmon qoʻriqxonalari bor.
 
Aholisi, asosan, panamaliklar — metislar (60%), negrlar (15%), indeyslar (7%). Shaharlarda yamaykaliklar, xitoylar, amerikaliklar ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar katolik, bir qismi protestant. Yirik shaharlari — Panama, Kolon.
 
== Tarixi ==
P.ni ispanlar mustamlaka qilib olgunga qadar bu yerda kuna, guaymi, chokova va b.boshqa 60 dan ortiq in-deys qabilasi yashagan. P.nidastlab 16-a.da ispan konkistadorlari zabt etgan. Mustamlakachilar tub aholiga zulm oʻtkazgan va koʻpchiligini qirib tashlab, plantatsiyalar va konlarda ishla-tish uchun Afrikadan negr qullarni keltirgan. Amerikadagi ispan mustamlakalarining mustaqilligi uchun urush davomida (1810—26) Panama oʻzini mu-staqil deb (1821) eʼlon qildi va S Bolivar tuzgan Buyuk Kolumbiya respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 y.dayilda Buyuk Kolumbiya parchalangach, 1831 y.danyildan Yangi Granada (1886 y.danyildan Kolumbiya) respublikasi tarkibiga departament huquqida kirdi. 1903 y. P. Ko-lumbiyadan ajralib chiqib, mustaqillik eʼlon qildi. Ammo oʻsha yili 18 noyabr da AQSH bilan P. oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan, Panama kanali qurish moʻljallangan hudud AQShga "abadiy foydalanish, egallash va nazorat qilish" uchun berilishi oqiba-tida P. AQShga butunlay qaram boʻlib qoldi. Amerikaliklar bu yerda harbiy baza qurib, oʻz qoʻshinlarini joylashtirdi. P. xalqi koʻp yil oʻz yerini ozod qilish uchun kurashdi (1958, 1959, 1964 y.lardagiyillardagi harakatlar). 1968 ‘y. general O. Torrixos Errera boshchiligidagi milliy gvardiya davlat toʻntarishi qilib, iqtisodiy mustaqillikni mu-stahkamlash, siyosiy hayotni demokra-tiyalash tadbirlarini oʻtkazdi. 1977 y. P. hukumati AQSH bilan tuzgan ikki shartnomaga koʻra, 1903 y.gi shartnoma bekor qilindi, 1979 y. 1 okt.dan kanal zonasi ustidan P. suvereniteti tiklandi, 2000 y. 1 yanvardan kanalning oʻzi ham P. tasarrufiga oʻtdi. P. 1945 y.danyildan — BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y. 2 yanvarda tan oldi. Milliy bayrami —3 noyabr — Mustaqillik kuni (1903).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Arnulfista partiyasi, 1990 y. tuzilgan; "Papa Egoro" harakati, 1991 y. asos solingan; Leyboristlar partiyasi, 1982 y. tashkil etilgan; Liberal respublikachilar partiyasi, 1993 y. tuzilgan; P.xalq partiyasi, 1930 y.dayilda asos solingan; Liberal milliy partiya, 1979 y. tashkil etilgan; Liberal respublikachilar milliy harakati, 1981 y. tuzilgan; Inqilobiy demokratik partiya, 1978 y. asos solingan; Demokratik xristian partiyasi, 1963 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari konfe-deratsiyasi, 1956 y. asos solingan; Meh-natkashlar milliy kengashi, 1971 y. tuzilgan; P. boʻyni mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1971 y. tashkil etilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
P. — agrar mamlakat. 20-a.ning 70-y.laridayillarida P. hukumati baʼzi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni — q.x.qishloq xoʻjaligi sohasida, mehnat qonunchiligi va soliq sohasida islohotlar oʻtkazdi, barcha foydali qazilmalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini eʼlon qildi.
 
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy faol aholining 25% band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 15% hosil qilinadi. Yangi q.x.qishloq xoʻjaligi kooperativlari tuzilgan boʻlsa ham, latifundiyalar ustun mavqeda turibdi. Asosiy eksport ekinlari: banan, shakarqamish, kofe. Ichki isteʼmol uchun sholi, makkajoʻ-xori, kartoshka, dukkaklilar ekiladi. Goʻsht chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan: qoramol, choʻchqa, ot, echki va xachir boqiladi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur yogʻoch tayyorlanadi. Dengizda qisqichbaqa va baliq ovlanadi.
 
Sanoati zaif rivojlangan boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis rudasi, neft qazib olinadi. I.ch.Panama sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va b.boshqalar), yogʻochsozlik, koʻn-poyabzal, tikuvchilik, qogʻoz, sopol va sement sanoatining mayda korxonalaridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan z-d bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, Kolon, Nata. Panama kanali orqali yiliga 14 mingtagacha kema oʻtadi. Bu kanal roʻyxatga olingan kemalar soni va ularning umumiy yuk hajmi jixatidan dunyoda l-oʻrinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operatsiyalari hajmi jihatidan 2-oʻrinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro aeroporti — Panama, muhim dengiz porti — Kolon. T.y.Transport yoʻli uzunligi — 583&nbsp;km, avtomobil yoʻllari —10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yogʻoch, qisqichbaqa va b.boshqa chiqaradi, chetdan mashina va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va b.boshqa oladi. Asosan AQSH, Venesuela, Kostarika, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Italiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — balboa.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Vrachlar Panama universitetining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. 1946 y.danyildan majburiy 8 yliktaʼlim toʻgʻrisidagi qonun amal qiladi. Boshlangʻich maktab shaharlarda 6 y.lik (7 yoshdan 13 yoshgacha), qishloq joylarda —3 va 4 y.lik. Oʻrta maktab 6 y.lik boʻlib, 2 turkum, yaʼni 3 y.lik ijtimoiy fanlar va 3 y.lik tabiiyotmat. fanlari litseylaridan iborat. Hunartexnika taʼlimi texnika, q.x.qishloq xoʻjaligi, tijorat bilim yurtlari va boshlangʻich maktab yoki oʻrta mak-tabning bir turkumi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim Panama universiteti (1935 y.dayilda asos solingan) va Santamariya la Antigua xususiy katolik universitetida (1965) beriladi. Mamlakatdagi i.t.lar Milliy fan kengashi (1963) tomonidan muvofiklashtirib turiladi. P. milliy FA (1942), P. til akademiyasi, P. tarix akademiyasi (1942), Milliy arxeologiya va tarixiy yodgorliklar akademiyasi (1946), Indeys xalklar madaniyatini oʻrganish instituti (1952), Iktisodiy rivojlanish instituti (1953), Panamerika tarix va geogr. instituti, Panama universiteti huzuridagi i.t. muassasalari i.tlar olib boradi. P. universiteti kutubxonasi (1935), Milliy kutubxona (1892), P. milliy muzeyi (1925) va b.boshqa bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
P. da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Muqimlari: "Matutino" ("Tonggi xabarlar", kundalik hukumat gaz., 1969 y.danyildan), "Panama —Amerika" (kundalik gaz., 1989 y.danyildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gaz., 1980 y.danyildan), "Siglo" ("Asr", kundalik gaz., 1985 y.danyildan), "Unidad" ("Birlik", oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1973 y.danyildan), "Kritika libre" ("Erkin tan-qid", kundalik gaz., 1925 y.danyildan), "Analisis" ("Tahlil", iqtisodiyot va siyosat masalalarini yorituvchi oylik jur.). Milliy axborot agentligi yoʻq. P. ra-dioeshittirish uyushmasi mavjud. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv xususiy boʻlib, tijorat asosida ishlaydi.
 
Adabiyoti ispan tilida rivojlanib kelmoqda. Dastlab Kolumbiya adabiyoti tarkibida vujudga keldi. 19-a.ning 2yarmida undan ajralib chiqib, milliy adabiyot tarzida shakllana boshladi. M. Arosemena oʻzining "Tarixiy xotiralar" va oʻgʻli X. Arosemena ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maishiy mavzulardagi ocherklari bilan unga asos soldilar. 1845 y.dayilda tuzilgan Havaskor maʼrifatparvarlar jamiyati P. milliy adabiyotini yaratishda katta rol oʻynadi. Vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozgan X. Kolunxe, T.M. Fyoyyo, X. M. Aleman, A.D. le Isaka kabi shoirlar P. adabiyotini yuqori pogʻonaga koʻtardilar. 20-a. boshlarida hukm surgan modernizm namoyandalari D. Errera, G. Andreve, L. A. Soto, R. Miro va b.boshqa adiblar P. adabiyotining oʻziga xosligini himoya qilish bilan birga yevropacha uslublardan ham foydalandilar.
 
1-jahon urushidan keyin adiblar 2 oqimga boʻlinib ketdi. R. Sinan, R. Laurens kabi shoirlar "avangardizm" tarafdori boʻlib, formalizm yoʻliga oʻtdi. D. Korei, D. Errera Sevilyano ijtimoiy zidsiyatlarni aks ettirdi. I. de X. Valdes va b.boshqa adiblar shahar va qishloq turmushini haqqoniy tasvirladi. 2-jahon urushidan soʻng yozuvchilar ijodida ijtimoiy adolatsizlikni fosh etish mavzui muhim oʻrin oldi (M. Riyera, P. Rivera, X. Franko va b.boshqalar). Zamo-naviy yozuvchilar orasida D. Moran, A. Menendes Franko kabi shoirlar, E. Chues, X. M. Bayyard Lerma, X. Beleno kabi prozachilar, dramaturg X. de X. Martines asarlari mashxur.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qad. P. madaniyati Meksika, Kolumbiya va b.boshqa qoʻshni mamlakatlar madaniyati bilan oʻzaro hamohang shakllangan. Mahalliy indeyslar mahobatli inshootlar qurmagan. Mustamlakachilik davrida Panama, Portobelo sh.larida mudofaa istehkomlari, bozor, bojxona, omborlar bilan bir qatorda hashamdor zarhal oʻymakorlik uslubidagi cherkovlar barpo etildi. 20-a.da Panama, Kolon sh.larida zamonaviy Amerika meʼmorligi ruhida qurilgan meʼmoriy majmualarga mahalliy anʼana unsurlari singdirildi (G. de Ru, I. Galindo Valyarino, O. Mendes Guardiya kabi meʼmorlarning loyihalari).
 
Tasviriy sanʼati 16-a.gacha indeyslar yasagan tosh haykallar, odam va hayvon surati tushirilgan ustunlar, rang-barang sopol idishlardan iborat boʻlgan. Mustamlaka yillarida zamonaviy sanʼat vujudga kela boshladi. Zamonaviy rassomlardan R. Lyuis, X. M. Uloa, X. F. Arosemena, F. R. Karcherini koʻrsatish mumkin. Hoz.Hozirgi P. tasviriy sanʼatida kubizm (S. Oduber), syurrealizm (P. Runʼyan) va b.boshqa oqimlar yoyilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
197 605

ta tahrir

Navigatsiya