Venesuela: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Alpinu (munozara | hissa)
k Spanish spelling (República)
Qator 2: Qator 2:


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Venesuela''' (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (La Republica Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim.dan Karib dengizi va Atlantika okeani b-n oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km2. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas sh. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug , 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan.
'''Venesuela''' (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (República Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim.dan Karib dengizi va Atlantika okeani b-n oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km2. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas sh. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug , 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan.





8-Noyabr 2015, 21:23 dagi koʻrinishi

Venesuela Bolivar Respublikasi
República Bolivariana de Venezuela
ShiorDios y Federación
Madhiya: Gloria al Bravo Pueblo
(Glory to the Brave Nation)
Location of Venesuela
Poytaxt Karakas
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Nicolas Maduro
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
5-iyul 1811
Maydon
• Butun
912,050 km2 (33-oʻrin)
• Suv (%)
0.32
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
29,789,730 (43-oʻrin)
• Zichlik 29/km2
YIM (XQT) 2020-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$144,737 milliard. (73-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$6,135
Pul birligi Bolivar (VEB)
Vaqt mintaqasi UTC—4
• Yoz (DST)
UTC—4
Qisqartma VE
Telefon prefiksi 58
Internet domeni .ve

Venesuela (Venesuela Bolivar Respublikasi) poytaxti — Karakas shahri. BMT aʼzosi.

Venesuela (Venezuela), Venesuela Bolivar Respublikasi (República Bolivariana de Venezuela) — Jan. Amerikaning shim. dagi davlat. Shim.dan Karib dengizi va Atlantika okeani b-n oʻralgan. Mayd. 912,1 ming km2. Aholisi 23 mln. kishi (1999). Poytaxti — Karakas sh. Maʼmuriy jihatdan federal (poytaxt) okrug , 22 shtat, 72 federal hududga boʻlingan.


Davlat tuzumi

V. — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1999 y. 30 dek.dan kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 y. fevral dan Ugo Rafael Chaves Frias). U 6 y. ga saylanadi, ketma-ket ikkinchi marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy assambleya; u aholi tomonidan umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli b-n 5 y. ga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.


Tabiati

V. hududi relefiga koʻra 3 qismdan iborat: shim.-gʻarb va shim.da And togʻlarining bir qismi — Serrade-Perixa va Kordilera-de Merida togʻlari (Bolivar choʻqqisi, 5007 m), markazida Orinoko tekisliklari (Lyanos Orinoko) — bal. 40—150 m gacha boʻlgan allyuvial pasttekislik va jan.-sharqda Gviana yassitogʻligi — denudatsion tekislik (300—400 m) bor. V. ning asosiy qazilma boyligi neft (V. chekka bukilmasi va Marakaybo botigʻida) va gaz; temir rudasining yirik konlari, marganes rudasi, olmos, oltin, nikel va volfram konlari ham bor.

Iqlimi issiq subekvatorial boʻlib, yezda yogʻin koʻp yogʻadi, qishi quruq, jan.gʻarbda esa iqlimi ekvatorial, nam. Oylik oʻrtacha t-ra 25° dan 29° gacha, shim.gʻarbda 280 mm, markaziy qismida 750—1200 mm, jan.-sharkda 2000 mm gacha va jan.-gʻarbda hamda Kordilera-de Meridaning shim. yon bagʻirlarida 2000—3000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Daryolari koʻp, asosan Orinoko daryosi havzasiga kiradi; Orinokoning yuqori oqimi va uning oʻng irmoqlari (Ventuari, Kaura, Karoni va b.) serostona, juda koʻp sharsharalar hosil qiladi (dunyoda eng baland Anxel sharsharasi — 1054 m V. hududida), chap irmoqlarida kema qatnaydi. Eng yirik koʻli — Marakaybo kuli. Qizil laterit (ferrallit va ferrit) tuproqlar koʻproq uchraydi, jan.-sharqiy va jan-.da podzollashgan laterit, Quyi Lyanosning shim.da va Marakaybo pasttekisligining jan.da oʻtloqi-oʻrmon va botqoq tuproqlar tarqalgan. V. hududining yarmidan koʻpi oʻrmon, doimiy yashil oʻrmonlarda qimmatbaho daraxtlar oʻsadi, baland togʻlarda oʻtloqlar bor. Lyanosda savannalar, pasttekisliklarida mangra chakalakzorlari koʻp. Milliy bogʻlari: Kanayma, Serraniya-la-Neblina, Xaua-Sarisarinama va b.

Hayvonot dunyosi juda boy. Bu yerda maymunlar, mayda bugʻular, yalqov chumolixoʻr, zirhlilar va b. hayvonlar yashaydi. Qushlardan qora tumshuqli qoʻton, katta shaftolixoʻr, toʻti, kolibrilar bor. Daryolarda kayman (timsoh) va elektrik ilonbaliqlar koʻp.

Aholisi

Asosan, venesuellar (90%). V. ning jan.da yarim koʻchmanchi indeys qabilalari, sharqsa, Orinoko deltasida varrau, gʻarbda, Kolumbiya chegarasida chibcha, karib va aravak qabilalari yashaydi. Davlat tili — ispan tili. Dindorlar asosan katoliklar. Shahar aholisi 84%. Yirik shaharlari: Karakas, Marakaybo, Barkisimeto, Valensiya va b.


Tarixi

Kadim zamonlardan V. hududida aravak, karib va b. mayda shevalarda gaplashadigan indeys qabilalari yashagan. Bu qabilalar ibtidoiy-jamoa tuzumining turli bosqichlarida boʻlib, ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik b-n shugʻullangan. 1498 y. X. Kolumb V. sohillariga kirib kelgan. 1499 y. ispanlarning A. de Oxeda ekspeditsiyasi V. qirgʻoqlarini Marakaybo qoʻltigʻigacha tekshirganida indeyslarning suvda qoziqlar ustiga qurilgan turar joylarini koʻrib, bu diyorni V. (kichik Venesiya) deb atashdi. 16-a. boshlarida ispanlar V. ni bosib oldi. 1810 y. V. da mustaqillik uchun kurash boshlandi. Bu kurashga F. Mirando, keyinchalik S. Bolivar rahbar boʻldi. Natijada 1811 y. V. mustaqillikka erishdi. 1819 y. V. Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 y. dan V. — mustaqil davlat. 19-a. ning 2-yarmidan mamlakatga chet el kapitali suqilib kirdi. 1913 y.da neft konlari ochildi. Neft chiqarishning tez surʼatlar b-n oʻsishi natijasida ishlab bsruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari paydo boʻldi, bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga hal qiluvchi taʼsir qildi. 1947 y. general Medina Angarita harbiy rejimi agʻdarilgach, atoqli yozuvchi Romulo Galegos mamlakat prezidenti boʻlib qoldi. Galegos hukumati chet el neft kompaniyalari daromadlaridan davlat foydasiga olinadigan soliqni koʻpaytirdi, bu kompaniyalarning faoliyatini cheklaydigan bir qancha tadbirlar koʻrdi, sanoatda davlat sektorini yaratish, agrar islohot oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ana shu tadbirlar, shuningdek V. ning siyosiy mustaqillikka erishish yUlidagi harakati chet el monopoliyalarining noroziligiga sabab boʻldi. 1948 y. noyab.da bir guruh zobitlar chet el monopoliyalari yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Peres Ximenes 1952 y.da mustabid diktatura rejim i oʻrnatdi. P. Ximenes hukumati davrida (1952—58) V. iqtisodiy asoratga tushdi. Biroq mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar birlashib, diktaturaga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardi va 1958 y. yanvarda Ximenes hukumati agʻdarildi. Bu gʻalaba natijasida mamlakatda demokratik yoʻldan borish, mehnatkashlarning eng muhim talablarini qondirish imkoniyati tugʻildi. Biroq prezident R. Betankur hukumati milliy mustaqillikni himoya qilish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kerak desada, amalda reaksion kuchlarga yon berish siyosatini yuritdi. R. Betankurning reaksion siyosatidan mamlakatdagi barcha siyosiy guruhlar norozi edi. 1963 y.dek.da saylangan prezident R. Leoni hukumati ana shuni hisobga olib, ichki va tashqi siyosatda juda ustalik b-n ish tuta boshladi. Biroq bu siyosat oʻz mohiyatiga koʻra, millat manfaatiga zid siyosat boʻlganidan mamlakatda ilgʻor kuchlarning qarshiligi kuchaya bordi. 1968 y. aprel da hukmron "Demokratik harakat" partiyasida parokandalik roʻy berdi va u 1968 y. prezident saylovida magʻlubiyatga uchradi. 1968 y. prezident saylovida Sotsial-xristian partiyasining rahbari R. Kaldera gʻalaba qozonib, 1969— 74 y. lardagi muddatga davlat boshligʻi qilib tayinlandi. Shundan keyin ham V. da davlat prezidenti bir necha marta oʻzgardi. V. 1945 y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1996 y. 26 aprelda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1811).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari: Demokratik harakat, 1941 y.da asos solingan; Xalq saylov harakati, 1967 y. da tuzilgan; Milliy konvergensiya, 1993 y.da asos solingan; Respublikachi demokratik ittifoq, 1946 y.da tuzilgan; Sotsial-xristian partiya, 1946 yda tuzilgan; Sotsializm uchun harakat, 1971 y. tuzilgan; V. Kommunistok partiyasi, 1931 y. tashkil etilgan; Radikal ish partiyasi; Beshinchi Respublika harakati, 1997 y. asos solingan; Soʻl inqilobiy harakat, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyushmalari: V. mehnatkashlari yagona markazi, 1963 y.da tuzilgan; V. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 y. da tashkil etilgan.


Xoʻjaligi

V. — Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardan biri. Uning xoʻjaligi neft qazib olish va uni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bu sohada V. dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Davlat neft va gaz sanoati, elektr energetika, temir ruda qazib chiqarish va neft kimyosi tarmoklarini oʻz ixtiyoriga olgan. V. yalpi mahsulotida sanoat 48% ni, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45 % ni, q.x. 7% ni tashkil etadi.


Sanoati

Mamlakat valyuta tushumlarining 90% dan koʻprogʻini neft sanoati taʼminlaydi. Neftni qayta ishlovchi 12 z-d yiliga salkam 80 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Shuningdek tabiiy gaz, yuqori sifatli temir rudasi, boksit, marganes, nikel, oltin, olmos, toshkoʻmir ham qazib olinadi. Yiliga 61 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi (yarmidan koʻpi GES larda). Kimyo va neft kimyosi sanoati, avtomobilsozlik, qora metallurgiya rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, charmpoyabzal, qogʻoz, sement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Karakas, Marakaybo, Valensiya, Marakay, Puerto-Kabelo, La-Guayra.


Qishloq xoʻjaligi

Iqtisodiy faol aholining 12 % ga yaqini shu sohada band. Yirik yer egaligi ustun. Yer maydonining 2% ga yaqini ishlanadi. Yaylov va oʻtloqlar 18%, boshqa yerlar 80%. K-x. mahsulotlari qiymatining yarmi dehkonchilikka toʻgʻri keladi. Ammo u mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Dehqonchilik asosan togʻ yon bagʻirlarida va dengiz sohillarida rivojlangan. And togʻlaridagi oʻrmonlarni kesish va yondirish yoʻli b-n ham yer ochib dehkonchilik qiladilar. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kofe, kakao. Bundan tashqari kartoshka, dukkakli ekinlar, shakarkamish, sugʻoriladigan yerlarda paxta ham yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Karakas, Marakaybo atroflarida yirik sutchilik fermalari bor. Ammo aholining sutga boʻlgan ehtiyoji faqat 50 % qondiriladi. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi.


Transporti

Ichki yuk tashishning 90% ga yaqini avtomobil transportiga toʻgʻri keladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 101 ming km, t. y. larning uz. 336 km. Dengiz savdo floti mavjud. Asosiy portlari — La-Salina, Puerto-Kabelo, Marakaybo, Amuay, Punta-Kardon. Chetga chiqariladigan mahsulotlarning 9/10 qismini neft va neft mahsulotlar tashkil etadi; shuningdek alyuminiy, temir rudasi, prokat, kimyoviy mahsulotlar, mineral xom ashyo, oltin ham chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, ehtiyot qismlar, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon, transport vositalari, bugʻdoy, makkajoʻxori, sut mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: AQSH, Braziliya, Germaniya, Kanada, Italiya, Yaponiya va b. Pul birligi — bolivar.

Tibbiy xizmatga V. Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. Davlat davolash muassasalarida bepul tibbiy xizmat koʻrsatiladi, xususiy shifokorlar ham bor. Mamlakatdagi kasalxonalarda 40 mingga yaqin oʻrin bor. 15 ming shifokor xizmat koʻrsatadi. Shifokorlarni un-tlarning 7 fakulteti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmny va madanvy-maʼrifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga bepul majburiy taʼlim beriladi. Boshlangʻich maktabda 6 y., oʻrta maktabda (litseyda) 5 y. oʻqitiladi. Xususiy maktablar ham bor. Karakasda Markaziy un-t, Valensiya, Marakaybo, Merida sh.larida un-tlar mavjud. Milliy til akademiyasi (1882), tibbiyot akademiyasi (1904), bOdan ortiq i. t. muassasasi va 60 ilmiy jamiyat, Karakasda Milliy kutubxona (1883), Tasviriy sanʼat, tarix va S. Bolivar muzeylari bor.


Matbuoti, radioeshittirish va telekoʻrsatuvi

V. da nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Nasional" ("Millat", 1943 y.dan), "Universal" (1909 y.dan), "Ultimas notisias" ("Soʻnggi xabarlar", 1941 y.dan), "Mundo" ("Jahon", 1958 y.dan). Yirik jur.lari: "Momento" ("Lahza", 1959 y.dan), "Elite" ("Elita", 1925 y.dan). Venpres hukumat axborot agentligi 1975 y.da tuzilgan; "Innak" xususiy axborot agentligi 1958 y.dan beri ishlaydi. Radioeshittirish 1930 y.dan (asosan ispan tilida), telekoʻrsatuvlar 1952 y.dan olib boriladi. Bir qancha radio va telest-yalar bor. Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni V. Milliy radiosi va V. Milliy televideniyesi nazorat qiladi.


Adabiyoti

Ispanlar bosib olguncha boʻlgan indeyslarning xalq ogʻzaki ijodi namunalari saqlanib qolmagan. Yozma adabiyot asosan ispan tilida rivojlana boshladi. 19-a. boshlarida hajvchi V. Salias, shoir X. A. Montenegro, dramaturg X. D. Dias, publitsistlar F. Miranda va S. Bolivar asarlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari aks etdi. V. mustaqillikka erishgandan keyingi yangi adabiyotning shakllanishida shoir va olim Andreas Beloning maʼrifatparvarlik ruhida yozilgan "Poeziyaga murojaat", "Tropik dehqonchilik sharafiga" poemalari muhim rol oʻynaydi. 19-a. ning 2-yarmidan V. adabiyotida romantizm hukmronlik qildi. Bu oqimning X. P. BoNalde, X. R. Yenes, X. Kalkano kabi namoyandalari ijodida Yevropa va Amerika romantizmi asarlariga taqlid kuchli. 19—20-a.lar chegarasida naturalizm va modernizm oqimlari paydo boʻldi. Demokratik va inqilobiy harakatlar taʼsirida tanqidiy realizm rivojlandi. Mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlar, mehnatkashlarning qashshoq hayoti R. Galegos ("Salar oilasidan oxirgi kishi", 1920; "Donya Barbara", 1929; "Qashshoq negr", 1937), R. D. Sanches ("Neft", 1936), M. O. Silva ("Bezgak", 1939;"Boʻsh qolgan uylar", 1957) kabi yozuvchilar ijodida oʻz ifodasini topdi. G. L. Karreri "Mening eʼtirozim" (1962) hikoyalar toʻplamida, E. Subero "Zulmatda" (1963), E. Kolombani "Bugun xitob qilaman" (1963) kitoblarida xalq ommasining norozilik kayfiyati va kurashlarini aks ettirdilar. Taraqqiyparvar adiblar tinchlik, demokratiya yoʻlida barakali ijod etmoqdalar.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

Palma shohlari yopilgan kulbalar indeyslarning turar joylari boʻlgan. 16-a.dan boshlab ispanlar tomonidan shaharlar bunyod etila boshlandi. 18a. da V. shaharlarida binolar, asosan, shahar maydoni atrofida (barokko uslubida) qurildi. La-Guayra, PuertoKabelo, Karakas va b. shaharlarda ikki qavatli turar joy, savdo, maʼmuriy binolar hamda ibodatxonalar qurilishi avj oldi. 19—20-a. larda V. da Yevropa usulida qurilgan koʻp qavatli har xil meʼmoriy inshootlar qad koʻtardi. L. Urdaneta, R. Garema, G. Bermudes kabi meʼmorlar yetishdi. Qurilish, asosan, Karakasda rivojlandi. Lotin Amerikasining mashhur meʼmori K. R. Vilyanueva ishtirokida V. da un-t shaharchasi va b. binolar qurildi. Zamonaviy meʼmorlik temir-beton konstruksiyalar asosida rivojlandi.

V. hududida ispanlar bosib olgunga qadar indeyslar kulolchiligi va qoya rassomligi rivojlangan edi. 17—18-a. lar rassomligi va haykaltaroshligi asosan diniy harakterda. 19-a. boshlarida mahalliy portret sanʼati vujudga keldi (X. Lovera). 19-a. oʻrtalarida ozodlik harakatining taʼsirida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy haykaltaroshlik (M. Gonsales, E. Palasiosi-Kavelo) va rassomlik (M. Tovari-Tovar, A. Michelena) rivojlandi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida janrchi A. Michelena, romantik K. Roxas, manzarachi F. Brandt, impressionizm vakillari — E. Boggio, R. Monasterios kabi rassomlar ijod qildilar. V. sanʼatida realizm b-n bir qatorda modernizm oqimlari ham tarqalgan.


Teatri

Karakasda 16-a. dan boshlab teatr tomoshalari ora-sira koʻrsatila boshladi. 1853 y. Marakayboda birinchi milliy komediya ("Vijdonsiz, baxil va dangasa", M. Fernandes) sahnalashtirildi. 19-a. ning oxiri — 20-a. ning birinchi yarmida V. dramaturgiyasidagi jonlanish teatr sanʼatida ham oʻz aksini topdi. 50-y. larda bir necha teatr maktablari ochildi. Karakasda Komediya teatri, "Teatr munisipal", "Teatro nasonal", "Poliedro", "Ateneo" va b. teatrlar bor. Marakaybo, Barkisimeto, Merida kabi shaharlarda ham teatrlar mavjud. I. Gramko, S. Renxifo, V. Franko, I. Chokron va b.ning pesalari qoʻyiladi. A. de Pasi-Mateos, K. Ortis, A. Lopes, N. Kuriyel, X. Torres va b. teatr arboblari mashhur. 1959 y.dan V. teatri festivali oʻtkazib turiladi.


Kinosi

V .da birinchi film ("Karakasda karnaval") 1909 y. suratga olingan. Milliy kino sanʼati esa 20-a.ning 30-y.larida yuzaga keldi. 1948— 54 y.larda Karakasda "Bolivar film" kinostudiyasi ishladi. Bir necha kinoprokat firmasi bor. V. da yiliga 2—3 toʻla metrajli film ishlab chiqariladi. V. da tayyorlangan "Morena Klara" koʻp qismli badiiy filmi Oʻzbekiston televideniyesi orqali bir necha marta namoyish etildi. S. Enrikes, U. Petersen, M. Lara, R. Chalbaud, A. Roxas, E. Fernani, E. Montexo V. ning mashhur kino arboblaridir.

V. ning OʻzRdan geografik jihatdan olisligi sababli ular oʻrtasidagi savdoiqtisodiy aloqalar endigina rivojlana boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1997 y.da atigi 0,2 ming AQSH dollarini tashkil ztdi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil