Portugaliya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Alpinu (munozara | hissa)
k Portuguese spelling (pt:República Portuguesa)
Qator 1: Qator 1:
{{Portugal info}}
{{Portugal info}}
'''Portugaliya''' (Portugal), Portugaliya Respublikasi (Republica Portuguese) — Yevropaning jan. -gʻarbida, Pirenei ya.o.da joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor o.lari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Mayd. 92,3 ming km². Axrlisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon sh. Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.
'''Portugaliya''' (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning jan. -gʻarbida, Pirenei ya.o.da joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor o.lari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Mayd. 92,3 ming km². Axrlisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon sh. Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.


== Davlat tuzumi ==
== Davlat tuzumi ==

8-Noyabr 2015, 09:39 dagi koʻrinishi

Portugaliya Respublikasi
República Portuguesa
ShiorY'o`q
Madhiya: A Portuguesa
Location of Portugaliya
Poytaxt Lissabon
Rasmiy til(lar) Portugal tili
Hukumat Parlamentlar Respublika
• Prezident
Anibal Kavako Silva
Pedro Passos Coelho
Yilda tashkil etilgan (868)
Maydon
• Butun
92,391 km2 (110-oʻrin)
• Suv (%)
0.5
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
10,566,212 (75-oʻrin)
• Zichlik 114/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$196,300 mil. (41-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$18,578
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+0
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma PO
Telefon prefiksi 351
Internet domeni .pt

Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning jan. -gʻarbida, Pirenei ya.o.da joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor o.lari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Mayd. 92,3 ming km². Axrlisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon sh. Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.

Davlat tuzumi

P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976 y. 25 apr. da kuchga kirgan, unga 1982 va 1989 y.larda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1996 y.dan Jorje Sampayyu), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y.ga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati

Atlantika okeani sohillari payettekislik, qumli, kam parchalangan. Shim.da Meseta yassi togʻligining chekka qismlari joylashgan. Esh-trela togʻi — mamlakatning eng baland nuqtasi (1991 m). Gʻarbida togʻlar dengiz boʻyi pasttekisligiga tik tushadi. Teju daryosi jan.da Portugaliya past-tekisligi bor. Eng chekka jan.ni Ser-ra-daalgarvi past togʻlari egallagan. Volfram, qalay, mis, temir, qoʻrgʻoshin, uran rudalari, kumir, kaolin, berill, marmar, oltin, kumush konlari topilgan. Iqlimi — subtropik. Oʻrta dengizga xos. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi sohilda 10°, ichki hududlarda 8° gacha, iyulniki — sohilda 20° va ichki hududlarda 27°. Yogʻingarchilik sohilda yiliga 1000 mm, togʻlarda 2000 mm. Doru (Duero), Teju va Gvadiana daryolarida kema qatnaydi. Shim.da togʻ-oʻrmon podzol, markaziy va jan. hududlarda qoʻngʻir va jigarrang , dare vo-diylarida allyuvial tuproklar. Sohilda botqoq yerlar, shoʻrxok tuproklar koʻp. Mamlakat jan. oʻsimliklari Oʻrta dengiz atrofiga xos, togʻlar makvis chakalakzorlari bilan qoplangan, shim.dagi togʻlarda tosh eman va poʻkak eman, kashtan, sohilda qaragʻayzorlar uchraydi. Togʻlardagi kattagina maydonlar oʻtloq. Hayvonot dunyosi boʻri, tulki, suvsar, genetta, tipratikan, yovvoyi quyon va h.k.lardan iborat. Kemiruvchilar, koʻrshapalaklar, har xil parranda koʻp. Jeresh va Ria Formoza milliy bogʻlari, bir necha qoʻriqxonalar bor.

Aholisining 99% — portugallar; ispanlar va b.lar ham yashaydi. Rasmiy tillar — portugal va mirandes tillari. Shahar aholisi 35% ga yaqin. Dindorlari — katoliklar. Yirik shaharlari: Lissabon, Portu, Amadora.

Tarixi

P. hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlgan. Mil. av. 4—3-a. lardan bu yerda luzitanlar yashagan. Mil. av. 1-a. oxirida Kdd. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati boʻlib qoldi. Mil. 5-a. 1yarmidan svevlar, 6-a. 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713—18 y.larda P. hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249—50 y.larda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik oʻrni qulay boʻlganligi tufayli savdosotiq va hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuchayib, uzga mamlakatlarni bosib ola boshladi. Afrika va Osiyodagi bir qancha hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500 y.dan Braziliyani egallashga kirishdi. 16-a.ning 1yarmi P. imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda katta boylikni qoʻlga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar)ning chet ellarga ketib qolishi sababli P. iqtisodiyoti tushkunlikka uchray boshladi. 1581—1640 y.larda P. Ispaniya hukmronligida buldi. 18-a. boshida P. iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angliyaga butunlay karam bulib qoldi. 1750 y.dan mamlakatda "maʼrifiy absolyutizm" ruhidagi islohotlar tufayli bir muncha iqtisodiy va siyosiy jonlanish boshlangan bulsa ham, 1777 y.dan key-in bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807 y.da Napoleon 1 qoʻshinlari P.ni bosib oldi. 1811 y.da fransuz bosqinchilari haydab chiqarildi, biroq mamlakat 1820 y.gacha ingliz bosqinchilari zulmi ostida qoldi. 1820 y. P. inqilo-bidan soʻng islohotlar utkazildi. 1821 y. taʼsis korteslari qabul qilgan liberal konstitutsiya zamindorlarning imtiyozlari va inkvizitsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, toʻqimachilik f-kalari barpo etildi, 1853 y.dat.y. ishga tushirildi. Ammo P. 20-a. boshlarida ham qoloq mamlakatligicha qolaverdi.

1926 y. 28 mayda hokimiyatni fashistlar egalladi. 1911 y. konstitutsiyasi bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932 y. davlat toʻntarishi boʻlib, A. di Oliveyra Salazar butun hokimiyatni koʻlga oldi. 1933 y. "yangi davlat" konstitutsiyasi joriy qili-nib, unda fashistik diktatura krnunlashtirildi. Barcha muxolifat partiyalar faoliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuchaytirildi. 2-jahon urushida P. betaraf turdi. Urushdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuchaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kachilik urushi P. iqtisodiyotini juda zaiflashtirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik kay-fiyati tarkaldi. 1974 y. 25 apr.da fashizm diktaturasi barham topdi va hokimiyat general di Spinola boshliq Milliy najot kengashi qoʻliga oʻtdi. Siyosiy faoliyatga birmuncha erkinlik berildi. Gvineya-Bisau, Mozambik, Yashil Burun o.lari (hoz. Kot-d’Ivuar), San-Tome va Prinsipi o.lari va An-golaga mustaqillik berildi. 1976 y. qabul qilingan konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va demokratik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez oʻzgarishi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982 y. noyabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlash orqali mamlakatdagi siyosiy holatni barkarorlashtirdi. P. — 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y. 16 yanvarda tan oldi va 1992 y. 13 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 10 iyun — Portugaliya kuni (1580).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq monarxiyachi partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995 y. tashkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1921 y. asos solingan; Sotsial-demokratik partiya, 1974 y. tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1973 y. asos solingan. Portugal mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi— Milliy intersindikal, 1970 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari umumiy itti-foqi, 1979 y. tuzilgan, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi tarkibiga kiradi.

Xoʻjaligi

P. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 30%, q.x. ulushi — 6% atrofida.

Sanoati

20-a. oxirlarida sanoatda mehnatga layoqatli aholining 33% ishladi va yalpi milliy mahsulotning 40% dan koʻprogʻini ishlab chiqardi. Temir, volfram, mis, uran, qalay rudalari, kumir, oltin, kumush qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajra-tib olinadi. Mayda metallurgiya korxonalarida va Lissabon yaqinidagi Seyshal sh.dagi z-dda metall eritiladi. Sanoat i.ch. qiymatining salkam 30% mashinasozlik va metall ishlash korxonalari ulushiga toʻgʻri keladi. Kemasozlik, avtomobil yigʻuv, velosiped, mototsikl, motorlar, ayrim turdagi stanoklar, roʻzgʻor mashinalari, elektrotexnika va radioelektronika asbob-uskunalari i.ch. rivojlangan. Kime va neft kimyosi korxonalarida oltingugurt kislotasi, mineral ugʻit, sintetik tola va plastmassa ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik (ip va jun gazlama toʻqish), tikuvchilik, ozik,-ovqat (zaytun yogʻi, baliq konservalari, vino i.ch.) sanoati azaldan eksport uchun ishlaydi. Sement, chinni, oyna va sopol i.ch. korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi (asosan, GESlarda). Asosiy sanoat markazlari: Lissabon, Portu, Setubal, Barreyru, Braga.

Qishloq xoʻjaligining asosini dex.qonchilik tashkil etadi. P. hududining 50% ishlanadi, shundan 30% haydaladigan yerlar. 10% bogʻ va tok-zor, sitruszor, zaytunzorlar. Asosiy oziqovqat ekinlari: bugʻdoy, makka-joʻxori, javdar, arpa, iyuli, kartoshka. Orollarda banan, ananas, shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi. Q.x. aholining oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qoplamaydi. Trans p orti ning asosiy turi — dengiz kema qatnovi. Dengiz savdo flo-tiningtonnaji 1,1 mln. t dedveyt. T.y. uzunligi — 3,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 70,1 ming km. Lissabonda 1960 y.dan metropoliten ishlaydi. Lissabon va Azor orollari (Santamariya)da xalkaro aeroport bor. Asosiy dengiz portlari — Lissabon, Portu.

Tashqi savdosi

P. chetga mineral xom ashyo, toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari, vino, meva, poʻkak, qogʻoz, oziqovqat mahsulotlari, mashina-uskunalar chiqaradi. Chetdan q.x. mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi (asosan, neft va neft mahsulotlari), mashina va uskunalar, kimyoviy mahsulotlar keltiradi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — eskudo.

Tibbiy xizmati

Davlatga karashli kasalxonalar bilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. 3 universitetning tibbiyot f-tlarida vrachlar tayyorlanadi. Kuror-tlari orasida balneologiya sihatgoqlari koʻp.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. 7 yoshdan 13 yoshgacha oʻqish majburiy va bepul. Boshlangʻich maktabi 7 y.lik boʻlib, u 4 y.lik boshlangʻich va 3 y.lik qoʻshimcha kursdan iborat. 4 y.lik boshlangʻich maktab negiziga tayangan litseylar va shunga oʻxshash boshqa oʻquv yurtlari oʻrta maʼlumot beradi. Hunar-texnika taʼlimi beruvchi turli oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 1 y.dan 5 y.gacha. 8 universitet, oliy pogʻona kollejlari, harbiy va dengiz maktablari oliy maʼlumot beradi. Ko-imbradagi universitet (1290 y. asos solingan, xuzurida 5 institut bor), Lissabon universiteti (1290 y. asos solingan, 1911 y. qayta tiklangan, xuzurida 8 institut bor), Lissabondagi texnika universiteti (1931 y. asos solingan), Portu sh.dagi universitet (1911 y. asos solingan) ularning eng yiriklaridir. P.da Lissabon ilm-fan aka-demiyasi (1779), Milliy sanʼat akademiyasi (1932), 25 i.t. instituti, koʻpgina filiallarga ega boʻlgan Tabiiy fanlar boʻyicha tadqiqot kengashi (1936 y. Lissabonda tashkil etilgan), tibbiyot, fizika fanlari, texnika masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi tadqiqot markazlari bor. Ped., tarix, geogr., arxeologiya, sanʼatshunoslik, til va adabiyot arboblarini byrlashtiruvchi 48 ilmiy jamiyat mavjud. Yi-rik kutubxonalari: Fanlar akademiya-sining kutubxonasi (1779), Lissabondagi Milliy kutubxona (1796), Koim-bra universiteti kutubxonasi va b. Yirik muzeylari: Milliy qad. sanʼat muzeyi, Milliy zamonaviy sanʼat muzeyi, Xalq sanʼati muzeyi, Dengiz orti hududlari etnografiyasi muzeyi, Arxeologiya, Bezak sanʼati, Harbiy mu-zeylar (hammasi Lissabonda), Koimb-radagi tabiat tarixi muzeyi va b.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekursa guvi. P.da koʻpgina gaz. va jur.lar nashr etiladi, eng muhimlari: "Dia" ("Kun", kundalik gaz., 1975 y.dan); "Diariu da Republika" ("Respublika gazetasi", kundalik gaz., 1820 y.dan), "Diariu notisiash" ("Yangiliklar gazetasi", kundalik gaz., 1864 y.dan), "Diariu popular" ("Xalq gazetasi", kundalik kechki gaz., 1942 y.dan), "Alavanka" ("Pishang", oylik jur.), "Kapital" ("Poytaxt", kundalik kechki gaz., 1968 y.dan), "Publiku" ("Jamoatchilik", kundalik gaz., 1990 y.dan), "Eshpresu" ("Ekspress", haftanoma, 1974 y.dan). Luza axborot agentligi 1987 y.da ilgarigi ikki agentlik: Notisiash di Portugal va Ajen-sia Notisioza Ofisial Portugeza — ANOPning qoʻshilishi yoʻli bilan tuzilgan. P. radioeshittirish davlat kompa-niyasi 1975 y. tuzilgan. P. televideniye-si, aksiyadorlik telekompaniyasi, 1956 y. tashkil etilgan.

Adabiyotiga boy portugal folklori asos boʻlgan, uning 11-a.ga oid namunalari bizgacha yetib kelgan. 13—15-a. larga mansub ritsarlik lirikasi namunalari ilk adabiy yodgorliklardir. 15-a. boshlaridan tarixiy xronikalar yaratildi, ularda tarixiy vokealar afsona va rivoyatlar bilan qoʻshib tasvirlandi. 15-a. oxirlaridan Uygʻonish davri adabiyoti maydonga chiqa boshladi. 16-a. oʻrtalaridagi iktisodiy va siyosiy tanglik oqiba-tida adabiyot ham inqirozga yuz tutdi. 18-a. oʻrtalaridan adabiyotga maʼrifat-parvarlik gʻoyalari kirib keldi. 19-a.ning 30-y.larida romantizm rivoj topdi. 50—60y.larda esa zamonaviy mavzularga eʼtibor kuchaydi. A. di Kental (1842—91) sheʼriyati, J. Dinishe (1839-71), J.M. Esadi Keyrush (1843-1900) romanlari, A.Enish (1848—1901) pyesalari voqea va hodisalarni haqqoniy aks ettirdi. 20-a. P. adabiyotida dekadentlik tamoyillari hukmron boʻldi. 1926 y. fashizm diktaturasi oʻrna-tilishi umidsizlik kayfiyatini kuchay-tirdi. 1974 y. bu diktatura barham top-gach, erkin adabiyotning vujudga kelishiga imkon yaratildi. Ilgʻor adiblar yangi, demokratik madaniyat barpo etishda faol katnasha boshladilar.

Meʼmorligi

P. xududida mil. av. 1-ming yillikning 1yarmidan doirasimon re-jali uylardan iborat istehkomli man-zilgoqlar saqlangan. Rimliklardan Evordagi Diana ibodatxonasi haro-balari (mil. av. 3—2-a.lar), vestgotlardan 3 nefpn bazilika tipidagi muh-tasham qirol saroylari (7-a.), arab madaniyatidan guvalak turar joylar qolgan. 12—14-a.larda koʻpdan-koʻp shahar soborlari va monastir majmualari roman va gotika uslubida (Lissabon, Braga, Vizeu, Evorada) qurilgan. Tugab borayotgan romantizm milliy bezak uslubi — "manuelino" uchun asos boʻldi. Ispanlar hukmronligi davri (1581—1640)da qurilish inqirozga uchradi. 17-a. oxiri — 18-a. da shaharsozlik rivojlandi, meʼmorlikda barokko va rokoko ustun boʻldi (Lissabon yaqinidagi Kelush saroyi, 1747—52, meʼmor M. V. di Oliveyra), 19-a.da klassitsizm rivojlandi. 20-a. meʼmorligida eng yangi qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanildi. Lissabon va Portu sh.lari rekonstruksiya qilinib, imoratlarda quyoshni toʻsuvchi qurilmalar qoʻllanildi.

Tasviriy sanʼati

Paleolit davridan qoya rasmlari (Santyagu-du-Eshkoral), neolit davridan dolmenlar, sopol idishlar saqlangan. 13— 15-a.larda gotika uslubidagi haykaltaroshlik rivojlandi. 15—16-a.lar P. rassomligi niderland sanʼati taʼsirida taraq-qiy etdi. 17—18-a.lar sanʼatida barokko usuli mahobatli haykaltaroshliqsa namoyon boʻldi (J. Mashadu di Kashtru, A. Ferreyra ijodi), 18—19-a. boshlaridagi rassomlikda soʻnggi italyan barokko sanʼati anʼanalari klassitsizmning akademik talqini bilan almashdi. 20-a.ning 50-y.larida neo-realistlar oqimi maydonga keddi (J. Pamar va b. ijodi), bu oqim vakillari milliy tarix va xalq hayotiga murojaat etdilar. Fashist diktaturasi agʻdarib tashlangach, koʻpgina rassomlar demokratik oʻzgarishlarga hissa qoʻshish ishtiyoqida ijod qila boshladi. Xalq ijodida yogʻoch oʻymakorligi, guldor sopol va turli ba-diiy buyumlar tayyorlash, toʻqimachilik, toʻr toʻqish rivoj topgan. Musiqasi ispan musiqa madaniyati bilan mushtarak xususiyatlarga ega. Qoʻshiq va qoʻshiq-raqs janrlari koʻproq rivojlangan. Mexnat va marosim qoʻshikdaridan eng koʻp tarqalgani — fadu (gitara joʻrligida kuylanadi), eng ommaviy raqs — vira. Gitara, gayta (volinka), zabumba (katta silindrsimon baraban), tambur (kichik baraban), pandeyru va adufi (doyra va toʻrtburchak shaklidagi doyra) kabi musika asboblari bor. Professional mu-siqa ham oʻz anʼanalariga ega. Italyan opera sanʼatining taʼsiri katta. Ilk yirik kompozitor M. Portugal (1762— 1830) 50 dan ortiq opera yozgan. "San-Karlush" opera teatri (1793) va Milliy konservatoriya (1835, ikkalasi ham Lissabonda), Musiqa akademiyasi (Ko-imbra), Munitsipal konservatoriya (Portu), 4 simfonik orkestr, xor ka-pellasi, bir necha musika jamiyati bor.

Teatri

12-a.da sodda teatr tomoshalari koʻrsatilgan. 15-a. oxirlarida milliy teatr shakllandi, unga dramaturg , aktyor va kompozitor J. Visente asos soldi. 16-a. oxirida Lissabonda dunyoviy teatrlar paydo boʻldi. 17-a. katolik reaksiya kuchayishi teatrni tanaz-zulga uchratdi. 18-a.da maʼrifatparvarlik gʻoyalari teatrga samarali taʼsir qildi. 19-a. 20—30-y.larida milliy teatr rivojlana boshladi. Lissabonda dramatik sanʼat konservatoriyasi, milliy teatr tashkil topdi (1846). 20-a. boshlarida teatr turli moderni-stik okimlar taʼsirida boʻldi. Lissabonda qirolicha Mariya milliy teatri, Milliy xalq teatri, Badiiy teatr bor. Jahon mum-toz yozuvchilari asarlari va milliy zamonaviy dramaturglar (K. Ferreyra, A. Redol) pyesalari sahnalashtirilgan. Yetakchi aktyorlari: A. Abranshis, L. Simoinsh, S. Dinij, M. Lalandi va b.

Kinosi

1896 y.dan ayrim kino-filmlar suratga olina boshladi. 1909 y. "Portugaliya-film" firmasi tashkil qilindi. 20-y.larda mashhur portugal rej.lari — A. di Barrush ("Dengiz qizi Mariya" badiiy filmi, 1930), M. di Oliveyra ("Doru, daryodagi ogʻir mehnat", 1931, "Tentak Anika", 1942, hujjatli filmlari) fa-oliyati boshlandi. 60-y.lar oxiridan demokratik yoʻnalish qaror topdi. "Ont" (rej. A. di Masedu), "Doʻstlarim" (rej. da Kunya Telish), "Benilde" (1974), "Juvonmarg boʻlgan sevgi" (1981 — ikkalasining rej. Oliveyra), "Nozik taomil" (1976, rej. S. Santos) filmlari yaratildi. Figeyrada-Fosh sh.da xalqaro kinofestivallar utka-zil adi.

Oʻzbekiston — Portugaliya munosabatlari

Portugaliya (portugalcha: Portugal), toʻliq rasmiy nomi Portugaliya Respublikasi (portugalcha: República Portuguesa) — kontinental Yevropadagi eng gʻarbiy davlat. Poytaxti — Lissabon shahri. BMT aʼzosi.

Manbalar

Hududiy bo'linishi

Manbalar